Bundesliga — 1963-yilda tashkil topgan (bunga qadar Germaniya chempionati maqomida edi) Germaniya bundesligasi 54 yillik tarixga egab boʻlib koʻhna qitʼaning eng kuchli turnirlaridan biri hisoblanadi[1].

Bundesliga)

Koʻhna qitʼasining eng kuchli uchta turnirlaridan biri hisoblanadi. Bundesliga tashkil topishiga qadar oʻtkazilgan turnirlarda 43 klub oltin medallarga ega boʻlishgan.

FC Bayern Munich

Bundesligada chempionlik boʻyicha rekord „FC Bayern Munich“ ga tegishli hisoblanadi.Ular hozirgacha 27 turnirning gʻolibi boʻlishgan.Berlinning „Dinamo“ klubida 10, „Nyurnberg“ klubida 9ta chempionlik sovrini bor.

Germaniya chempionati tashkil topgan vaqtdan beri faqatgina 12 ta klub musobaqada gʻolib boʻlgan.

Bu koʻrsatgich boʻyicha „FC Bayern Munich“ qolganlardan ancha oldinda hisoblanadi. Bundesligaga qadar 60-yil davomida bir marta chempion boʻlgan myunxenliklar XX-asr oxiri va XXI-asr boshlariga kelib 26 marta musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritdi.Myunxinliklardan keyingi oʻrinlarni Dortmund shahrining ikki klubi „Borussiya“ — Myongxengladbax klublari egallab turibdi. Bu jamolar hisobida 5 tadan bosh sovrin mavjud. Bremen shahrining „Verder“ klubi esa bu sovrinni toʻrt martagina yutib olgan boʻlsa „Hamburg“ va „Shtutgart“ klublari mos ravishda esa 3 martadan turnirda zafar quchishganlar. Yangi tashkil qilingan liganing dastlabki chempioni sanalgan „Kyoln“ esa, „Kayzerslautern“ bilan birga ikki martadan mavsumni eng yuqori pogʻonada yakunlashgan. Shu bilan bir qatorda „Nyurnberg“, „Ayntraxt“ Branshveyg, „Volfsburg“, „Myunxen-1860“ kulublari atiga bir marotabadan chempion degan nomni qoʻlga kiritishgan. Eng Qiziq jihati Sharqiy Germaniya klublaridan hali birortasi bundeslida chempion boʻlishmagan. Bundesliga oʻrtacha futbol ishqibozlarining tashrifi boʻyicha dunyodagi yetakchi futbol ligalaridan biri hisoblanadi.2011-12-yilgi mavsumda har bir oʻyinga oʻrtacha 45 134 muxlis toʻgʻri kelgani Amerika Milliy Futbol Ligasidan keyin dunyodagi har qanday sport ligasi ichida ikkinchi oʻrinda turadi[2].Bundesliga 200 dan ortiq mamlakatlarda televideniye orqali namoyish etiladi.

ManbalarTahrirlash

  1. „55-start. Bundesliga yana qaytmoqda“. tribuna. Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  2. „Bundesliga attendance reigns supreme despite decrease“ (Inglizcha). sportbusiness (15-iyun 2010-yil). Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.