Edwin Arturo Congo Murillo (talaffuzi: Edvin Arturo Kongo Murillo). 1976-yil 7-oktyabrda Kolumbiyaning Bogota shahrida dunyoga kelgan. Kolumbiyalik futbolchi „Once Caldas“, „Levante“ va Kolumbiya terma jamoasida oʻynagan sobiq hujumchi hisoblanadi.

Edwin Congo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Edwin Arturo Congo Murillo
Tavallud sanasi 7-oktyabr 1976-yil (1976-10-07) (47 yosh)
Tavallud joyi Bogotá, Kolumbiya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996-1999 Once Caldas 110 (30)
1999-2002 Real Madrid 0 (0)
1999-2000Valladolid (ijara) 12 (1)
2000-2001Vitória Guimarães (ijara) 11 (4)
2001Toulouse (ijara) 8 (1)
2002-2006 Levante 112 (21)
2006-2007 Sporting Gijón 34 (11)
2007-2008 Recreativo 6 (0)
2008-2009 Olímpic Xàtiva 2 (3)
2009 Benissa
Milliy terma jamoa
1999-2004 Kolumbiya 17 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Edwin Arturo Congo Murillo Onse Caldas klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1996-yilda u Mustang kubogida jamoa uchun debyut qildi. 1999-yilda u IspaniyaningReal Madridklubiga oʻtdi, lekin u hech qachon asosiy jamoada oʻynamagan, „Real Valladolid“, Portugaliyaning „Vitoriya“ va Fransiyaning „Tuluza“ klublarida ijara asosida oʻynagan. 2002-yilda Edwin Arturo Congo Murillo Segundaning „Levant“e jamoasiga oʻtdi va ikkinchi mavsumda eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylandi. 2006-yilda u yuzdan ortiq oʻyin oʻtkazib, klubni tark etdi va quyi divizionning „Sporting Xixon“, „Recreativo Olímpic de Xàtiva“ va „Benissaa“ jamoalarida oʻynadi. 2012-yilda Edwin Arturo Congo Murillo oʻz faoliyatini „Paiporta“da yakunladi.

Xalqaro karyerasi tahrir

1999-yilda Edwin Arturo Congo Murillo Kolumbiya terma jamoasida debyut qildi. 22-aprel kuni Paragvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u terma jamoadagi ilk golini kiritdi. Oʻsha yili Edwin Arturo Congo Murillo Amerika kubogi uchun jamoa tarkibiga kiritildi. Argentinaga qarshi oʻyinda u gollardan birini kiritdi. 2000-yilda Edwin Arturo Congo Murillo KONKAKAF oltin kubogida ishtirok etdi. Turnirda Yamayka, Gonduras, AQSh va Kanada terma jamoalariga qarshi oʻynadi va kumush medalni qoʻlga kiritdi[1][2][3][4].

2004-yilda Edwin Arturo Congo Murillo ikkinchi marta Amerika kubogida oʻynadi. 13-iyul kuni Peruga qarshi guruh bosqichida Edwin Arturo Congo Murillo gol urdi[5]. U Argentinaga qarshi ham o‘ynagan va musobaqada to‘rtinchi o‘rinni egallagan[6].

Amerika kubogidagi ishtiroki tahrir

Musobaqa Mamlakat Natija
Copa América 1999 Paraguay Chorak final
Copa América 2004 Peru Toʻrtinchi oʻrin

Jamoalari tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum
Once Caldas Kolumbiya 1995-1999
Real Valladolid C. F. Ispaniya 1999-2000
Vitória de Guimarães Portugaliya 2000-2001
Toulouse F. C. Fransia 2001
Real Madrid C. F. Ispaniya 2001-2002
Levante U. D. Ispaniya 2002-2006
Real Sporting de Gijón Ispaniya 2006-2007
R. C. Recreativo de Huelva Ispaniya 2007-2008
C. D. Olímpic Ispaniya 2008-2009
U. D. Benissa Ispaniya 2009-2010
Paiporta C. F. Ispaniya 2011-2012

Manbalar tahrir

  1. „Колумбия VS. Ямайка 1:0“ (ru). soccerway.com (2000-yil 12-fevral). 2018-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-noyabr.
  2. „Гондурас VS. Колумбия 2:0“ (ru). soccerway.com (2000-yil 16-fevral). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-noyabr.
  3. „США VS. Колумбия 2:2“ (ru). soccerway.com (2000-yil 19-fevral). 2016-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-noyabr.
  4. „Канада VS. Колумбия 2:0“ (ru). soccerway.com (2000-yil 27-fevral). 2017-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-noyabr.
  5. „Перу VS. Колумбия 2:2“ (ru). soccerway.com (2004-yil 13-iyul). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-noyabr.
  6. „Колумбия VS. Аргентина 3:0“ (ru). soccerway.com (2004-yil 21-iyul). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-noyabr.