Ektoderma
Ektoderma (ekto va derma) - koʻp hujayrali hayvonlar murtagining tashqi qavati. Organizmlarning individual rivojlanishi davomida Ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, orqa miya, simpatik nerv gangliylari, visseral skelet, pigment hujayralar, tana qoplami va uning hosilalari; teri bezlari, soch, pat, tangachalar, tirnoqlar, shuningdek, teri biriktiruvchi toʻqimasining bir qismi, ovqat hazm qilish sistemasining oldingi va keyingi qismlari, tashqi jabralar va protonefridiylar (yassi va toʻgarak chuvalchanglar ayirish sistemasi) rivojlanadi. Umurtqalilarda ektoderma hosilalari avval hosil boʻlgan tana qismlari va xordomezoderma materialining induksion taʼsiri (induksiya) natijasida shakllanadi.
Yana qarang
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |