Bosh menuni ochish


Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtgacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiytexnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi. E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail 20-asrning 60- yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989 yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.

Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990—91 yillarda maʼlumot uzatish tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997 yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E-Maildan foydalanadilar. Internetga chiqish imkoniyati boʻlmagan mijozlar uchun "Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik tarmogʻi orqali E-Mail va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov berish va yetkazish jarayonida E-Mail va anʼanaviy pochta resurslari ishlatiladi) xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Gibrid pochta orqali korxona, tashkilotlar va oʻquv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma, chaqiruv qogʻozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning manzillariga yetkazilib beriladi.

Elektron pochta (inglizcha: E-mail yoki email, electronic maildan qisqartma) — kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet tarmogʻida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi.

Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u toʻgʻridan toʻgʻri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq boʻgʻin orqali yuboradi. Bu oraliq boʻgʻinnig nomi - pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yoʻl qoʻyiladi.

Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi programmalar orqali yoki veb interfeys orqali kirish mumkin.

Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yoʻli (relay serversiz):

e-mailnig yoʻli
  1. Xat yaratilishi;
  2. Pochta bilan ishlovchi programma yuboruvchining SMTP-serveri bilan bogʻlanishi;
  3. SMTP-serverga informatsiya kimga mo'ljallanganligi va yuboruchisi kimligini uzatish;
  4. SMTP-server bilan xatining kim va kimga yuborilayaotganligi toʻgʻri ekanligini tekshirish;
  5. Yuborilayotgan xatni navbatga qoʻyish;
  6. Pochta serverlari haqida DNS-soʻrov qabul qiluvchining domeni (MX-yozuvi) uchun;
  7. Yuboruvchining SMTP-serveri qabul qiluvhining pochta serverlari bilan ulanishinig urunishlari, agar urunishlar muvaffaqiyatsiz boʻlsa, urunishlar qaytarilsdi;
  1. Muvaffaqiyat li urunishda xatni uzatish, agarda muvaffaqiyatsiz boʻlsa xatni boshqatdan uzatib koʻrishga navbatga qoʻyish;
  2. Qabul qiluvchining domeni bilan SMTP-server orqali qabul qilishi;
  3. Xatni spamga oʻhshashligini rekshirish;
  4. POP3, IMAP yoki boshqa protokollar bilan ishlovchi xatrarni saqlovchi modulga uzatish;
  5. Qabul qilib oluvchi POP3 yoki IMAPserver bilan bogʻlanib, autentifikatsiyadan oʻtib qabul qilish.

Elektron pochtani uzatish protokollariTahrirlash

E-mail bilan ishlash uchun programmalarTahrirlash

Shuningdek qarangTahrirlash

HavolalarTahrirlash

*