Epidermis

Terining ustki qavati

Epidermis (grekcha: ἐπί - epi va δέρμα - derma) - hayvonlarda teri epiteliysining ektodermadan hosil boʻladigan sirtqi qavati. Umurtqasizlarda bir qavat E., yaʼni gipoderma chigʻanoq yoki kutikulani hosil qiladi. Umurtqalilarda E. bazal membrana ustida joylashgan bir necha qavat epiteliydan iborat. Bazal hujayralar ustida 5—10 qavat pixli hujayralar joylashgan. E.ning quyi qavati bazal membrana hujayralari bilan birga oʻsadigan qavatni hosil qiladi. Boʻlinib koʻpayadigan oʻsuvchi hujayralar hisobiga E.ning doimo oʻlib turadigan sirtqi: donador (3—4 qavat boʻlib joylashgan hujayralar), yaltiroq (3—4 qavat boʻlib joylashgan hujayralar) va koʻp qavatli muguz qavat hujayralarga almashinib turadi. Bazal membrana yaqinida joylashgan E. qavati hujayralari silindrsimon yoki kubsimon boʻladi. Sirtqi qavatga yaqinlashgan sari hujayralar yassilashadi va qalinlashib uvalanadi. Odamda E. hujayralari 20 sutkada toʻliq almashinadi. Teri funksiyasi, asosan, E. hujayralarining tuzilishi va xossalari bilan bogʻliq.

Epidermis

Yana qarang tahrir