Egambergan Karimov – 1950-yil Xorazm viloyati Urganch shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston Qahramoni va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni sohibi, shuningdek, senator (2004—2009-yillar).

Egambergan Karimov
Tavalludi 1950-yil
Millati oʻzbek
Unvoni Oʻzbekiston qahramoni
Mukofotlari


Biografiyasi

tahrir

Egambergan Karimov 1950-yilda Xorazm viloyati Urganch shahrida tugʻilgan. 1971-yilda Xorazm pedagogika institutining Fizika-matematika fakultetini, 1989-yilda Toshkent avtomobil transporti va yoʻllari institutini muhandis-mexanik ixtisosligi boʻyicha tugatgan.

Mehnat faoliyati

tahrir

Pedagogik faoliyatini 1971-yilda Urganch shahridagi 12-sonli oʻrta maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan. 1972 yildan Qoʻqon avtomobil va yoʻllar texnikumining Urganch filialida oʻrindosh oʻqituvchi, 1982-1986-yillarda Urganch avtomobil va yoʻllari texnikumining oʻquv ishlari boʻyicha direktor muovini, 1986-yildan texnikum direktori, 2003-yil dekabrdan kasb-hunar kollejining direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Egambergan Karimov bir necha marotaba Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashi deputatligiga saylangan. 2004-2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi sifatida aholini ijtimoiy himoyalash, taʼlim tizimini takomillashtirish, pedagog kadrlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan muhim masalalarni hal etish boʻyicha samarali ishlarni amalga oshirdi. Keyingi chaqiriqda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati va ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi hamda Urganch tuman Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini aholi oʻrtasida targʻibot qilish, fuqarolarga qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, yoshlarda fuqarolik pozitsiyasi va huquqiy madaniyatni shakllantirishda fidokorona mehnat qildi.

Egambergan Karimov xalq tashvishi bilan yashaydigan inson, tajribali pedagog va tashabbuskor rahbardir.

Egambergan Karimov taʼlim sohasidagi fidokorona xizmatlari uchun 2008-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“[1]ordeni, 2002-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“[2] unvonlari bilan taqdirlangan.


Manbalar

tahrir