EH216-S
EH216-S – Xitoyning dron ishlab chiqaruvchi EHang Holidings kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vertikal uchib-qoʻnuvchi avtonom elektr (eVTOL) droni[1].
EH216-S | |
---|---|
Tavsifi | |
Turi | eVOLT |
Ishlab chiqaruvchi | EHang |
Narxi | 332 060 $ |
Oʻlchamlari | |
Boʻyi | 1850 mm |
Eni | 5630 mm |
EH216-S Vikiomborda |
Tarixi
tahrirQurilma 2016-yilda CES koʻrgazmasida debyut qiladi[2]. Vertikal uchish va qoʻna oluvchi elektr droni (inglizcha: electric vertical take-off and landing (eVTOL)) avtonom boshqariladigan uchish qurilmasi boʻlib, operator tomonidan masofadan turib boshqatlriladi. Qurilma bortiga ikki kishi sigʻadi.
EH216-S havo taksisi maʼlum bir yoʻnalish boʻylab avtonom parvozni amalga oshiradi. Operator qurilmaning harakatini masofaviy nazorat qiladi va agar kerak boʻlsa, boshqaruvni oʻz qoʻliga oladi. Yoʻlovchilar faqat havo taksi salonida oʻtirgan holda atrofni kuzatishi mumkin[3].
2023-yil dekabr oyning oxirida EH216-S Guanchjou va Xefey shaharlarida ilk marta tijorat parvozlarini namoyish etdi[2].
2023-yilda EHang bosh direktori quyidagilarni[4] aytadi:
Biz qisqa muddatda dunyoda birinchi boʻlib avtopilot eVTOLlarning tijorat ekspluatatsiyasini yoʻlga qoʻyishga umid qilamiz.
— Xu Xuaji[4]
EHang asoschisi va bosh direktori.
Sertifikat
tahrirYengillashtirilgan tartibga solish qoidalari EHangga sertifikat olishdan ancha oldin bortdagi odamlar bilan 10 mingdan ortiq test rejimidagi parvozlarini amalga oshirishga imkon berdi[3].
EHang kompaniyasi 2023-yil oktabr oyida Xitoy aviatsiya idorasidan xavfsizlik sertifikatini oldi[1][5].
Texnik koʻrsatkichlar
tahrirEH216-S samolyotining texnik xususiyatlari[6][7]: | ||||
---|---|---|---|---|
№ | Kattalik | Koʻrsatkich | Qaydlar | |
1 | Balandligi | 1850 mm | [8] | |
2 | Kengligi | 5630 mm | [8] | |
3 | Maksimal yuk | 220 kg | [8] | |
4 | Parvoz masofasi | 35 km | [8] | |
5 | Maksimal tezlik | 135 km/soat | [8] | |
6 | Toʻliq zaryadlash vaqti | 120 daq. | [8] | |
7 | Parraklar soni | 16 ta | [7] | |
8 | Elektr motorlar soni | 16 ta |
Sotuvlar
tahrir2024-yil 18-mart kuni Xitoyning Taobao marketpleysida EH216-S rusumli uchar taksini 2,39 million yuan (332 060 dollar) miqdorida sotuvi boshlandi[1].
Yana qarang
tahrirHavolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Kim, Coghill „China drone maker EHang starts selling flying taxis on Taobao“. reuters.com (26-noyabr). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Coxworth, Ben „eHang's eVTOL air taxi will cost buyers less than $350,000 (in China)“. newatlas.com (2024-yil 2-fevral). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Детинич, Геннадий „Китайские беспилотные аэротакси готовы к сертификации и первыми в мире начнут коммерческие полёты“. 3dnews.ru (2023-yil 23-avgust). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „First taxi rides in autonomous flying vehicles move a step closer after China approval“. euronews.com. EvroNews (30/10/2023). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „REFILE-UPDATE 1-Flying drone taxi maker EHang gets another regulatory approval in China“. reuters.com. Reuters (2023-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ Сотников, Глеб „Китайские аэротакси поступили в свободную продажу“. rg.ru. Regnum (2024-yil 18-mart). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 7,0 7,1 Сидоров, Илья „Китайцы из компании EHang начинают продажи беспилотного летающего такси. Что за агрегат по цене двушки в Москве, который заряжается от розетки“. iphones.ru (26-noyabr). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 „EH216-S: аэромобиль с перспективой стать массовым“. mrmuryk.com. Qaraldi: 26-noyabr.