Sergey Barbarez (talaffuzi: Sergey Barbares; 1971-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) — bosniyalik sobiq professional futbolchi, Bosniya va Gersegovina terma jamoasi va Germaniya Bundesligasining bir nechta klublarida oʻynagan.

Sergej Barbarez
Barbarez 2014-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 17-sentyabr 1971-yil (1971-09-17) (52 yosh)
Tavallud joyi Mostar, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1984—1989 Velež Mostar
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1991 Velež Mostar
1992—1993 Hannover 96 18 (2)
1993—1996 Union Berlin 88 (46)
1996—1998 Hansa Rostock 59 (13)
1998—2000 Borussia Dortmund 36 (6)
2000—2006 Hamburger SV 174 (65)
2006—2008 Bayer Leverkusen 61 (11)
Milliy terma jamoa
1998—2006 Bosniya va Gersegovina 47 (17)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ilk faoliyati tahrir

Bolaligida Barbarez futbolga unchalik qiziqmasdi, balki basketbol va yengil atletikaga qiziqardi. Biroq, oʻn bir yoshida, Barbarez maktabdan keyin doʻstlari bilan koʻngil ochish uchun futbol oʻynay boshladi.

Klublardagi faoliyati tahrir

 
Barbarez 2007-yilda Leverkuzenning „Bayer“ klubida.

19 yoshida Velej bilan shartnoma imzoladi. Biroq, qisqa vaqt oʻtgach, 1991-yilda Zagrebda Yugoslaviya xalq armiyasida xizmat qildi[1]. 1991-yilda Velejga qaytib keldi va koʻp oʻtmay hamma Barbarezning haqiqiy isteʼdod egasi ekanligini angladi.

Barbarez 1991—1992-yillarning ikkinchi yarmida va 1992—1993-yilgi mavsumda „Hannover 96“da oʻynagan. 1993- va 1996-yillar oraligʻida Hansa Rostok bilan shartnoma imzoladi[2]. Klubda 1996—1998-yillarda oʻynagan.

Hamburger SV

Hamburger SV bilan birinchi mavsumda Barbarez 22 gol bilan klubining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2006-yil 17-mayda Barbarez Leverkusenning „Bayer“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2008-yilning iyun oyida klub bilan shartnomasi tugaganidan keyin faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro faoliyati tahrir

 
Bosniya va Gersegovina terma jamoasining Yevro-2004 saralash bosqichidagi tarkibi.

1998-yil 14-mayda Barbarez Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida Argentinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.

Barbarez 2001-yilning 28-martida jahon chempionati saralash bahsida Lixtenshteyn darvozasiga ikkita gol urdi[3].

Barbarez Bosniya terma jamoasining sardori va yetakchisi edi. 2005-yil 13-oktabrda xalqaro futboldagi faoliyatini yakunladi

2005-yil 2-dekabrda terma jamoaga qaytishini eʼlon qildi va UEFA Yevro-2008 saralashida oʻynadi.

2006-yil 12-oktabrda Barbarez rasman xalqaro faoliyatini yakunladi va 2008-yil iyun oyida futboldan butunlay ketdi[4].

Murabbiylik faoliyati tahrir

Barbarez 2009-yil 14-dekabr kuni UEFA Yevro 2012 saralash bosqichida Bosniya va Gersegovina milliy futbol jamoasiga bosh murabbiy boʻlishni xohlayotganini eʼlon qildi. Biroq Serb Respublikasi futbol assotsiatsiyasi uning kirishiga toʻsqinlik qildi[5] va keyinchalik Safet Sušić Bosniya va Gersegovina terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib saylandi.

2011-yil 5-yanvarda Barbarez Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasining Yablanitsadagi oʻquv muassasasida UEFA Pro litsenziyasini oldi[6].

Shaxsiy hayoti tahrir

Barbarez oʻzining oʻrta maktabdagi sevgilisi Anaga uylangan, u ham Mostardan. Ikkita oʻgʻli bor: Filip-André (1994-yilda tugʻilgan) va Sergio-Luis (1999-yilda tugʻilgan).

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Hannover 96 1992—1993 2. Bundesliga 18 2 1 0 0 0 19 2
Union Berlin 1993—1994 NOFV-Oberliga 29 15 0 0 0 0 29 15
1994—1995 Regionalliga 29 14 1 0 0 0 30 14
1995—1996 30 17 0 0 0 0 30 17
Jami 88 46 1 0 0 0 89 46
Hansa Rostock 1996—1997 Bundesliga 27 2 2 1 0 0 29 3
1997—1998 32 11 1 0 0 0 33 11
Jami 59 13 3 1 0 0 62 14
Borussia Dortmund 1998—1999 Bundesliga 22 4 2 0 0 0 24 4
1999-2000 14 2 1 0 5 1 20 3
Jami 36 6 3 0 5 1 44 7
Hamburger SV 2000—2001 Bundesliga 31 22 1 0 8 1 40 23
2001—2002 24 7 1 0 0 0 25 7
2002—2003 24 6 1 0 0 0 25 6
2003—2004 32 10 3 0 2 0 37 10
2004—2005 30 11 1 0 0 0 31 11
2005—2006 33 9 3 3 9 2 45 14
Jami 174 65 10 3 19 3 203 71
Bayer Leverkusen 2006—2007 Bundesliga 32 7 2 0 12 3 46 10
2007—2008 29 4 0 0 10 3 39 7
Jami 61 11 2 0 22 6 75 17
Jami 436 143 20 4 46 10 483 157

Xalqaro gollar tahrir

Ballar va natijalar roʻyxati Bosniya va Gertsegovinaning gollari soni birinchi boʻlib, ball ustuni Barbarezning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Sergey Barbarez tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 5.09.1999 Asim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosiniya va Gersegovina   Estoniya 1-1 1-1 UEFA Yevro 2000 qualifying
2 28.02.2001 Bilino Polje, Zenica, Bosiniya va Gersegovina   Vengriya 1-1 1-1 Oʻrtoqlik
3 24.03.2001 Asim Ferhatović Hase, Sarajevo   Avstriya 1-1 1-1 2002 FIFA Jahon chempionati saralashi
4. 28.03.2001 Rheinpark Stadion, Vaduz, Lixtenshteyn   Lixtenshteyn 1-0 3-0 2002 FIFA Jahon chempionati saralashi
5 2-0
6. 27.03.2002 Grbavica Stadium, Sarajevo, Bosiniya va Gersegovina   Shimoliy Makedoniya 2-0 4-4 Oʻrtoqlik
7 3-0
8 13.02.2003 Millennium Stadium, Cardiff, Uels   Uels 2-1 2-2 Oʻrtoqlik
9 29.03.2003 Bilino Polje, Zenica, Bosiniya va Gersegovina   Lyuksemburg 2-0 2-0 UEFA Yevro 2004 saralash
10 2.04.2003 Parken Stadium, Copenhagen, Daniya   Daniya 1-0 2-0 UEFA Yevro 2004 saralash
11 10.09.2003 Stade Josy Barthel, Route d’Arlon, Lyukenburg   Lyuksemburg 1-0 1-0 UEFA Yevro 2004 saralash
12 4.06.2005 Stadio Olimpico, Serravalle, San Marino   San Marino 3-1 3-1 2006 FIFA Jahon chempionati saralashi
13 3.09.2005 Bilino Polje, Zenica, Bosiniya va Gersegovina   Belgiya 1-0 1-0 2006 FIFA Jahon chempionati saralashi
14 7.09.2005 LFF Stadium, Vilnius, Litva   Litva 1-0 1-0 2006 FIFA Jahon chempionati saralashi
15 31.05.2006 Azadi Stadium, Tehron, Eron   Eron 2-0 2-5 Oʻrtoqlik
16 16.08.2006 Asim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosiniya va Gersegovina   Fransiya 1-0 1-2 Oʻrtoqlik
17 2.09.2006 Taʼ Qali National Stadium, Taʼ Qali, Malta   Malta 1-0 5-2 UEFA Yevro 2004UEFA Yevro 2008 saralash

Yutuqlari tahrir

Oʻyinchi tahrir

Hamburger SV

  • DFB-Ligapokal: 2003-yil
  • UEFA Intertoto kubogi: 2005-yil

Individual tahrir

Mukofotlar

  • Bosniyalik yilning eng yaxshi futbolchisi: 2001, 2002, 2003
  • Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari: 2000—2001 (22 gol)

Manbalar tahrir

  1. „Barbarez: "Iz Fudbalskog saveza BiH mi nisu dali karte za Belgiju"“. 24sata.info (14-mart 2009-yil). 2011-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2010-yil.
  2. Matthias Arnhold. „Sergej Barbarez – Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (21-aprel 2011-yil). Qaraldi: 2-may 2011-yil.
  3. Connelly 2002, 142
  4. „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 28-yanvar 2021-yil.
  5. „Barbarez bez podrške FS RS“. nezavisne.com (25-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2020-yil.
  6. „Profesionalne licence Barbarezu, Piplici i kolegama“ (Bosnian). sarajevo-x.com (5-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 7-avgust 2011-yil.