Anna Elisabeth Kopp (1936-yil 16-dekabr – 7-aprel 2023-yil) – Shveysariya siyosatchisi va Hur Demokratik Partiya (HDP) aʼzosi. U Shveysariya hukumati, Federal kengashda xizmat qilgan birinchi ayol siyosatchi. U ushbu lavozimda 1984-yil 2-oktabrdan 1989-yil 12-yanvargacha faoliyat yuritgan. 1979-yildan 1984-yilgacha Milliy kengash aʼzosi sifatida xizmat qilgan[2][3].

Elisabeth Kopp
Shveysariya vitse-prezidenti
Mansab davri
1989-yil 1-yanvar – 1989-yil 12-yanvar
Prezident Jean-Pascal Delamuraz
Oʻtmishdoshi Jean-Pascal Delamuraz
Vorisi Arnold Koller
Shveysariya Federal Kengashi a'zosi
Mansab davri
1984-yil 2-oktyabr – 1989 yil 12 yanvar
Oʻtmishdoshi Rudolf Friedrich
Vorisi Kaspar Villiger
Shveysariya Milliy Kengashi aʼzosi
Mansab davri
1979-yil 26-noyabr – 1983-yil 27-noyabr
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Anna Elisabeth Iklé

16-dekabr 1936-yil
Syurix, Switzerland
Vafoti 7-aprel 2023-yil(2023-04-07)
(86 yoshda)
Zumikon, Zürich, Switzerland[1]
Siyosiy partiyasi FDP
Turmush oʻrtogʻi
Hans W. Kopp
(turm. 1960; vaf. 2009)
Bolalari 1
Alma mater

Barvaqt hayot va taʼlim

tahrir

Kopp 1936-yil 16-dekabrda Shveysariyaning Syurix shahrida Maks va Beatrix Iklé oilasida tugʻilgan[4]. Uning otasi Federal moliya departamenti direktori va Shveysariya Milliy banki boshqaruvi aʼzosi[4]. Bobosi Adolf Iklé (1852–1923) asli yahudiy va Germaniyaning Gamburg shahridan edi[5]. Uning amakivachchasi Fred Iklé Reygan hukumati davrida mudofaa vazirining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlagan[6].

U Bern kantonligida ikkita singlisi Marianne (1935-2019) [7] va Beatrix (1944) bilan birga oʻsgan. Kopp Bern oʻrta maktabini tamomlagan[8]. 1956-yilda Syurix universitetida huquq sohasi boʻyicha tahsil olgan. 1960-yilda Litsenziya bilan bitirgan[9]. Oʻqish davrida, 1956-yilda Vengriya inqilobi paytida tashkil etilgan Swiss-Hungarian Student Relief Organisation [de] (SDSU) tashkilotiga qoʻshildi[10].1959-yilda Berlin shahriga talabalar sayohati vaqtida boʻlajak eri Hans W. Kopp bilan tanishgan[11]. 1960-yilda oʻqishni muvaffaqiyatli tamolaydi va litsenziat ilmiy darajasi bilan yakunladi. Shu yili u Xans Kopp bilan turmush qurdi va Zumikonga koʻchib oʻtdi. 1963-yilda Kopp qiz farzandli boʻlib,1970-yilgacha uy bekasi boʻlgan[8].

Siyosiy faoliyati

tahrir

Kantonal va qonun chiqaruvchi idoralar

tahrir

1984-yil 2-oktabr kuni Kopp Federatsiya Kengashiga birinchi ayol nomzod sifatida saylandi[12]. U birinchi ovoz berish jarayonidayoq 244 ovozdan 124 ovoz toʻplagan. Federal maslahatchi sifatida Federal Adliya va Politsiya departamentining (FADP) boshligʻi boʻlib, 1988-yil dekabr oyida Konfederatsiyaning vitse-prezidenti etib saylandi[13]. Uning vazifasida asosiy maqsadlaridan biri noqununiy muhojirlar uchun qonunni isloh qilish boʻlgan[14]. Buning uchun qochqinlar delegati lavozimini ham tashkil qildi. 1987-yilgi Shveysariya referendumlari|Referendum]]muxolif tomon va xristian jamiyatidagi shaxslar tomonidan tanqid qilindi, ammo oxir-oqibat 1987-yilda referendum tasdiqlandi. 1987-yil dekabr oyidagi tasdiqlov saylovida yashil va chap partiya, Frankofon kantoni siyosatchilari uni qayta saylashni rad etishdi va faqat 166 ovoz bilan qayta lavozim tasdiqlandi[15].

Federal kengash

tahrir

1984-yilda Federal kengash raisi Rudolf Fridrih sogʻligʻidagi muammolar tufayli lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Keyinchalik Hur Demokratlar Partiyasi Fridrixning oʻrinbosari etib Elisabeth Kopp va Bruno Hunziker nomzod boʻlgan[16]. 1970-yilda Elisabeth Kopp Zumikon shahar kengashi (Gemeinderat) va 1974-yilda Syurix kantonidagi shaharning birinchi ayol prezidenti boʻldi[17].

Shaxsiy hayoti

tahrir

1960-yilda Elisabeth Iklé bir nechta kompaniyalarning advokat va kengash aʼzosi boʻlgan Hans W. Kopp bilan turmush qurgan[18][19]. Ularning bitta qizi Brigitte (1963) boʻlgan. Elisabeth Milliy Kengashga saylanganidan soʻng, eri Bernda uning uchun kvartira sotib oldi[20]. Federatsiya kengashiga saylanganidan soʻng, ular xavfsizlik sabablari tufayli boshqa kvartiraga koʻchib oʻtishdi[21]. Elisabeth Kopp 2023-yil 7-aprel kuni 86 yoshida vafot etdi[22].

Andres Brütsch [de] : Elisabeth Kopp – Eine Winterreise [de] [23] (Qish safarida: Shveysariyaning birinchi ayol vaziri), hujjatli film, 85 daqiqa, Mavzu: Film, 2007-yil yanvar [24]

Manbalar

tahrir
  1. Keaten, Jamey „Elisabeth Kopp, first woman in Swiss Cabinet, dies at 86“ (en). AP NEWS (2023-yil 14-aprel). Qaraldi: 2023-yil 18-aprel.
  2. „Ratsmitglied ansehen“. www.parlament.ch. 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  3. „Elisabeth Kopp, first woman in Swiss Cabinet, dies at 86“ (en-US). Local News 8 (2023-yil 14-aprel). 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  4. 4,0 4,1 Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  5. „Iklé“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  6. Dodis. „Iklé, Fred (1924–2011)“ (en). dodis.ch (1924-yil 21-avgust). 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  7. „Traueranzeigen von Marianne Gasser-Ikle | www.sich-erinnern.ch“ (de-DE). www.sich-erinnern.ch. 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  8. 8,0 8,1 Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  9. Duttweiler, Catherine (1990).p.40
  10. Duttweiler, Catherine (1990).pp.40–41
  11. Duttweiler, Catherine (1990).p.49
  12. Duttweiler, Catherine. Kopp & Kopp: Aufstieg und Fall der ersten Bundesrätin (de). Weltwoche, 1990 — 11-bet. ISBN 978-3-85504-121-3. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel. 
  13. „Dossier: Die Affäre Kopp“. Année politique Suisse. 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  14. Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  15. Duttweiler, Catherine (1990), p.145
  16. Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  17. Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  18. Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  19. Duttweiler, Catherine (1990), pp.148–149
  20. Duttweiler, Catherine (1990), p.84
  21. Duttweiler, Catherine (1990), p.85
  22. „Elisabeth Kopp, Switzerland's first female cabinet minister, dies at 86“. swissinfo (2023-yil 14-aprel). 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  23. Brütsch, Andres (2008), Elisabeth Kopp eine Winterreise = voyage en hiver, [Zürich]: Pelicanfilms, OCLC 1039746850
  24. „Elisabeth Kopp – Eine Winterreise“ (de). swissfilms. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.

Yana qarang

tahrir

Tashqi havoalalar

tahrir
Siyosiy idoralar
Oldingisi Shveysariya Federal Kengashi a'zosi
1984–1989
Keyingisi
Federal Politsiya va Adliya departamenti
1984–1989
Keyingisi
Oldingisi Shveysariya Vitse-prezidenti
1989

„Kopp, Elisabeth“. Dodis (1936-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.