Edvin Mattison McMillan (1907.18.9, Redondo Bich, Kaliforniya shtati — 1991.7.9) — amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1947-yildan). Kaliforniya texnologiya institutini tugatgan (1928). 1935-yildan Berkli shahridagi Kaliforniya universitetida ishlagan (1946-yildan shu universitet Radiatsiya laboratoriyasi professor, 1958—71 yillarda direktori). Ilmiy ishlari yadro fizikasi, tezlatkichlar texnikasi va yuqori energiyalar fizikasiga oid. Amerikalik fizik F. X. Eyblson bilan hamkorlikda birinchi transuran element — neptuniyni sintez qilgan (1940); plutoniyni ochilishida ishtirok etgan. VM.Veksleraan mustaqil qolda zaryadlangan zarralarni tezlatishning yangi prinsipi — avtofazalash prinsipini kashf qilgan (1945). Nobel mukofoti laureati (1951; Glenn Seaborg bilan hamkorlikda).[1][2]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari