Eduardo Luís Marques Kruss Gomes (6-dekabr 1955-yil, Loures, Portugaliya) – portugaliyalik sobiq futbolchi, markaziy himoyachi va murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Eduardo Luís
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Eduardo Luís Marques Kruss Gomes
Tavallud sanasi 6-dekabr 1955-yil (1955-12-06) (69 yosh)
Tavallud joyi Loures, Portugaliya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1971–1972 Olivais Sul
1972–1974 Benfica
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1974–1975 Marítimo 0 (0)
1975–1976 Benfica 3 (0)
1976–1982 Marítimo 150 (5)
1982–1989 Porto 99 (1)
1989 First Portuguese
1989–1990 Rio Ave 5 (0)
1990–1992 Ovarense 20 (0)
Milliy terma jamoa
1980–1987 Portugal 8 (0)
Boshqargan klublari
1992–1994 Ovarense
1995–1996 Aves
1996–1998 Maia
1999 União Madeira
2000–2001 Vilanovense
2001–2002 Bragança
2002–2003 Benfica Castelo Branco
2003–2004 Nogueirense
2005–2006 Vila Meã
2006–2007 Lourosa
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati

tahrir

Eduardo Lisbon tumaning Loures shahrida tugʻilgan, „Benfika“ klubining yoshlar jamosida muvaffaqiyatsizlikka uchragach, „Maritimo“ klubi bilan professional futboldagi faoliyatini boshlagan. Eduardo Luis 1975—1976-yilgi mavsumda „Benfika“ klubi bilan qayta shartnoma imzolagan, biroq Primeira Ligada atigi uchta oʻyinda ishtirok etgan, soʻngra „Madeira“ klubiga qaytgan. Eduardo klubiga Segunda Ligasidan yuqori ligaga koʻtarilishiga yordam bergan va keyingi toʻrt mavsum davomida yuqori ligada atiga ikki oʻyinni oʻtkazib yuborgan[1].

1981-yilda „Maritimo“ klubi yana ikkinchi divizionga tushib qolgan va Eduardo klub safida barcha oʻyinlarda ishtirok etgan va ularning yana yuqori ligaga chiqishiga hissa qoʻshgan. Eduardo 1982-yil yozida „Porto“ klubiga oʻtgan va yetti mavsumning ikkitasida muntazam ravishda asosiy tarkibda oʻynagan[1]. Eduardoning eng yorqin mavsumi 1986—1987 yillarga toʻgʻri kelgan. Bu davrda Eduardo ikkinchi oʻrinni egallagan klub tarkibida 27 ta oʻyinda maydonga tushgan av bitta gol urgan. Shuningdek, „Porto“ klubi Portugaliya kubogining yarim finaliga chiqgan va oʻsha mavsumda Yevropa chempionlar kubogini qoʻlga kiritgan. Eduardo „Bayern Munich“ klubiga qarshi final oʻyinida (2:1) toʻliq 90 daqiqa oʻynagan[2].

1989-yilda, 33 yoshida Eduardo „Porto“ klubidan ketgan va ikkinchi ligadagi „Rio Ave“ klubiga oʻtgan. Eduardo Kanada Milliy Futbol Ligasida ishtirok etuvchi „SC Toronto“ klubi safida qisqa muddat oʻynaganidan soʻng Portugaliyaga qaytib kelgan. Shundan keyin uchinchi diviziondagi „Ovarense“ klubiga qoʻshilgan va birinchi mavsumidayoq klub bilan yuqori ligaga koʻtarilishga erishgan[3].

Eduardo futbolchilik faoliyatini tugatganidan bir yil oʻtib, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Keyingi mavsumlar davomida Eduardo ikkinchi va uchinchi diviziondagi oʻndan ortiq klublarda faoliyat yurittgan. Uning eng katta yutugʻi 1995—1996-yillarda „Aves“ klubini ikkinchi divizionning toʻrtinchi oʻrniga olib chiqqani boʻlgan[1].

Milliy terma jamoasidagi faoliyati

tahrir

Eduardo Portugaliya milliy terma jamoasida debyut oʻyini 1980-yil 24-sentyabrda Italiyaga (3:1) qarshi boʻlgan. Keyingi yetti yil davomida Eduardo jami sakkiz marta milliy terma jamoa safida maydonga tushgan[4]. Eduardo futbol boʻyicha 1984-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan va yarim final bosqichigacha maydonga tushmagan[5].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Da Cunha. „O campeão europeu que foi titular em Viena e é vigilante de condomínio“ (pt). Mais Futebol (2021-yil 4-fevral). Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.
  2. Da Cunha. „1988/89: FC Porto sem troféus e dez campeões europeus a chorar“ (pt). Mais Futebol (2014-yil 28-aprel). Qaraldi: 2016-yil 11-may.
  3. „Six soccer stars sign up to join First Portuguese“. Toronto Star (1989-yil 13-aprel), s. 44. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
  4. „Lista completa dos internacionais portugueses“ (pt). Mais Futebol (2004-yil 18-fevral). Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.
  5. Nogueira, Carlos. „Do Euro 1984 ao Euro 2016. Como tudo é diferente“ (pt). Diário de Notícias (2016-yil 23-may). Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.