Eckart Altenmüller
Eckart Altenmüller (talffuzi. Ekart Altenmyuller; 1955-yil 19-dekabr, Rotvayl) – nemis shifokori va musiqachisi, neyrofiziologiya va musiqachilar neyropsixologiyasi sohasidagi yetakchi tadqiqotchilardan biri.
Eckart Altenmüller | |
---|---|
Tavalludi | 19-dekabr 1955 |
Fuqaroligi | Germaniya |
Birografiyasi
tahrirU 1974—1981-yillarda Tyubingen universiteti va Parijdagi Otel-Dye de Parida tibbiyot, shuningdek, 1979—1985-yillarda Frayburg musiqa oliy maktabida musiqa (fleyta sinfi boʻyicha) taʼlimini olgan. Frayburg universitetida tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olgandan soʻng, nevrologiya boʻyicha ixtisoslashuvini davom ettirgan.
1994-yildan beri Gannover musiqa va teatr oliy maktabi professori hamda „Musiqachilar fiziologiyasi va tibbiyoti instituti“ (Institut für Musikphysiologie und Musikermedizin) direktori hisoblanadi[1].
2013-yilda Quyi Saksoniya ilmiy mukofotiga sazovor boʻlgan.
2015-yilda Gannover musiqa va teatr oliy maktabi vitse-prezidenti (birinchi prorektori) lavozimini egallagan.
Nemis musiqa fiziologiyasi va musiqachilar tibbiyoti jamiyati vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda[2].
Gyottingen Fanlar akademiyasi aʼzosi hisoblanadi[3].
120 dan ortiq maqola va ilmiy ishlarni nashr etgan hamda Germaniya tadqiqot jamiyatining (Deutsche Forschungsgemeinschaft) 18 ta grantini qoʻlga kiritgan[4].
Ilmiy izlanishlari
tahrirMusiqa oʻzlashtirilishi jarayonida va musiqiy eshitish qobiliyatini rivojlantirishda miya fiziologiyasi.
Uyquda oʻrganish – aqliy oʻrganishning ruhiy asoslari.
Musiqachilarda miofassial ogʻriq sindromi.
Musiqachilarda harakat buzilishlari.
Musiqachi va musiqachi boʻlmagan shaxslarning harakat, eshitish va sezgi qobiliyatlarini oʻstirish.
Musiqa taʼlimi natijasida markaziy asab tizimining tuzilmaviy va funksional moslashuvi.
Musiqachilarning harakat koʻnikmalarini takomillashtirish maqsadida bosh suyagi orqali elektr bilan ragʻbatlantirish sohasidagi tadqiqotlar.
Sahnaga chiqish oldidan paydo boʻladigan qoʻrquvni yengish usullari.
Insult oʻtkazgan bemorlarning harakat nazoratini yaxshilash uchun ularni faol musiqa ijrosiga jalb etishga qaratilgan „nevrologik musiqiy terapiya“ amaliy dasturini ishlab chiqish.
Ilmiy ishlari
tahrir- Vom Neandertal in die Philharmonie: Gehirn, Musik und Evolution. Spektrum Akademischer Verlag, ISBN 3-8274-1681-7
- Neurologische Erkrankungen bei Musikern. Verlag Steinkopff, ISBN 3-7985-1375-9
- MusikerMedizin: Diagnostik, Therapie und Prävention von musikerspezifischen Erkrankungen. Gemeinsam mit Claudia Spahn und Bernhard Richter. Schattauer, ISBN 3-7945-2634-1
- Die Kunst des Musizierens: Von den physiologischen und psychologischen Grundlagen zur Praxis (Studienbuch Musik). Gemeinsam mit Renate Klöppel. Verlag Schott, ISBN 3-7957-8706-8
- Klang, Körper und Gesundheit: Warum Musik für die Gesellschaft wichtig ist. Gemeinsam mit Stefan N. Willich. Herausgeber.
Manbalar
tahrir- ↑ Institutsdirektor (Wayback Machine saytida 2023-11-27 sanasida arxivlangan)(olm.)
- ↑ Directors and Boards of the DGfMM (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)(ingl.)
- ↑ Chleni Gyottingenskoy akademii nauk ( at adw-goe.de Error: unknown archive URL 20151004221341 sanasida arxivlangan)(olm.)
- ↑ Eckart Altenmüller. Biography. Research (Wayback Machine saytida 2015-10-05 sanasida arxivlangan)(ingl.)