Edmond Fayçal Tapsoba (talaffuzi: Edmond Fesal Tapsoba; 1999-yil 2- fevralda Burkiniyada tugʻilgan) —Burkinalik futbolchi, „Bayer 04“ futbol klubi va Burkina Faso terma jamoasi himoyachisi.

Edmond Tapsoba
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Edmond Fayçal Tapsoba
Tavallud sanasi 2-fevral 1999-yil (1999-02-02) (25 yosh)
Tavallud joyi Ouagadougou, Burkina Faso
Boʻyi 1.94m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bayer Leverkusen
Raqami 12
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Salitas
2015—2017 US Ouagadougou
2017—2018 Leixões 0 (0)
2018—2020 Vitória de Guimarães B 30 (7)
2019—2020 Vitória de Guimarães 16 (4)
2020— Bayer Leverkusen 67 (2)
Milliy terma jamoa
2016— Burkina Faso 28 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7-iyun uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ouagadougou shahrida tugʻilgan Edmond Tapsoba Burkiniyaning „Salitas“ va „Ouagadougou“ futbol klublarida oʻynagan. 2017-yilda Edmond Tapsoba Portugaliyaga koʻchib oʻtdi va „Leixões“ futbol klubi futbolchisiga aylandi. 2018-yil yanvar oyida Edmond Tapsoba „Vitória de Guimarães“ futbol klubi futbolchisiga aylandi va ular bilan 2022-yilgacha shartnoma imzoladi[1]. 2018-yilning 12-avgust kuni himoyachi „Vitória de Guimarães“ futbol klubi safida Portugaliya Segundasining „Cova da Piedade“ futbol klubiga qarshi o‘yinida debyut qildi[2]. 2018—2019-yilgi mavsumda Edmond Tapsoba „Vitória de Guimarães“ futbol klubi safida 30 ta o‘yin o‘tkazib, Portugaliya Segundasida 7 ta gol urgan. 2018-yilning 18-avgustida Edmond Tapsoba „Vitória de Guimarães“ futbol klubining asosiy tarkibida Portugaliya Premyer Ligasida „Boavista“ futbol klubiga qarshi o‘yinida debyut qildi[3].

Edmond Tapsoba 2020-yilning 31-yanvarida Germaniyaning „Bayer 04“ futbol klubiga o‘tib, 2025-yilning iyunigacha klub bilan shartnoma imzolagan[4]. 2020-yil 8-fevralda Edmond Tapsoba asosiy tarkibda Dortmundning „Borussia“ futbol klubiga qarshi o‘yinida debyut qildi[5].

Xalqaro faoliyati tahrir

Edmond Tapsoba 2016-yilning 24-avgust kuni Burkina Faso terma jamoasi safida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yinda debyut qilgan[6].







Statistikasi tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum
Salitas   Burkina Faso 2014—2015
U. S. Ouagadougou 2015—2017
Vitória S. C. „B“   Portugaliya 2018—2019
Vitória S. C. 2019—2020
Bayer 04 Leverkusen   Germaniya 2020

Manbalar tahrir

  1. „Edmond Tapsoba prolonge à Guimaraes jusqu’en 2022 (officiel)“ (fr). Football365.fr (2018-yil 4-aprel). 2019-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-noyabr.
  2. „Vitória Guimarães II vs. Cova Piedade“ (en). Soccerway.com (2018-yil 12-avgust). 2019-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-noyabr.
  3. „Vitoria Guimaraes vs. Boavista“ (en). Soccerway.com (2019-yil 18-avgust). 2019-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-noyabr.
  4. „Bayer 04 verpflichtet innenverteidiger Tapsoba“ (de). Bayer04.de (2020-yil 2-fevral). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  5. „Bayer Leverkusen vs. Borussia Dortmund“ (en). Soccerway.com (2020-yil 8-fevral). 2020-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  6. „Tapsoba, Edmond“ (en). National Football Teams. 2019-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-noyabr.