Elbek Rahimov (1990-yil 16-yanvar, Qarshi shahri — 2021-yil 17-avgust, Chiroqchi tumani) — oʻzbekistonlik sport ustasi, murabbiy.

Elbek Rahimov
Tavalludi 16-yanvar 1990-yil
Vafoti 17-avgust 2021-yil(2021-08-17)
(31 yoshda)
Chiroqchi tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi sportchi
Faoliyat yillari 2001—2021
Millati oʻzbek
Dini islom

Faoliyati

tahrir

2001-yildan sportning ushu-sanda turi bilan shugʻullanib kelgan. 2004-yil ushu-sanda boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. 2006-yil Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻlgan. 2006-2010-yillarda turli xalqaro turnirlarda qatnashgan. 2014-2021-yillarda „Geolog“ sport majmuasida murabbiy boʻlib ishlagan. Keyinchalik Eriell kompaniyasida operator boʻlib ishlagan[1].

Vafoti

tahrir

2020-yil dekabrda Elbek Rahimovning ukasi Akmal Rahimov va Zuhriddin Boymirzayev orasida oʻzaro janjal kelib chiqadi, 2021-yil 17-iyulda Elbek oʻz ukasining yonini olib, u yigit bilan kelishmovchilikka borgan.

Boymirzayev oʻch olish maqsadida bir guruh yosh yigitlar bilan kelishib (7 kishi[2]), 17-avgust kuni ertalab 07:00 atrofida Qarshidagi koʻp qavatli uyning eshigi oldida Elbek Rahimovni kutib turishgan. Soat 09:35 lar atrofida Elbek Rahimov uydan chiqqan vaqt koʻplab guvohlar oldida unga turli temir buyumlar va pichoq bilan tan jarohatlari yetkazishgan. Soʻng, jarohatlangan sportchini mashinaga ortib, Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga olib borishgan. Yetkazilgan tan jarohatlari natijasida Elbek Rahimov shifoxonada vafot etgan[1][3].

Elbek Rahimovni oʻldirganlikda gumonlangan shaxslar qoʻlga olingan[3], ulardan ikki nafari 16 va 17 yoshlardagi maktab oʻquvchilaridir[1]. 19-avgust kuni Qashqadaryo viloyat prokuraturasida huquq-tartibot organlari rahbarlari ishtirokida mazkur voqeaga bagishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov[2], Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev[1], Oliy sud raisi Kozimjon Komilov qatnashdi[4].

2022- yil 13-yanvar kuni Qashqadaryo viloyat Jinoyat sudida 26 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib sudga yuborilganligi bois ushbu shaxslarning ishi sudda koʻrilmoqda.

Yutuqlari

tahrir
  • 2004 yil — Oʻzbekiston chempioni
  • 2005 yil — Osiyo oʻyinlari gʻolibi
  • 2006-2010 yillar — Xalqaro musobaqalar gʻolibi

Manbalar

tahrir