Edinburg teatri — (dastlab Empire Palace teatri keyinchalik Empire Theatre deb nomlangan) — Shotlandiyaning Edinburg shahridagi Nicolson koʻchasida joylashgan sanʼati maskani. U asosan opera va balet spektakllari, keng koʻlamli musiqiy tadbirlar uchun foydalaniladi. 1994-yilda soʻnggi taʼmirdan soʻng u 1915-yilgi sigʻimga oshirildi. Edinburg teatri har yili oʻtkaziladigan yozgi Edinburg xalqaro festivalining asosiy binolaridan biri hisoblanadi.

Edinburg teatri
Empire Palace Theatre
Empire Theatre
Umumiy maʼlumot
Turi Teatr
Manzili 13/29 Nicolson koʻchasi
Shahar Edinburg
Mamlakat Shotlandiya, Buyuk Britaniya
Koordinatalar 55°56′48.12″N 3°11′10.24″W / 55.9467000°N 3.1861778°W / 55.9467000; -3.1861778
Dizayn va konstruksiya
Muhandis Capital Theatres
capitaltheatres.com/festival
Edinburg teatri

Teatr tarixi

tahrir

Edinburg teatri Edingburgdagi eng qadimiy teatr boʻlib u 1830-yildan beri mavjud. Teatr dizayni Buyuk Britaniyalik arxitektori Frenk Matcham tomonidan ishlab chiqilgan.

1911-yilgi yongʻin

tahrir

1911-yil 9-mayda Edinburg teatrida dahshatli yongʻin sodir boʻldi. Barcha 3000 ta tomoshabin xavfsiz tarzda evakuatsiya qilingan boʻlsa-da[1]. sahna ortida oʻn bitta odam hayotdan koʻz yumdi. Jumladan ular ichida illyuzionist Zigmund Noyberger bor edi. Yongʻin oqibatlari aks ettirilgan film Shotlandiya Milliy kutubxonasida saqlanadi[2]. Yongʻindan uch oy oʻtib teatr qayta ochildi.

 
Edinburg teatrining orkestr chuquri oldi
 
Les Misérables spektaklidan oldin teatr.

Manbalar

tahrir
  1. „History of Fire Safety“. fire.org.uk. 2010-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyul.
  2. Theatre Fire in Edinburgh, National Library of Scotland

Havolalar

tahrir