Elena Vitalievna Piskunova (1980-yil 2-avgust, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek atletikachisi, 400 metrga yugurish boʻyicha. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro sport ustasi, Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan.

Elena Piskunova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Elena Vitalievna Piskunova
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 2-avgust 1980-yil (1980-08-02) (43 yosh)
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport yengil atletika

Faoliyati tahrir

Elena Piskunova 1980-yil 2-avgustda Oʻzbekiston SSRning Samarqand shahrida tugʻilgan[1]. Yelena sport faoliyatini Samarqand viloyati hokimligi qoshidagi Oliy sport mahorati maktabida boshlagan. U 400 metr masofaga yugurish va 400 metr masofaga toʻsiqlar bilan yugurish intizomi boʻyicha bahslashdi. 1999-yilda oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida 400 metrga yugurishda 54,43[2] natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2000-yilda Oʻzbekiston yengil atletika terma jamoasi tarkibida Sidneyda (Avstraliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashdi[3].

Manbalar tahrir

  1. arxiv nusxasi, 2012-12-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-04-22
  2. http://www.gbrathletics.com/ic/asj.htm
  3. https://www.olympic.org/elena-piskunova