EbinurXitoyning shimoli-gʻarbiy qismidagi oqmas shoʻr koʻl, Jungʻariya tekisligida. Maydoni koʻlga quyiladigan daryolarning suv hajmiga qarab 800 km²dan 1070 km²gacha oʻzgaradi. Eng chuqur joyi 15 m. Koʻl atrofi shoʻrxok va qumli yerlar. Qishda muzlaydi.