Korney Ivanovich Chukovskiy (taxallusi; asl ismsharifi Korneychukov Nikolay Vasilyevich) [1882.19(31).3, Peterburg — 1969.28.10, Kunsevo, Moskva viloyati] — rus yozuvchisi, bolalar shoiri, tarjimon va adabiyotshunos. Ijodining asosiy qismini bolalarga bagʻishlangan asarlar tashkil etadi. Ch.ning "Vanya va Timsoh", "Tozalabyuv" ("Moydodir"), "Suvarakboy" (1923), "Pashshaserxarxasha" (1924), "Barmaley" (1925), "Voyjonimning sarguzashtlari" (1929) va boshqa sheʼriy ertaklari mashhur. Mazkur asarlar asosida koʻplab ertakspektakllar, multfilmlar yaratilgan. Ch. uzoq yillar davomida yoqimtoy bolalar tilini kuzatib, "Ikkidan beshgacha" kitobini yezdi (1928—70). U tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi asarlari bilan ham tanilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda yashagan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[4]

Korney Chukovskiy
Tavalludi 19 (31) mart 1882
Vafoti 28-oktyabr 1969[1][2]
Ijod qilgan tillari Rus tili[3]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Manbalar

tahrir
  1. // (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Sobraniye sochineniy, t. 1—6, M., 1965— 69; Moydodir, T., 1954.

Li.: Petrove kiy M.S., KnigaoKorneye Chukovskom, M., 1966; Vospominaniya o Korneye Chukovskom, 2izd., M., 1983.