Xaydenxaym(futbol klubi)
"Xaydenxaym" ( nemischa: 1. Fussballclub Heidenheim 1846 e.V. ) — Germaniyaning Heidenxaym-an der-Brenz shahridagi futbol klubi .
Toʻliq nomi | 1. Fussballclub Heidenheim 1846 e.V. | |||
---|---|---|---|---|
Asos solingan | 1846-yil 14-avgust | |||
Stadioni | Foyd Arena | |||
Sigʻimi | 15 000 | |||
Egasi |
![]() | |||
Vebsayti | Klub sayti | |||
|
Tarixi
tahrirSport klubi 1846-yil 14-avgustda tashkil etilgan, futbol seksiyasi 1911-yilda paydo bo'lgan. Jamoa o'z uy uchrashuvlarini 15 000 tomoshabinga mo'ljallangan Voith Arenada o'tkazadi. 2005/06-yilgi mavsumda Xaydenxaym Baden-Vyurtemberg Oberligasi g'olibiga aylandi. 2008/09-yilgi mavsumda jamoa Janubiy mintaqaviy ligada g'olib chiqdi. 2013/14-yilgi mavsumda klub Uchinchi ligada g'olib chiqdi va yuqoriroq turnir - Ikkinchi Bundesligaga ko'tarildi.
2019/20-yilgi mavsumda klub 3-o'rinni egallab, Birinchi Bundesligaga chiqish uchun pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Birinchi pley-off o‘yinida “Verder” va “Xaydenxaym” o‘zaro durang qayd etdi (0:0). Ikkinchi pley-offda ham bu jamoalar durang o'ynashdi (2:2), ammo mehmondagi gol qoidasiga ko'ra, "Verder" Bundesligada qoldi, Xaydenxaym esa keyingi chempionatga chiqa olmadi.
Bundesliganing 2022/23-yilgi mavsumining so'nggi o'yinida Xaydenxaym ikkinchi bo'limning to'xtab qolgan vaqtida ikkita gol urib, "Yahn Regensburg" ga qarshi 3:2 hisobida g'alaba qozondi va shu tariqa Darmshtadt 98ni ortda qoldirib birinchi marta turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab oldi. O'z tarixida birinchi marotaba Germaniya futbol chempionatining yuqori divizioniga chiqdi [1] .
Jamoa libosi
tahrirUy libosi
tahrirMehmondagi libosi
tahrirZaxira libosi
tahrirEslatmalar
tahrir- ↑ „1. FC Heidenheim steigt nach Drama in Bundesliga auf – HSV in der Relegation“ (de). Heidelberg24 (2023-yil 28-may). 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.