Ayntraxt“ (nemischa: SG Eintracht Frankfurt e.V.) — Frankfurt-Maynda joylashgan nemis professional futbol klubi. Bundesliga ishtirokchisi. Klubning uy stadioni Deutsche Bank Park boʻlib, sigʻimi 58 000 tomoshabinga moʻljallangan[1].

Ayntraxt Frankfurt
Toʻliq nomi Eintracht Frankfurt e.V.
Laqabi SGE (Sportgemeinde Eintracht)
Die Adler (Burgutlar)
Asos solingan 1899-yil 8-mart
Stadion Deutsche Bank Park
Stadion hajmi 58,000
Prezidenti Mathias Beck
Murabbiyi Dino Toppmöller
Sardori Sebastian Rode
Vebsayt http://www.eintracht.de
Musobaqasi Bundesliga
2022-23 7
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi

Tarix tahrir

1899-1939-yillar tahrir

1899-yil 8-mart kuni Frankfurt-Mayn shahrida Frankfurter Fußball-Club Victoria von 1899 va Frankfurter Fußball-Club Kickers von 1899 klublariga asos solingan. 1908-yilning 5-aprelida „Kickers“ futbolchisi Frits Bekker Germaniya milliy futbol terma jamoasi tarixidagi ilk oʻyin — Shveytsariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkita gol uradi. 1908-yilning oʻzidayoq „Kickers“ 1. Frankfurter Hockeyclub klubini qoʻshib oladi. 1911-yil „Kickers“ va „Victoria“ning birlashishi natijasida yangi futbol klubi — Frankfurter Fußballverein (Kickers-Victoria) von 1899 paydo boʻldi. 1914-yilda, Birinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, mamlakat chempionati toʻxtatildi va birlashgan klubning aksariyat oʻyinchilari urushga ketishdi.

Urushdan qaytgach, Kickers-Victoria futbolchilari klubni tikladilar va 1920-yil aprel oyida ular Frankfurter Turngemeinde (1861-yilda tashkil etilgan) bilan birlashdilar va yangi klub — Turn- und Sportgemeinde Eintracht Frankfurt von 1861 ni tashkil etdilar. Aynan oʻsha paytda klub nomida „Ayntraxt“ (nemischa: birdamlik, kelishuv) soʻzi birinchi marta paydo boʻladi. 1927-yilda Germaniya gimnastika assotsiatsiyasining bosimi tufayli klub tarqatib yuborildi va uning asosida ikkita yangi jamoalar — Turngemeinde Eintracht Frankfurt von 1861 va Sportgemeinde Eintracht Frankfurt (F.F.V) von 1899 tuzildi. Ikki klubning tarixi uzoq davom etmadi.

1945-1959-yillar tahrir

Ikkinchi jahon urushidan soʻng, yangi tashkil etilgan SG Eintracht 1946 klubi Hessen kubogini qoʻlga kiritadi. 1954-yilda „Ayntraxt“ futbolchisi Alfred Pfaff Germaniya Federativ Respublikasi futbol terma jamoasi safida jahon chempioni boʻldi. 1959-yilda „Ayntraxt“ Berlinda „Kickers Offenbach“ni oʻz tarixida birinchi va soʻnggi bor Germaniya chempioni boʻladi.

1960-1978-yillar tahrir

1960-yili „Ayntraxt 1946“ Chempionlar kubogining ilk bor Germaniyadan ishtirok etayotgan finalchisiga aylandi. Glazgoda kechgan uchrashuvda frankfurtliklar Madridning Real klubi tomonidan 3:7 hisobida magʻlub etiladi. Ushbu matchda frankfurtliklar kiritgan 3 goldan 2tasiga Erwin Stein mualliflik qilgan.

1963-yilda „Ayntraxt“ professional klublar oʻrtasida ilk bor oʻtkazilayotgan Germaniya futbol chempionatida qatnashadi. „Ayntraxt“ Bundesligadagi birinchi mavsumda uchinchi oʻringa sazovor boʻladi va GFR kubogi finaliga yoʻl oladi. Finalda „Myunxen 1860“ klubiga 0:2 hisobi bilan magʻlub boʻladi. 1968-yilda klub oʻz nomini ayni vaqtdagi Eintracht Frankfurt e.V.ga oʻzgartirdi.

XX asrning 60-70-yillari Frankfurt klubi uchun eng muvaffaqiyatli kechdi. GFR terma jamoasi safida klub futbolchilari — 1966-yilgi Jahon chempionati kumush medali sovrindori Alfred Lutz, jahon chempioni Bernd Hölzenbein va jahon hamda Yevropa chempioni Jürgen Grabowskilar toʻp tepadilar. 1974 va 1975-yillarda „Ayntraxt“ ikki marta Germaniya kubogini qoʻlga kiritgan.

1978-1994-yillar tahrir

Murabbiy Fridel Rausch boshchiligida klub UEFA kubogi finaliga chiqadi va 1980-yil 2-mayda boshqa bir nemis jamoasi — Myonxengladbaxning „Borussiya“ jamoasi ustidan gʻalaba qozonadi. 1981 va 1988-yillarda final oʻyinlarida „Kayzerslautern“ va „Boxum“ni magʻlub etib, „Ayntraxt“ yana ikki bor GFR kubogini yutadi. 1993 va 1994-yillarda „Ayntraxt“ ikki marta Yevropa kubogi chorak finaliga chiqa oldi, biroq 1980-yilgi muvaffaqiyatni takrorlay olmadi. Oʻsha yillarda klub oʻyinchisi Anthony Yeboah Bundesliganing eng yaxshi toʻpurariga aylandi.

1994-2003-yillar tahrir

1994-yildan keyin klubning ahvoli yomonlashdi va 1995/1996-yilgi mavsum yakunlariga koʻra „Ayntraxt“ Ikkinchi Bundesligaga tushib ketdi. Biroq shu yili — 1996-yilda frankfurtliklar darvozaboni Andreas Koepke Yevropa chempioni boʻldi. Oradan ikki yil oʻtib, 1998-yilda klub yana Bundesligaga qaytdi, ammo uch mavsum davomida ligadagi oʻrnini saqlab qolish uchun kurashib, 2001-yilda yana ikkinchi ligaga tushib ketdi.

„Ayntraxt“ning ikkinchi divizionga qaytishi jamoa bosh homiysi bankrot boʻlgan vaqtga toʻgʻri keldi va bu 8 million yevro miqdoridagi qarz shakllanishiga olib keldi. Faqat RMV, Fraport, Mainova, Messe Frankfurt kabi bir qator shahar kompaniyalarini oʻz ichiga olgan homiylar birlashmasining favqulodda tuzilishi jamoaning butunlay parchalanishidan saqlab qoldi. Klubdagi muammolar shu bilan tugab qolmadi. Litsenziya hujjatlarini rasmiylashtirishdagi xato tufayli Germaniya futbol assotsiatsiyasi klubga litsenziya berishdan bosh tortdi, bu esa klubni mintaqaviy havaskorlar ligasiga oʻtkazish xavfini keltirib chiqardi. Natijada „Ayntraxt“ rahbariyati baribir klubni Ikkinchi Bundesligada saqlab qolishga muvaffaq boʻldi.

2003-yilda „Ayntraxt“ ikkinchi divizionda uchinchi oʻrinni egallab, Bundesligaga qaytishga erishdi. Jamoa bor-y yoʻgʻi yana bir yil kuchlilar orasida qola oldi.

2004-yildan — hozirgi kungacha tahrir

Fayl:Болельщики Франкурта в Баку.ogv
Klub muxlislari „Qorabogʻ“ klubi bilan oʻyindan soʻng, 22-avgust, 2013-yil.

2004-yilda klubni Friedhelm Funkel boshqargan va u bir yil ichida „Ayntraxt“ni Bundesligaga qaytarishga muvaffaq boʻlgan. 2006-yili frankfurtliklar Germaniya kubogi finalida Myunxenning „Bavariya“ jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Ammo Myunxen Chempionlar ligasida oʻynash huquqiga ega boʻlganligi sababli „Ayntraxt“ magʻlubiyatga qaramay, UEFA kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi va u yerda guruh bosqichiga chiqishga muvaffaq boʻldi. Bundesligada Frankfurt klubi oʻzining eng katta muvaffaqiyatiga 2018/19-yilgi mavsumda erishib, 7-oʻrinni egalladi. Jamoaning asosiy yutugʻi 2018-yilgi mamlakat kubogi finalida „Bavariya“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonish boʻlib, bu ularga 2018/2019-yilgi mavsumda Yevropa ligasida qatnashish imkonini berdi va unda jamoa turning yarim finaligacha bora oldi. Penaltilar seriyasida musobaqaning boʻlajak gʻolibi "Chelsi"ga magʻlub boʻldi.

2021/2022-yil mavsumida „Ayntraxt“ futbol klubi Yevropa ligasi chorak finalida „Barselona“ni, yarim finalda esa „Vest Hem Yunayted“ klubini magʻlub etib, finalga yoʻl oldi. Final oʻyinida frankfurtliklar „Reynjers“ bilan kuch sinashadi[2].

Klub Yevropa ligasi finalning asosiy vaqtini Glazgoning „Reynjers“ klubi bilan 1:1 hisobida oʻtkazdi. Gʻolib penaltilar seriyasidagi 5:4 hisobi bilan „Ayntraxt“ foydasiga hal boʻldi[3].

Yutuqlar tahrir

Milliy musobaqalar tahrir

Germaniya chempionati

  • 1  Chempion (1): 1959
  • 2  Vitse-chempion (1): 1932

Germaniya kubogi

  • 1  Gʻolib (5): 1974, 1975, 1981, 1988, 2018
  • 2  Finalchi: 1964, 2006, 2017

Germaniya Superkubogi

Ikkinchi Bundesliga

  • 1  Chempion (1): 1998
  • 2  Vitse-chempion (1): 2012

Xalqaro musobaqalar tahrir

Yevropa chempionlari kubogi

UEFA kubogi / Yevropa ligasi

Intertoto kubogi

Alp kubogi

  • 1  Gʻolib: 1967

Tarkib tahrir

Asosiy jamoa tahrir

Jamoa tarkibi futbol klubining rasmiy saytidagi maʼlumotlar asosida kiritilgan[4].

Amplua Futbolchi
1   GER DR Kevin Trapp (vitse-sardor)
3   ECU HM Willian Pacho
4   GER HM Robin Koch (Leeds United dan ijarada)
5   CRO HM Hrvoje Smolčić
7   EGY HJ Omar Marmoush
8   ALG YH Farès Chaïbi
9   AUT HJ Saša Kalajdžić (Wolverhampton Wanderers dan ijarada)
11   FRA HJ Hugo Ekitike (Paris Saint-Germain dan ijarada)
15   TUN YH Ellyes Skhiri
16   SWE YH Hugo Larsson
17   GER YH Sebastian Rode (sardor)
19   FRA YH Jean-Mattéo Bahoya
20   JPN YH Makoto Hasebe (3-sardor)
22   USA HM Timothy Chandler
24   POR HM Aurélio Buta
25   NED YH Donny van de Beek (Manchester United dan ijarada)
26   FRA YH Éric Junior Dina Ebimbe
27   GER HJ Mario Götze
Amplua Futbolchi
29   FRA HM Niels Nkounkou
31   GER HM Philipp Max
33   GER DR Jens Grahl
34   GER HM Nnamdi Collins
35   BRA HM Tuta
36   GER YH Ansgar Knauff
37   GER YH Sidney Raebiger
40   BRA DR Kauã Santos
41   ALB DR Simon Simoni
43   GER HJ Noel Futkeu
44   ECU HM Davis Bautista
45   GER YH Mehdi Loune
46   GER HM Dario Gebuhr
47   GER HM Elias Baum
48   ESP HJ Nacho Ferri
49   GER YH Harpreet Ghotra

Ijaradagi futbolchilar tahrir

Amplua Futbolchi
  USA YH Paxten Aaronson (  SBV Vitesse da 2024-yil 30-iyungacha)
  GER HJ Faride Alidou (  1. FC Köln da 2024-yil 30-iyungacha)
  COL HJ Rafael Santos Borré (  Werder Bremen da 2024-yil 30-iyungacha)
  GER HM Nathaniel Brown (  1. FC Nürnberg da 2024-yil 30-iyungacha)
  CYP YH Antonio Foti (  Hannover 96 da 2024-yil 30-iyungacha)
  NOR HJ Jens Petter Hauge (  Bodø/Glimt da 2024-yil 31-dekabrgacha)
Amplua Futbolchi
  CRO YH Kristijan Jakić (  FC Augsburg da 2024-yil 30-iyungacha)
  HUN YH Krisztián Lisztes (  Ferencvárosi TC da 2024-yil 30-iyungacha)
  CRO HJ Igor Matanović (  Karlsruher SC da 2024-yil 30-iyungacha)
  GER HJ Jessic Ngankam (  Mainz 05 da 2024-yil 30-iyungacha)
  CMR HM Jérôme Onguéné (  Servette FC da 2024-yil 30-iyungacha)
  GER YH Marcel Wenig (  1. FC Nürnberg da 2024-yil 30-iyungacha)

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir