Thomas Alva Edison (Tomas Alva Edison; 11-fevral 184718-oktabr 1931) — butun dunyoga mashhur amerikalik ixtirochi. Edison AQShda 1093 ta, dunyoning boshqa mamlakatlarida esa 3 mingga yaqin patentlarga ega boʻldi. U telegraf, telefon, kinoapparaturani takomillashtirdi, xavfsiz elektr choʻgʻlanma lampasini yaratdi, dastlabki elektrovozlarga asos soldi, fonografni kashf etdi. Aynan u "Allo"ni taklif etgan.

Thomas Alva Edison
Tavalludi 11-fevral 1847-yil
Milan, Ogayo, AQSh
Vafoti 18-oktyabr 1931-yil(1931-10-18)
(84 yoshda)
Vest Orenj, Nyu Jersi, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Mashhur ishlari telegraf
A Day with Thomas Edison (1922)

Edison Tomas Alva (1847.11.2, Maylan, Ogayo shtati — 1931.17.10, UestOrinj, NyuJersi shtati) — elektrotexnika sohasidagi amerikalik ixtirochi va yirik elektrotexnika kompaniyalari egasi. Dastlab (12 yoshidan) gazeta tarqatuvchi, keyin telegrafchi boʻlib ishlagan. 1868-yildan ixtirochilik bilan shugʻullangan. Axborotlarni (birja kurslarini) telegraf orqali uzatish asbobini loyihalagan, koʻp karrali telegraflash boʻyicha ishlagan, yozuv mashinkasini takomillashtirgan, fonograf ixtiro qilgan (1877), choʻgʻlanma lampani yaratgan va A. Bell telefonini takomillashtirgan (1879). Elektr bilan yoritish tizimini ishlab chiqqan, elektr energiyasi bilan taʼminlashni markazlashtirish ustida ishlagan. Kinotexnika, temir yoʻl, kon va qurilish ishlarida, kimyo va boshqalar sohalarga doir loyihalari bilan qatnashgan. Edison loyihasi boʻyicha NyuYorkda dunyodagi birinchi umumfoydalaniladigan oʻzgarmas tok elektr stansiyasi qurilgan (1882). Edison effekti deb atalgan termoion emissiyani kuzatgan (1883). Nobel mukofoti laureati (1915).

Mashhur kashfiyotlari

tahrir

Edison koʻpgina muhim kashfiyotlarning muallifidir. (Edisonning hayoti davomida AQShdagi patentlar byurosi unga 1093 ta patentni beradi — bunday miqdordagi patentlarni hali hech bir odam olmagan). Ular ichida:

Havolalar

tahrir