Eduard Grigoryevich Babayev (30-iyul 1927-yil, Toshkent – 1995-yil 1-noyabr, Moskva) – sovet va rus adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori (1990), MDU professori, matnshunos; shoir; memuarist. XIX asr rus adabiyoti va publitsistikasi tarixini, xususan, L. N. Tolstoy ijodini oʻrgangan.

Eduard Babayev

E. G. Babayev Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida ma'ruzasidan lavha (1981).
Tavalludi 30-iyul 1927-yil
Toshkent
Vafoti 11-mart 1995-yil
Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi adabiyotshunoslik
Ish joylari Moskva davlat universiteti
Ilmiy darajasi fan doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Eduard Grigoryevich Babayev 30-iyul 1927-yilda Oʻrta Osiyoda Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi Grigoriy Nersesovich Babayev (Babayan) harbiy muhandis boʻlgan va Turkiston harbiy okrugi shtab-kvartirasida xizmat qilgan. Onasi Siranush Airapetovna Babayeva (qizlik familiyasi Ter-Grigoryans) Toshkent shahridagi universitetning tibbiyot fakultetini tamomlagan. Oilasi Kichik Kavkazdagi Qorabogʻ togʻ tizmasidan (Shusha) kelishgan.

Toshkentda dastlab transport institutida, keyin SAGUning fizika-matematika fakultetida, soʻngra filologiya fakultetida tahsil olgan[1].

Toshkentda oʻsmirlik chogʻida Anna Axmatova, qamaldagi Leningraddan evakuatsiya qilingan Aleksey Nikolayevich Tolstoy, Korney Ivanovich Chukovskiy, Nadejda Yakovlevna Mandelshtam bilan tanishgan. Eduard O. E. Mandelshtamning „Toshkentskiy spisok“ deb nomlanuvchi nashr etilmagan sheʼrlari roʻyxatini saqlab qolgan[2].

Lev Tolstoy davlat muzeyidagi faoliyati tahrir

Eduard 1961-yilda L.Tolstoyning "Anna Karenina" romani yuzasidan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun Moskvaga kelgan. Babayev Tolstoy olimlarining saralangan toʻgaragiga qabul qilingan va tez orada Lev Tolstoy muzeyida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Eduard Grigoryevich ilmiy fikrning yangiligi va jasorati hamda shaxsiyatining oʻziga xosligi bilan muzey xodimlari orasida obroʻ-eʼtibor qozongan. Tez orada direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Eduard Grigoryevich jamoada oʻziga xos ruhiy muloqot muhitini yaratishga muvaffaq boʻlgan. U oʻzining chuqur, har tomonlama falsafiy bilimdonligi bilan ajralib turgan holda, madaniyat tarixi sohasidagi muzey xodimlarining oddiy gʻoyalarini kengaytirishga intilgan[3].

M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetidagi faoliyati tahrir

Babayev 1970-yillarning boshlarida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti jurnalistika fakultetining rus adabiyoti va jurnalistika tarixi kafedrasida dars bergan. 1990-yilda „L. N. Tolstoy va uning davri rus jurnalistikasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[4].

Babayev Moskva davlat universitetida XIX asr rus adabiyoti tarixi boʻyicha maʼruzalar kursini oʻqigan va Pushkin, Gertsen, Leskov asarlari boʻyicha bir qator muhim tadqiqotlar oʻtkazgan. 1984-yilda Moskva davlat universiteti nashriyoti uning „Iz istorii ruskogo romana. Pushkin. Gertsen. Tolstoy.“ kitobini nashr etgan. Biroq, uning asosiy asarlari Tolstoyga bagʻishlangan edi. Eduard Tolstoyshunoslikning fundamental tadqiqotlaridan biri hisoblangan „Lev Tolstoy i jurnalistika yego epoxi“ kitobining muallifidir. Kitob 1978-yilda nashr etilgan va koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan[5].

Olim koʻplab kurs va diplom ishlariga rahbarlik qilgan va Tolstoy boʻyicha maxsus seminarlar oʻtkazgan.

Eduard koʻp yillar jurnalistika fakultetida ishlab, umrining soʻnggi kunigacha rus adabiyoti tarixidan maʼruzalar oʻqigan[6].

Eduard Grigoryevich Kalitnikovskiy qabristoniga dafn etilgan[7].

Oilasi tahrir

Babayev yozuvchi Mixail Levidovning qizi rassom Mayya Mixaylovna Levidova (1921–2012) bilan oila qurgan.

Manbalar tahrir

  1. „Бабаев Эдуард Григорьевич (1927 - 1995)“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  2. Сергей Арутюнов. „Аннотация. Э.Бабаев. Воспоминания“. 2013-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  3. Бурнашева Н.И.. Лев Толстой: Энциклопедия. Москва: Просвещение, 2009 — 825 bet. ISBN 978-5-09-017163-2. 
  4. „Бабаев Эдуард Григорьевич“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  5. Гуарик Багдасарова. „Пространство поэзии: «назначенный круг»“ (deadlink). 2016-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  6. Петровицкая И.В. „Эдуард Григорьевич Бабаев“. 2015-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-aprel.
  7. „Могила Э. Г. Бабаева“. 2017-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.