Elias Kachunga (talaffuzi: Eliyas Kachunga) (1992-yil 22-aprelda tugʻilgan) — professional futbolchi. Elias Kachunga „Bolton Wanderers“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Germaniyada tugʻilgan Kachunga Kongo DR milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro oʻyinlarda qatnashadi.

Elias Kachunga
Kachunga Borussia Mönchengladbach klubi safida 2010-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Elias Kachunga[1]
Tavallud sanasi 22-aprel 1992-yil (1992-04-22) (31 yosh)
Tavallud joyi Haan, Germaniya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bolton Wanderers
Raqami 24
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2012 Borussia Mönchengladbach II 47 (13)
2010—2014 Borussia Mönchengladbach 2 (0)
2012VfL Osnabrück (ijara) 17 (10)
2012Hertha BSC II (ijara) 4 (3)
2012Hertha BSC (ijara) 2 (0)
2012—2013SC Paderborn (ijara) 13 (3)
2013—2015 SC Paderborn 55 (12)
2015—2017 FC Ingolstadt 04 10 (0)
2016—2017Huddersfield Town (ijara) 42 (12)
2017—2020 Huddersfield Town 75 (4)
Milliy terma jamoa
2008—2009

Germaniyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
8 (1)
2009—2010

Germaniyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7 (2)
2010—2011

Germaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7 (3)
2011—2012

Germaniyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
3 (0)
2014

Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
2017 Kongo DR milliy futbol terma jamoasi 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 26-mart uchun)

Shaxsiy hayoti tahrir

Elias Kachunga Germaniyaning Haan shahrida tugʻilgan. Kachunganing otasi kongolik, onasi esa nemisdir[2].

Klublardagi oʻyin faoliyati tahrir

Kachunga dastlabki faoliyatini Germaniyadagi „Borussia Mönchengladbach“, „VfL Osnabrück“, „Herta BSC“ va „SC Paderborn“ futbol klublarida oʻtkazgan. „Paderborn“ futbol klubi quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Elias Kachunga 2015-yil iyun oyida „Ingolshtadt 04“ futbol klubi safiga qoʻshildi[3]. Elias Kachunga 1,7 million yevro evaziga klub safiga qoʻshildi va bu koʻrsatkich klub tarixidagi rekord transferni oʻrnatgan edi[4]. Elias Kachunga 2016-yil iyun oyida Angliya chempionati vakili „Huddersfield Town“ futbol klubi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi[5]. U 2016-yilning 6-avgustida klub safida ilk oʻyinini oʻtkazdi va „Brentford“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) birinchi golini kiritdi[6]. 2017-yilning 22-martida „Huddersfield“ Kachunganing ijara shartnomasini doimiy transferga aylantirish uchun „Ingolshtadt 04“ futbol klubiga 1,1 million funt toʻladi[7].

2017-yilning dekabr oyida Elias Kachunga jarohati sababli uch oyga safdan chiqqan edi[8].

Elias Kachunga 2019—2020-yilgi mavsum oxirida „Huddersfield“ futbol klubini tark etdi[9].

2020-yil 2-sentyabrda Elias Kachunga „Sheffield Wednesday“ futbol klubi bilan bepul transferga imzo chekdi[10][11].

2021-yilning 20-mayida shartnoma muddati tugagach, Elias Kachunganing mavsum oxirida „Sheffield Wednesday“ futbol klubini tark etishi eʼlon qilindi[12].

2021-yilning 6-avgustida Elias Kachunga „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[13][14]. U bir kundan keyin „Milton Keynes Dons“ futbol klubiga qarshi kechgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi[15].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Borussia Mönchengladbach II 2009—2010 Gʻarbiy liga 4 0 4 0
2010—2011 Gʻarbiy liga 24 1 24 1
2011—2012 Gʻarbiy liga 18 12 18 12
Jami 47 13 0 0 0 0 0 0 47 13
Borussia Mönchengladbach 2010—2011 Bundesliga 2 0 0 0 2 0
2011—2012 Bundesliga 0 0 0 0 0 0
2012—2013 Bundesliga 0 0 0 0 0 0
Jami 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
VfL Osnabrück (ijara) 2011—2012 Uchinchi liga 17 10 0 0 17 10
Hertha BSC II (ijara) 2012—2013 Regionalliga Nordost 4 3 4 3
Hertha BSC (ijara) 2012—2013 Bundesliga 2 0 1 0 3 0
SC Paderborn (ijara) 2012—2013 Bundesliga 13 3 0 0 13 3
SC Paderborn 2013—2014 Bundesliga 33 6 2 0 35 6
2014—2015 Bundesliga 32 6 0 0 32 6
Jami 55 12 2 0 0 0 0 0 57 12
FC Ingolstadt 04 2015—2016 Bundesliga 10 0 0 0 10 0
2016—2017 Bundesliga 0 0 0 0 0 0
Jami 10 0 0 0 0 0 0 0 10 0
Huddersfield Town (ijara) 2016—2017 Chempionat 42 12 2 0 1 1 3 0 48 13
Huddersfield Town 20171208 Premer liga 19 1 0 0 2 0 22 1
2018—2019 Premer liga 20 0 1 0 1 0 22 0
2019—2020 Chempionat 36 3 0 0 1 0 37 3
Jami 75 4 1 0 4 0 0 0 81 4
Sheffield Wednesday 2020—2021 Chempionat 27 0 0 0 2 1 29 1
Bolton Wanderers 2021—2022 Birinchi liga 32 2 2 2 2 0 5 0 41 4
2022—2023 Birinchi liga 16 0 1 0 2 1 2 0 21 1
Jami 48 2 3 2 4 1 7 0 62 5
Jami 352 59 9 2 7 3 10 0 381 65

Manbalar tahrir

  1. „Squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (1-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2017-yil.
  2. Thorsten Felske. „Kachunga (23) ist der Wechsel-König“ (olmoncha). Bild (4-iyul 2015-yil). Qaraldi: 25-iyun 2016-yil.
  3. „KACHUNGA NACH INGOLSTADT“ (olmoncha). Bundesliga (26-iyun 2015-yil). 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2016-yil.
  4. Thorsten Felske. „Kachunga (23) ist der Wechsel-König“ (olmoncha). Bild (4-iyul 2015-yil). Qaraldi: 25-iyun 2016-yil. Thorsten Felske (4 July 2015).
  5. „Elias Kachunga: Huddersfield sign Ingolstadt striker on loan“. BBC Sport (24-iyun 2016-yil). Qaraldi: 25-iyun 2016-yil.
  6. „Huddersfield Town 2-1 Brentford“ (6-avgust 2016-yil).
  7. „Elias Kachunga: Huddersfield Town sign on-loan striker for £1.1m“. BBC Sport. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  8. „Elias Kachunga: Huddersfield striker out with medial ligament injury“ (18-dekabr 2017-yil).
  9. Chicken. „Ten players depart Huddersfield Town with two deals extended“. YorkshireLive (24-iyul 2020-yil).
  10. „Wednesday sign Elias Kachunga“. Sheffield Wednesday F.C. (2-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2020-yil.
  11. „Wednesday sign forward Kachunga“.
  12. „Owls confirm 2020/21 retained list“. www.swfc.co.uk.
  13. McDougall. „Bolton swoop for ex-Huddersfield and Sheff Weds attacker Kachunga“. Manchester Evening News (6-avgust 2021-yil).
  14. „Bolton bring in striker Kachunga“.
  15. BBC Sport: „Bolton Wanderers 3-3 Milton Keynes Dons“