Elena Vladimirovna Filatova (ruscha: Елена Филатова, ukraincha: Олена Володимирівна Філатова; 1974-yilda Ukraina SSR, Sovet Ittifoqida tugʻilgan) — „KiddOfSpeed“ taxallusi ostida faoliyat yurituvchi ukrainalik yozuvchi va fotograf. U 2004-yilda Chernobil istisno zonasida yolgʻiz mototsikl haydagani holda olgan suratlarini jamlab, fotoessey yaratgan. Shu ishidan keyin internetda shuhrat qozongan. Filatovaning vebsayti Slashdot va boshqa onlayn yangilik saytlarda eslab oʻtilishi ortidan mashhurlikka erishadi. Chop etilganidan koʻp oʻtmay, Filatova vebsaytining haqiqatiyligi shubha ostiga olinadi[1]. U shuningdek, Kiyev tarixida sodir boʻlgan Zargʻaldoqranglilar inqilobi, shaharning tarixiy „Ilon devori“ mudofaa ishlari hamda Ikkinchi Jahon urushi davridagi janglar haqida foto-hujjatli vebsaytlarni yaratgan.

Elena Filatova

Elena Filatova tasviri
Asl ismi Elena Filatova
Tavalludi
Олена Володимирівна Філатова

1974-yil
Taxallusi Kid of Speed
Gamma Girl
Ijod qilgan tillari Ukrain tili
Fuqaroligi Ukraina
Faoliyat turi yozuvchi, fotograf
Janr Hujjatli ishlar, tarix
Veb-sayti
shaxsiy sayti

Chernobil fotosuratlari va mototsiklda sayohat

tahrir

Filatova oʻzining vebsaytida Chernobil AES atrofidagi hududni hujjatlashtirgan holda chop qilgan. Stansiyada roʻy bergan yadroviy halokatdan 18 yil oʻtib olingan bir qator fotosuratlar mavjud. U Ukrainadagi „oʻlik shahar“ nomi bilan tanilgan Pripyat shahriga hamda 1986-yilgi Chernobil fojiasi atrofidagi istisno hududiga tashrif buyurgan[2].

Vebsaytida Chernobil hududidagi binolar, kottejlar, zanglagan karnaval jihozlari va yaroqsiz holga kelib qolgan Pripyat maktablari, doʻkonlar va kvartiralarning ichki qismilarini aks ettirgan koʻplab fotosuratlar mavjud. Fotosuratlar asosan manzaraviy suratlar boʻlib, ularning atigi bir nechtasida Filatova ham aks etgan (mototsikl bilan)[3]. Suratlarda radiatsiya zonasida yolgʻiz oʻzi sayohat qilgan baykerning sayohati aks ettirilgan.

Soxta ayblovlar va ularga javob

tahrir

Chernobil istisno zonasi gid-xodimi Rimma Kyselytsia soʻzlariga koʻra, Filatova va uning turmush oʻrtogʻi Chernobylinterinform tomonidan taʼminlanuvchii Kiyev sayohat agentligi bilan birgalikda mashinada sayohatga kelishgan. Kiselitsiyaning taʼkidlashicha, Filatovaning vebsaytida hujjatlashtirilgan voqea haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Filatova zonada yolgʻiz mototsikl haydamagan, balki eri va doʻsti bilan muntazam ravishda birga boʻlgan. Kiselitsia nashriga koʻra, fotolarning talaygina qismi Filatovaning turmush oʻrtogʻi tomonidan suratga olingan va baʼzilari, hattoki sahnalashtirgan. Los Angeles Times jurnalisti Mary Mycio vebsaytdagi baʼzi rasmlarning baʼzilarini anaxronizm deb topgan[1].

Chernobil avariyasi boʻyicha sayyohlarni mintaqaga olib kelgan Yuriy Tatarchuk, keyinchalik, Filatovaning ishlari oʻylab topilgan ekanligini hamda u avval boshida „tur bron qilganini“ va „charmdan boʻlgan koʻylagini kiyib, suratga tushganini“, taʼkidlagan[4].

Taxminan 2004-yilning 16-may sanasida Filatova oʻz vebsaytida ayblovlarni qisman qabul qilishi haqida post qoʻyadi va 24-mayda yozgan postini olib tashlaydi[5].

Boshqa loyihalari

tahrir

Uning loyihalari oʻz ichiga uning uyi, Kiyev shahri yaqinidagi Ilon devori haqidagi fotojurnalni ham qamrab oladi[6]. Jurnalda Filatovaning qadimiy devor va uning qoldiqlari orasida qurilgan Ikkinchi jahon urushidan zamonaviyroq istehkomlarni oʻrgangan fotosuratlari mavjud.

Vebsaytidagi boshqa havolalar uning Ukrainadagi Zargʻaldoqranglilar inqilobi kunining foto jurnaliga yetaklaydi[7]. U 2007-yilning aprelida oʻsha yilning mart oyida olingan Chernobil hududi atrofidagi koʻproq fotosuratlarni joylashtirgan[8].

Saytdagi soʻnggi loyihalardan biri Sovet Gulag tizimining bir qismi sifatida Iosif Stalin davrida tashkil etilgan tashlandiq sovet qamoq lagerlarining fotosuratlari hisoblanadi[9].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Mycio, Mary. „The World; Account of Chernobyl Trip Takes Web Surfers for a Ride“. Los Angeles Times (6-iyul 2004-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2008-yil.
  2. Staff. „A day in the half-life of Chernobyl“. Sydney Morning Herald (27-avgust 2005-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2008-yil.
  3. http://www.kiddofspeed.com/chapter2.html
  4. Chivers, C.J.. „Prypiat Journal; New Sight in Chernobyl's Dead Zone: Tourists“. The New York Times (15-iyun 2005-yil).
  5. „Wayback archive for http://www.angelfire.com/extreme4/kiddofspeed/“. Internet Archive Wayback Machine. Qaraldi: 5-oktabr 2006-yil.
  6. Filatova. „The Perpent's Wall“. Qaraldi: 9-iyul 2013-yil.
  7. Filatova. „STOLEN ELECTION“. Qaraldi: 9-iyul 2013-yil.
  8. Filatova. „Spring 2007“. Qaraldi: 9-iyul 2013-yil.
  9. Filatova. „Excursion to Gulag“. Qaraldi: 9-iyul 2013-yil.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir