Early decision (ED) yoki erta qabul erta hujjat topshirish jarayonining (early admission) bir turi boʻlib, AQShdagi kollejlarga Bakalavriat dasturlari uchun birinchi kurs talabalarini qabul qilishda qoʻllanadi. Bunda nomzod oʻqishga kirish uchun bir universitet yoki kollejni tanlashi va oʻsha joyni oʻzining eng yaxshi tanlovi deb bilishi lozim. Chunki agar ED dasturi boʻyicha u oʻqishga qabul qilingan taqdirda va universitet/kollej tomonidan taqdim etilgan moliyaviy yordam yetarli boʻlganida, nomzod oʻsha universitetda oʻqishi va qolgan universitetlarga topshirgan barcha arizalarni qaytarib olishi kerak. Erta qabulda universitetlarga hujjat topshirish statistik jihatdan nomzodning qabul qilinish ehtimolini oshiradi.

Erta qabulda nomzodlar, odatda oʻrta maktabning yuqori sinfi boʻlishganida, oʻz arizalarini oktyabr oyining oʻrtalaridan noyabr oyining boshiga qadar topshiradilar va dekabr oyining oʻrtalarida natijasini biladilar[1]. Bundan farqli oʻlaroq, odatiy qabul davrida talabalar odatda 1-yanvargacha arizalarini topshiradilar va 1-aprelgacha natijalarini qabul qiladilar. Erta qabul davomida hujjat topshirgan oʻquvchilar esa qayerda oʻqishlarini tezroq bilishlari mumkin (natijalar erta chiqishi sababli) hamda bu kelajakdagi qayerda oʻqish mumkinligi haqidagi ortiqcha noaniqlikni yoʻqotadi, bir nechta universitetlar uchun qilinishi kerak boʻlgan hujjatlarga ehtiyojni va tegishli xarajatlarni bartaraf qiladi.

Odatda, erta qaror (ED) qabul qilgan nomzod dekabr oyida uchta natijadan birini olishi mumkin. Ular qabul qilinishi (ularni qabul qilgan maktabga borishi shart), rad etilishi (ular maktabga bora olmaydi) yoki kechiktirilishi (ularning arizalari erta qabulning ikkinchi bosqichi yoki odatiy qabul qilish davrida qayta koʻrib chiqiladi va yakuniy qaror keyinroq xabar qilinadi). Odatda, arizachi kechiktirilganda, ular universitetda oʻqish majburiyatidan ozod qilinadi.

Muqobillar

tahrir

Erta qabulga yana bir muqobil variant bu – Early action (EA, Erta harakat qabuli). Baʼzi universitetlar erta qabul yoki erta harakat qabulini taklif qilishadi, boshqalari esa faqat bittasini taklif qiladi. EA qabuli majburiy emas, shuning uchun oliygohga erta qabul qilingan talaba u yerda oʻqimaslikni tanlashi mumkin. Ammo ED qabulida abituriyentlardan faqat bitta ED arizasini topshirish talab qilinadi. Yaʼni oʻquvchi faqatgina bittta universitetga ED arizanisini topshirishi mumkin xolos. Shu bilan birga, universitetlarga qarab EA qabuli cheklovchi (early restrictive action) yoki cheklovsiz (non-restrictive) boʻlishi mumkin va bu qabul dasturida nomzodlarga bir nechta oliygohlarga hujjat topshirish imkonini beradi.[2].

Koʻpgina kollejlar erta qabulning ikkinchi bosqichini ham taklif qiladilar: early decision II (ED II). Ariza odatda dekabr oyining oxiridan yanvar oyining boshigacha va fevral oyining oʻrtalarida qabul qilinadi[3]. Yanvar oyi boshidagi ariza topshirishning oxirgi muddati odatiy qabul (RD) bilan bir xil boʻlsa-da, ED II arizasi topshirgan oʻquvchilarda hujjat topshirgan universitetda oʻqish majburiyati bor. Uning arizachi va kollej uchun foyda va kamchiliklari koʻp jihatdan EDning birinchi bosqichiga oʻxshashdir. Early decision II vaqt jadvali dekabr oyining oʻrtalari va oxirlarida oʻzlarining dastlabki qarorlarini qabul qilishda yoki dastlabki birinchi tanloviga erta harakat qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan oʻquvchilarga yangi „birinchi tanlov“ universitetiga ariza topshirishlariga imkon berishga moʻljallangan. Bu ED II qabul dasturi erta qabul davomida hujjat topshirmagan oʻquvchilarga ariza topshirishga ruxsat beradi. Bu nomzodlar uchun universitetga boʻlgan ulkan qiziqishlarini koʻrsatish uchun yana bir imkoniyat va universitet uchun oʻz koʻp nomzodlar qabul qilish boʻyicha obroʻsini himoya qilish uchun yana bir yoʻl hisoblanadi[4].

Tarixi

tahrir

2004-yildan boshlab Yale universiteti va Stanford universiteti erta qabul haqidagi tanqidlarga javoban erta qabuldan bitta tanlovli erta harakat qabuli (single-choice early action)ga oʻtishdi. Harvard universiteti, Princeton universiteti va Virginia universiteti 2006 yilning kuzida badavlat kishilar foydasiga ishlayapti deb hisoblayotgan erta harakat yoki erta qabul dasturlarini endi taklif qilmasliklarini eʼlon qildilar va uning oʻrniga bir muddatli qabul dasturiga oʻtdi[5][6]. Florida universiteti keyingi yili ularga ergashdi. Biroq, Virginia universiteti, undan keyin Harvard va Princeton 2011-yilda xilma-xillikni targʻib qilish va bunday tanlovni izlayotgan oʻquvchilarga imkoniyatlarni taqdim etish uchun oʻzlarining yagona tanlovli erta harakat (single-choice early action) dasturini tikladilar[7][8].

Majburiyat

tahrir

Erta qabul dasturida majburiyat bor, yaʼni talabalar qabul qilingan taqdirda boshqa universitetlarga bergan arizalarini qaytarib olishlari kerak. Bu qonuniy majburiy emas[9][10], lekin soxta sabablarga koʻra chekinish uchun jarimalar bilan bogʻliq majburiyat mavjud. Maslahat beruvchilar ushbu usul faqat maʼlum bir universitetga borishni xohlayotganiga amin boʻlgan talabalar uchun ekanlinini taʼkidlaydilar[11]. Agar moliyaviy yordam tashvish tugʻdirsa yoki oila „eng yaxshi kelishuvni qidirayotgan“ boʻlsa, odatda EDning oʻrniga erta harakat yoki odatiy qaror dasturlarini qoʻllash tavsiya etiladi[11][12][10]. Talaba shartnomadan voz kechishi mumkin boʻlgan yagona shart bu moliyaviy yordam taklifi yetarli boʻlmasligi[13][14][15].

Boshqa sabablarga ko'ra voz kechgan talaba kollej tomonidan „qora ro'yxatga“ qo'yilishi mumkin, uning o'rta maktabi rahbarlik bo'limiga murojaat qilishi mumkin[9] va o'quvchini boshqa kollejlarga transkript yuborishiga to'sqinlik qiladi hamda o'rta maktablar odatda bunday so'rovlarni bajaradi. Bundan tashqari, kollej boshqa kollejlarga bu qilingan harakat to'g'risida murojaat qilishi mumkin va boshqa kollejlar ham o'zlarining qabul qilish takliflarini bekor qilishlari mumkin[9].

Dastur tanqidchilarining ta'kidlashicha, nomzodni, ayniqsa, odatda o'n etti yoki o'n sakkiz yoshga to'lgan shaxsni bitta universitetga bog'lab qo'yish keraksiz darajadagi cheklovdir[16].

Moliyaviy yordamga ta'siri

tahrir

Erta qabulda nomzod talaba sifatida qabul qilinganda, uning kelishish va boshqa universitetlarlarga topshirish holati zaifroq bo'ladi, chunki talaba turli kollejlardan takliflarni solishtira olmaydi[13][17][9][18][19][20]. Ariza beruvchi qabul qilingan taqdirda qatnashish niyatini bildirganligi sababli, universitet „talabaning qatnashishi uchun zarur bo'lgan eng kichik moliyaviy yordam miqdorini aniqlab berishi“ mumkin. Moliyaviy yordamga muhtoj bo'lgan talaba yordam miqdorining kutilgan miqdordan kamroqligidan xavotirga tushishi mumkin[21][22][17]. Shuningdek, bir nechta hisobotlar erta qabul uchun ariza beruvchilar odatda badavlat oilalardan bo'lishini tasdiqlaydi[23][24].

Qarama-qarshi fikr shundan iboratki, yil boshida ariza topshirish orqali qabul qilingan ED talabalari, ayniqsa katta mablag'lari bo'lmagan raqobatbardosh universitetlarda „birinchilardan bo'lib universitet mablag'idan hissa olish imkoniyati“ga ega bo'lish ehtimoli oshadi[23]. Qanday bo'lmasin, agar talab qilinadigan ED qabul qiluvchisi (qabul qilingan nomzod) moliyaviy muammolar tufayli chekinishi mumkin bo'lsa, kollej bunga yo'l qo'ymaslik uchun „barcha to'siqlarni olib tashlashi mumkin“[20] va moliyaviy sabablarga ko'ra ariza bergan talabaga ba'zi bir kelishish tanlovlarni beradi. Juda katta mablagʻga ega boʻlgan universitetlarning talabalarga kelasi rejalaridan qatʼiy nazar, teng darajada beminnat yordam koʻrsatishdek noyob imkoniyatlari bor[25].

Kollej uchun foydalari

tahrir

Erta qabulni taklif qiladigan universitetlar, agar qabul qilingan bo'lsa, nomzod taklifni qabul qilishiga ishonch hosil qiladi[26]. Natijada, ED bosqichida ko'proq talabalarni qabul qilish orqali kirish daromadi oshiriladi[4] ED jarayonining vaqti, shuningdek, qabul komissiyalariga o'quv yili davomida arizalarni saralash ishlarini bemalol davom ettirishga yordam beradi[27]. O'z qabul jarayonlariga ED bosqichini qo'shayotgan universitetlar soni oshib bormoqda (Chikago universiteti va Tulane universiteti 2021-yildan, Virginia universiteti 2024-yildan)[28] yoki early action qabulidan voz kechib va EDga o'tayotgan Boston kolleji (2024-yildan)[29].

Ba'zi kollej maslahatchilari erta qarorni (ED) qo'llash talabalarning dastlab murojaat qilgani o'rniga boshqa, go'yoki yaxshiroq kollejni tanlash muammosini hal qilishga yordam beradi, deb hisoblashadi. EDni qo'llash shuni anglatadiki, agar talaba o'zining eng yaxshi kolleji tomonidan qabul qilinsa, ular o'sha kollejga o'qishga kirishadi va boshqa kollejlardan arizalarini bekor qilishadi. Bu talabalarning keyinchalik odatiy qaror bosqichida „yuqori“ kollejga qabul qilinishiga va keyin dastlabki ED taklifini rad etishiga to'sqinlik qiladi.

Kirish foizi va qabul statistikasi

tahrir

Erta qabulda hujjat topshirish usuluni qo'llash statistik ma'lumotlarga ko'ra qabul qilinish imkoniyatini oshiradi[30][12][31][32][33][34][10], ehtimol kirish imkoniyatlarini ikki yoki uch barobar oshiradi[35]. Bu odatda uchta omil bilan bog'liq: birinchidan, erta qabulda hujjat topshirgan nomzodlar o'rta maktabning faqat oxirgi yilidan oldingi transkriptlarini kollejlarga taqdim etishlari mumkin va shuning uchun juda ishonchli transkriptga ega, ayniqsa kuchli o'quvchi bo'lishi kerak; ikkinchidan, erta qabulda hujjat topshirgan nomzodlar o'zlarini biron bir universitetga bag'ishlagan va uning qabul qilish standartlariga mos kelish ehtimoli ko'proq; uchinchidan, talaba sportchilar ba'zan o'zlarining eng yaxshi tanlagan maktablariga erta qabulda topshirishadi, bu esa o'z navbatida qabul jarayonida o'z arizalarini topshirishi mumkin bo'lgan kollej murabbiyiga sodiqligini namoyish etadi. Ba'zi maslahatchilarning ta'kidlashicha, erta qabul - ma'lum bir kollejda o'zi uchun eng to'g'ri deb, aniq tanlagan talabalar uchun eng yaxshi tanlov[16].

2009 yilda bir hisob-kitobga ko'ra o'rtacha erta qabul darajasi odatiy qabul darajasiga qaraganda 15% ga ko'p bo'lgann[18]. Biroq, bu doim ham o'rta saviyali talabaga raqobatbardosh kollejga qabul qilinishiga yordam beradi degani emas. Erta qabulda nomzodlar odatiy qabul nomzodlariga qaraganda kuchliroq ta'lim darajasiga ega bo'lishadi[25][34][23] va natijada, bu nomzodlar erta yoki odatiy usullar bilan hujjat topshirganidan qat'iy nazar, qabul qilingan bo'lar edi va shuning uchun qabul qilishning katta statistik ehtimoli ariza beruvchilar kuchliroq mablag'ga egaligi bilan izohlanishi mumkin[25]. Ammo talaba tomonidan ko'rsatilgan erta qaror qabul qilish xohishi hali ham foydali bo'lishi mumkin; „kollejlar haqiqatan ham ularni xohlaydigan malakali talabalarni xohlaydilar“ va to'liq majburiyatni olishga tayyor bo'lgan talabalarni qabul qilish ehtimoli ko'proq[12].

Aksariyat universitetlar oʻzlarining yillik „Umumiy maʼlumotlar toʻplamida“ EDga da'vogarlar soni va EDga qabul qilinganlar soni haqidagi maʼlumotlarni ma'lum qiladi (bir nechta universitetlar umumiy maʼlumotlar toʻplamini umuman chiqarmaydi). Eng raqobatbardosh universitetlarda EDga da'vogarlar soni odatiy qabul davogarlariga qaraganda tez sur'atda ko'paydi. Garchi so'nggi yillarda ushbu maktablarda ED qabuli kirish foizi pasaygan bo'lsa-da, ED qabulida qabul qilinuvchi nomzodlarnig soni o'smoqda. Shu bilan birga, odatiy qabul dasturini ma'qul ko'ruvchilarning soni tez sur'atda pasaygan va bu davrdagi qabul qilinish foizi ham tushgan.

Bir necha maktablar 2012-2019 yillari oralig'ida ED bosqichidagi nomzodlar sonining 2 marta oshishini kuzatdi, masalan Rice universiteti (2628 ta ED nomzodlari 2019–20[36], 1230 ED nomzodlar 2012-2013-yillarda), Emory universiteti, Nyu-York universiteti (13,842 ED I va ED II ariza 2019–20larda[37] va 5,778 ariza 2012–13larda), va Boston universiteti (4,700 ED I va ED II ariza 2019–20larda[38] va 1,069 ariza 2012–13larda). Ushbu davrda Nyu-York universiteti (NYU) va Boston universitetida ED qabuli tanlovchilar soni ikki barobar ko'paydi va boshqa maktablarda ED qabul qilishning o'sishi unchalik sezilarli bo'lmagan bo'lsa-da, bu o'sish odatiy qabul davridagi qabul qilinganlar sonini sezilarli darajada kamaytirdi. Chunki kvotaning yarmi yoki undan ko'pi hozir ED da qabul qilingan nomzodlar tomonidan to'ldirilmoqda. WUSTL va NYUda kvotaning taxminan 60% ED bosqichida qabul qilinadi.[39][40]

So'nggi yillarda EDga da'vogarlar soni va ED jarayoni orqali qabul qilingan kvotalar nisbatida sezilarli tendensiya kuzatildi[38]. 2019–20 yillar holatiga ko'ra, deyarli har bir yuqori raqobatli kollej (qabul qilish darajasi 25% dan past) ED orqali o'n yil oldingiga qaraganda ko'proq talabalarni qabul qiladi, ammo ular orasida bir nechta maktablarning qabul strategiyasida sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Natijada sinfning 60%i ED nomzodlari orasidan tanlanadi va bu bir necha yil oldingi 30-35% ga nisbatan ancha katta o'sishdir[39].

Shunga o'xshash tendensiya eng raqobatbardosh liberal san'at kollejlarida erta qabul va qabul qilish raqamlari bo'yicha mavjud bo'lib, ushbu maktablarda sinfning 50% dan ortiq kvotasi ED nomzodlari tomonidan to'ldirilgan, 2012-13 yillarda bu ko'rsatkich atigi 44% edi. Shunisi e'tiborga loyiqki, odatiy qabul qilish soni, odatiy qabul qilish darajasi, EDga qabul qilish darajasi va umumiy qabul qilish darajasi pasaygan bo'lsa ham, ED qabul qilishning mutlaq soni ortdi.

ED uchun qabul statistikasi: 2019–2022 yil kuzidagi qabul darajasi oʻrtacha 25%dan baland bo'lgan AQSh tadqiqot universitetlari
16 universitet: Columbia, Brown, Penn, Dartmouth, Cornell, Duke, Northwestern, Vanderbilt, Johns Hopkins, Rice, WUSTL, Tufts, Carnegie Mellon, Emory, NYU, Boston Universiteti
Birinchi
kurs
ED
arizalar (a)
ED
qabul qilingan (b)
ED
qabul foizi (b/a)
Umumiy
qabul qilinganlar (c)
EDda qabul qilinganlarning
umumiyga
nisbati (b/c)
Jami
nomzodlar (d)
Jami
qabul qilinganlar (e)
Umumiy
qabul foizi (e/d)
RD
arizalar (d-a)
RD
qabul qilinganlar (e-b)
RD
qabul qilinganlar
foizi
(e-b)/(d-a)
2012–13 38,840 11,471 29.5% 32,373 35.4% 438,455 90,978 20.7% 399,615 79,507 19.9%
2013–14 41,668 11,965 28.7% 32,246 37.1% 461,805 89,149 19.3% 420,137 77,184 18.4%
2014–15 44,535 12,887 28.9% 33,325 38.7% 489,518 90,153 18.4% 444,983 77,266 17.4%
2015–16 48,104 13,281 27.6% 33,150 40.1% 506,421 89,428 17.7% 458,978 76,363 16.6%
2016–17 51,466 14,003 27.2% 33,546 41.7% 527,239 88,129 16.7% 476,490 74,373 15.6%
2017–18 55,128 14,800 26.8% 33,702 43.9% 545,256 84,015 15.4% 490,857 69,471 14.2%
2018–19 62,598 16,328 26.1% 33,843 48.2% 595,711 77,476 13.0% 533,482 61,287 11.5%
2019–20 71,776 16,787 23.4% 32,899 51.0% 624,089 72,266 11.6% 552,567 55,566 10.1%
2020–21 72,108 17,681 24.5% 33,495 52.8% 608,127 81,025 13.3% 536,019 63,344 11.8%
2021–22 90,193 18,963 21.0% 36,013 52.7% 775,015 74,468 9.6% 684,823 55,505 8.1%
2022–23 94,335 18.841 20.0% 34,215 55.1% 802,988 69,070 8.6% 708,653 50,229 7.1%
ED uchun qabul statistikasi: 2019–2022 yil kuzidagi qabul darajasi oʻrtacha 25%dan baland bo'lgan AQSh liberal arts kollejlari
23 liberal arts kollejlari: Pomona, Claremont McKenna, Pitzer, Swarthmore, Bowdoin, Bates, Colby, Amherst, Williams, Barnard, Harvey Mudd, Colorado College, Middlebury, Wesleyan, Hamilton, Colgate, Vassar, Haverford, Carleton, Davidson, Wellesley, Washington & Lee, Grinnell
Birinchi
kurs
ED
arizalar (a)
ED
qabul qilingan (b)
ED
qabul foizi (b/a)
Umumiy
qabul qilinganlar (c)
EDda qabul qilinganlarning
umumiyga
nisbati (b/c)
Jami
nomzodlar (d)
Jami
qabul qilinganlar (e)
Umumiy
qabul foizi (e/d)
RD
arizalar (d-a)
RD
qabul qilinganlar (e-b)
RD
qabul qilinganlar
foizi
2012–13 13,018 4,988 38.3% 11,275 44.2% 137,864 29,517 21.4% 124,846 24,529 19.6%
2013–14 13,908 5,175 37.2% 11,299 45.8% 141,246 28,820 20.4% 127,338 23,645 18.6%
2014–15 14,214 5,117 36.0% 11,387 44.9% 143,625 29,346 20.4% 129,411 24,229 18.7%
2015–16 15,233 5,355 35.2% 11,493 46.6% 153,964 29,853 19.4% 138,731 24,498 17.7%
2016–17 15,100 5,622 37.2% 11,467 49.0% 157,988 29,188 18.5% 142,888 23,566 16.5%
2017–18 16,247 5,850 36.0% 11,540 50.7% 166,967 29,168 17.5% 150,720 23,318 15.5%
2018–19 17,496 5,972 34.1% 11,808 50.6% 184,066 29,585 16.1% 166,570 23,613 14.2%
2019–20 18,146 6,058 33.4% 11,641 52.0% 195,740 28,613 14.6% 177,594 22,555 12.7%
2020–21 17,983 6,217 34.6% 11,006 56.5% 188,271 30,660 16.3% 170,288 24,443 14.4%
2021–22 19,138 6,592 34.4% 12,822 51.4% 226,249 29,888 13.2% 207,111 23,296 11.2%
2022–23 20,398 6,612 32.4% 12,184 54.3% 243,031 28,284 11.6% 222,633 21,672 9.7%

Manbalar

tahrir
  1. Hernandez, Michele A.. A is for Admission: The Insider's Guide to Getting into the Ivy League and Other Top Colleges. Grand Central Publishing, 2009 — 33-bet. ISBN 978-0-446-54067-4. 
  2. The Facts About Applying Early: Is It Right For You?
  3. Moon, Kristen „Early Decision II Colleges: The Complete List. Forbes, Dec 13, 2018“. Forbes. Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  4. 4,0 4,1 Hoover, Eric. „E.D. II: The Not-So-Early Decision“ (2015-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  5. NPR: Harvard Ending Early Admissions Process
  6. Princeton: Princeton to end early admissions
  7. „Princeton to reinstate early admission program“.
  8. „Early action returns“ (2011-yil 24-fevral).
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 „Ask the Experts: Early Decision and Early Application“. Peterson's College Search (2012-yil 7-iyul). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  10. 10,0 10,1 10,2 Erica L. Green, April 10, 2018, Justice Department Launches Probe of College Early Admissions, 'The New York Times, Retrieved April 11, 2018
  11. 11,0 11,1 „Early Decision – Financial Aid“. The Princeton Review (2012-yil 7-iyul). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  12. 12,0 12,1 12,2 Robert J. Massa.. „The Case for Early Decision“. The New York Times (2010-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  13. 13,0 13,1 Grace Wong.. „Early decision action plan: Your child has been accepted to the college of their dreams – but are you sure you can afford it?“. CNN/Money (2005-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
  14. Annamaria Andriotis.. „Do Early Decision Students Get More Aid?“. SmartMoney (2009-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
  15. Lynn O'Shaughnessy.. „Early Decision: 10 Things You Need To Know About Applying“. CBS News (2011-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
  16. 16,0 16,1 Diana Hanson; Esther Walling; Craig Meister; Kristen Tabun (November 16, 2011). „Which College Admissions Deadline Should You Choose?“. US News. Qaraldi: 2011-12-12.
  17. 17,0 17,1 Kim Clark.. „6 Kinds of Students Shouldn't Apply to College Early: Late bloomers and those who need financial aid benefit from regular applications.“. US News (2010-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  18. 18,0 18,1 Kim Clark.. „Early Applicants More Likely to Gain College Admission: Higher admission rate of early college applicants fuels controversy“. US News (2010-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  19. „The Financial Aid Effect on Early Decision and Early Application“. Peterson's College Search (2012-yil 7-iyul). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  20. 20,0 20,1 „How Early Decision Can Affect Financial Aid“. CollegeMadeSimple.com (2012-yil 7-iyul). 2012-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  21. Scott Jaschik.. „Elite universities surrender to early admissions“ (2011-yil 25-fevral). Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
  22. Gail MarksJarvis.. „Applying to college? 'Early decision' could cost more“. Chicago Tribune: Business (2010-yil 20-sentyabr). 2012-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  23. 23,0 23,1 23,2 Sarah Winkler. „How Early Decision Affects Financial Aid“. HowStuffWorks.com (2012-yil 7-iyul). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  24. Frank Bruni, December 21, 2016, The New York Times, The Plague of 'Early Decision', Retrieved December 21, 2016, "...It significantly disadvantages students from low-income and middle-income families, who are ..."
  25. 25,0 25,1 25,2 Mark Kantrowitz.. „Guidance Office: Answers About Financial Aid, Part 6“. The New York Times (2009-yil 11-aprel). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  26. „Recruitment and Yield Strategies“. 2017-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  27. Nicholas Thompson.. „Playing With Numbers: How U.S. News mismeasures higher education and what we can do about it“ (2000-yil sentyabr). 2013-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-yanvar. „... U.S. News rankings don't measure how much students learn; ...“.
  28. „UVA Adds Early Decision Option“ (2019-yil 29-may). 2019-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  29. „Boston College to Launch Early Decision Program“. 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  30. Diana Hanson; Esther Walling; Craig Meister; Kristen Tabun (November 16, 2011). „Which College Admissions Deadline Should You Choose?“. U.S. News & World Report. Qaraldi: 2023-09-14.
  31. Peter Van Buskirk.. „The College Admissions Insider: Decide if an Early Decision College Application is the Right Choice“. U.S. News & World Report (2011-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
  32. „Financial Aid and Early Decision“. College Confidential (2012-yil 7-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
  33. Christopher Avery; Andrew Fairbanks, Richard Zeckhauser (2004). The Early Admissions Game: Joining the Elite. Cambridge, Massachusetts: Harvard University Press. ISBN 0-674-01620-3.
  34. 34,0 34,1 Margaret Loftus.. „Know if Applying to College Early is Right for You: Getting in could be easier, but a search for financial aid might suffer“. U.S. News & World Report (2011-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  35. Steve Cohen.. „Top 10 myths of college admissions“ (2011-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
  36. „Acceptance rate hits record low 8.7 percent“. ricethresher.org. 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  37. „Applications to NYU Exceed 84,000“. nyu.edu. 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  38. 38,0 38,1 „Early Decision Applications to BU Surge, Matching National Trend“. bu.edu. 2019-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  39. 39,0 39,1 „Washington University in St. Louis sees 70 percent increase in applications“. 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  40. „NYU Common Data Set 2018–19“. nyu.edu. 2019-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.