Elizabeth Gilbert (1969-yil 18-iyulda tugʻilgan) – amerikalik yozuvchi va jurnalist. Oʻzining 2006-yilda 12 milliondan ortiq nusxada sotilgan va 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan "Eat, Pray, Love memuarlari bilan mashhurlikka erishdi[1]. Shuningdek, mazkur kitob asosida 2010-yilda xuddi shu nomdagi film ham suratga olingan[2].

Elizabeth Gilbert

Gilbert in 2009
Tavalludi 18-iyul 1969-yil (1969-07-18) (55 yosh)
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi AQSh
Alma mater New York University
Janr
  • Fiction
  • memoir
Turmush oʻrtogʻi
  • Michael Cooper
    (turm. 1994; ajr. 2002)
  • José Nunes
    (turm. 2007; ajr. 2016)
Imzosi
Veb-sayti
elizabethgilbert.com

Biografiyasi

tahrir

Gilbert 1969-yilda Konnektikut shtatidagi Waterbury shahrida tugʻilgan[3]. Otasi John Gilbert Uniroyalda kimyo muhandis, onasi Carole hamshira boʻlib, Planned Parenthood klinikasini tashkil qilgan[4][3].

Gilbert toʻrt yoshga toʻlganda, ota-onasi Konnektikut shtatining Litchfild shahrida Rojdestvo daraxti fermasini sotib oldi va qishloqda yashay boshlashdi[4]. Uyida na televizor, na magnitafon borlligi sababli butun oila vaqtlarini koʻplab kitoblar oʻqishga sarflashdi. Gilbert va uning opasi Ketrin Gilbert Murdock oʻzlarini kitoblar va pyesalar yozishga qiziqtirdilar[4][3]. Gilbert, ota-onasi hippi emas, balki zamonaviy kashshof boʻlganini taʼkidlaydi: „Mening ota-onam men bilgan yagona odamlar boʻlib, ular oʻzlari echki sutidan yogurt tayyorlaganlar va Reyganga ikki marta ovoz berganlar. Bu Venn diagrammasi boʻlib, u boshqa hech kimni oʻz ichiga olmaydi“[4].

Gilbert Nyu-York universitetida tahsil oldi[3]. U adabiyot darslariga va yozma mahorat darslariga ishtirok etishni xohlamagani va intervyularidan birida shunday deydi: „Men ovozimni topish uchun eng yaxshi joy yigirmata odam bilan toʻldirilgan xonada boʻladi, deb hech oʻylamaganman. Men bu borada katta moralist edim. Agar men oʻzim yozgan boʻlsam, aslida, bu dars menga kerak emasligini, agar men oʻzim yozmagan boʻlsam, bunga loyiq emasligini his qildim“. Gilbert aspiranturada oʻqish oʻrniga ish va sayohat orqali oʻz taʼlimini yaratishga qaror qildi[3].

Kollejni tugatgandan soʻng, Gilbert Filadelfiyaga koʻchib oʻtdi va sayohat qilish uchun yetarli pul toʻplash uchun ofitsiant yoki barmen boʻlib ishlay boshladi. U The New York Times gazetasiga bergan intervyusida unga Ernest Xemingueyning ilk karerasi va uning "Bizning zamonimizda" nomli hikoyalar toʻplami taʼsir oʻtkazganini aytdi. Gilbert yozuvchilar hikoyalarni seminar xonasida emas, balki dunyoni oʻrganish orqali topishiga ishonadi[4]. U turli xil ishlarda, jumladan oshpaz, bufetchi va ofitsiant sifatida ishlagan, shu bilan birga boshidan oʻtkazganlarini qogʻozga tushirgan[3].

Karyerasi

tahrir

Jurnalistika

tahrir

Esquire jurnali 1993-yilda Gilbertning „Pilgrims“ qissasini „Amerikalik yozuvchining debyuti“ sarlavhasi ostida nashr etdi. U Norman Mailerdan keyin Esquireʼda debyut qilgan birinchi nashr etilmagan qisqa hikoyalar muallifi boʻldi. Oʻzining Eat, Pray, Love memuarida yuqori maosh oluvchi mustaqil yozuvchi sifatida faoliyat yuritganini aytib oʻtgan.

Uning 1997-yilgi "The Muse of the Coyote Ugly Saloon „ nomli maqolasi, Gilbertning Nyu-York shahrining East Village qismida joylashgan birinchi Coyote Ugly stol raqs barida barmen boʻlib ishlagan vaqtlari haqida yozilgan memuar kitobi[5]. 2000- yilda ekranlarga chiqqan“Coyote Ugly" filmi uchun asos boʻldi.

U oʻzining 1998-yilgi GQ nashridagi „The Last American Man“ maqolasi zamonaviy oʻrmonchi va tabiatshunos Eustace Conwayning tarjimai holiga asoslangan[6]. 2000-yilda GQ tomonidan nashr etilgan Hank Williams III haqidagi „The Ghost“ asari Best American Magazine Writing 2001 sirasiga kiradi.

Kitoblari

tahrir

Gilbert birinchi kitobi Pilgrims (Houghton Mifflin 1997) qisqa hikoyalar toʻplami uchun Pushcart mukofotiga sazovor boʻldi, shuningdek PEN/Xeminguey mukofotining finalchisi boʻldi. 2002-yilda u fantastika boʻyicha Milliy kitob mukofotiga nomzod boʻlgan "The Last American Man " (2002) kitobini nashr ettirdi.

Eat, Pray, Love

tahrir

2006-yilda Gilbert oʻzining chet elda sayohat qilgan „maʼnaviy va shaxsiy izlanishda“ kechgan yillari xronikasi bayon etilgan "Eat, Pray, Love: One Womanʼs Search for Everything Across Italy, India and Indonesia" (Viking, 2006) kitobini nashr ettirdi[7]. U kitob taklifi boʻyicha konseptsiyani ilgari surganidan soʻng, kitob uchun dunyo boʻylab sayohatini nashriyot tomonidan 200 000 dollar avans bilan moliyalashtirdi. Baʼzi yozuvchilar tomonidan bu bestseller „priv-lit“ („adabiy imtiyoz“) [8] va „hisoblangan biznes qarori“ sifatida tanqid qilingan[9]. Mazkur memuar 2006-yilning bahorida <i>New York Times bestseller</i> roʻyxatida paydo boʻldi va 2008-yil oktyabrida roʻyxatda 2-oʻrinni egalladi[10]. 2010-yil 13-avgustda Julia Roberts Columbia Pictures tomonidan ishlangan "Eat, Pray, Love" filmida Gilbert rolini ijrp etish uchun tanlab olindi[11]. Elizabeth Gilbery Time jurnali [12] tomonidan dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb tan olindi va Opraning SuperSoul 100 koʻruvchi va nufuzli yetakchilar roʻyxatiga kiritildi[13].


Big Magic

tahrir

2015-yilda Gilbert "Big Magic: Creative Living Beyond Fear" nomli oʻz-oʻziga yordam kitobini nashr ettirdi, unda oʻzi kabi ijodiy hayot kechirish boʻyicha koʻrsatmalar mavjud[14]. Kitob olti boʻlimdan iborat: jasorat, sehr, ijozat, qatʼiyat, ishonch va ilohiylik[15]. Big Magicdagi maslahatlar boshqa mavzular qatorida oʻz-oʻzidan shubhalanishni bartaraf etish, mukammallikdan qochish va kun tartibini belgilashga qaratilgan[16]. Gilbert Big Magic asarida boshlangan ishni oʻzining "Magic Lessons" podkasti bilan davom ettirdi, unda u mashhur ijodkorlardan, jumladan Brene Brown va Sarah Jonesdan intervyu oldi.


Adabiy taʼsirlar

tahrir

Gilbert intervyusida Oz sehrgarini nostalji bilan tilga olib, shunday deydi: „Men bugun yozuvchiman, chunki men bolaligimda Oz kitoblari tufayli mutolaaga muhabbatim uygʻongan …“. U, ayniqsa, koʻplab intervyularida Charlz Dikkensdan taʼsirlanganini taʼkidlaydi. U Markus AvreliyningOʻylar“ini falsafa boʻyicha eng sevimli kitobi deb biladi[17]. U, shuningdek, 2006-yilda Tennessi Universitetida yozuvchi sifatida oʻrnini egallaganida, u Jek Gilbertni (hech qanday aloqasi yoʻq) „hayotimning shoiri“ deb atadi[18].

Xayriya

tahrir

2015-yilda Gilbert va boshqa koʻplab yozuvchilar, jumladan, Sheril Strayed ham suriyalik qochqinlar uchun mablagʻ yigʻishda ishtirok etib, 31 soat ichida 1 million dollardan ortiq mablagʻ yigʻishdi[19]. 2016-yilda Gilbert qisman Eat, Pray, Love tomonidan ilhomlanilgan BlinkNow Foundation tashkilotiga pul yigʻish maqsadida Bonni Taylerning "Total Eclipse of the Heart " qoʻshigʻining karaoke versiyasini kuylayotgan videosini ulashdi[20].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Gilbert „Coyote Ugly Saloon“ da ishlayotganida tanishgan Maykl Kuper bilan 1994-yildan 2002-yilgacha turmush qurdi[5][21]. Ularning nikohi Gilbertning Kuperni tashlab ketishi bilan tugadi[22].

2007-yilda Gilbert Xose Nunesga turmushga chiqdi, u Balida sayohat paytida tanishgan, bu haqida u "Eat, Pray, Love" kitobida ham tasvirlangan. Ular Nyu-Jersi shtatining Frenchtown shahrida yashagan; birgalikda ular 2015-yilda sotgunga qadar Two Buttons nomli yirik Osiyo import doʻkonini boshqargan[23][24][25].


2019-yil 25-mart kuni Gilbert Instagram sahifasida Buyuk Britaniyada tugʻilgan fotosuratchi Simon MacArthur bilan munosabatda ekanligini eʼlon qildi[26]. 2020-yil fevral oyida bergan intervyusida u ular endi birga emasligini aytib, munosabatlarni juda „qisqa umr“ deb atadi[27].


Asarlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Official Website for Best Selling Author Elizabeth Gilbert“ (en-US). Official Website for Best Selling Author Elizabeth Gilbert. Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  2. Eat Pray Love, qaraldi: July 10, 2020
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „Elizabeth Gilbert, Zacharis Award“. 2008-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Almond, Steve. „Eat, Pray, Love, Get Rich, Write a Novel No One Expects“. The New York Times Magazine (2013-yil 18-sentyabr). 2020-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyul.
  5. 5,0 5,1 „The Muse of the Coyote Ugly Saloon“. GQ (1997-yil mart). 2013-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.„The Muse of the Coyote Ugly Saloon“ (Wayback Machine saytida 2013-01-16 sanasida arxivlangan). GQ. March 1997. Retrieved July 7, 2016.
  6. „The Last American Man“. GQ (1998-yil fevral). 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-fevral.
  7. Eat, Pray, Love (review)“. 2011-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-oktyabr.
  8. Sanders, Joshunda & Barnes-Brown, Diana (May 14, 2010). „Eat, Pray, Spend“. Bitch. January 2, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 8, 2019.
  9. Levitt. „The Elizabeth Gilbert problem“ (2013-yil 18-oktyabr).
  10. Paperback Nonfiction New York Times, October 3, 2008.
  11. Elizabeth Gilbert IMDbda
  12. „The 2008 Time 100: Artists & Entertainers: Elizabeth Gilbert“. Time. April 30, 2009. May 5, 2008da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: February 4, 2013.
  13. „Meet the SuperSoul100: The World's Biggest Trailblazers in One Room“. O, The Oprah Magazine (2016-yil 1-avgust). Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
  14. Paskin, Willa „Elizabeth Gilbertʼs 'Big Magic'“. The New York Times. January 4, 2016
  15. Williams, Zoe Big Magic: Creative Living Beyond Fear by Elizabeth Gilbert review – lessons in life from the Eat, Pray, Love author Guardian. January 4, 2016
  16. Reese, Jennifer 'Big Magic': Elizabeth Gilbertʼs advice on how you, too, can eat, pray, love Washington Post. January 4, 2016
  17. „Elizabeth Gilbertʼs literary influences“, Infloox blog, February 23, 2010
  18. Fassler, Joe. „The 'Stubborn Gladness' of Elizabeth Gilbert's Favorite Poet“. The Atlantic (2012-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 4-fevral.
  19. Schaub, Michael Cheryl Strayed and Elizabeth Gilbert help raise $1 million for Syrian refugees Los Angeles Times. January 4, 2016
  20. La Gorce, Tammy. „An 'Eat Pray Love' Story That Built a Children's Home in Nepal“. The New York Times (2016-yil 3-iyun). Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
  21. Kaylin. „What Comes After the Eating, the Praying and the Loving?“. Oprah.com (2010-yil yanvar).
  22. Gilbert, Elizabeth. „Confessions of a Seduction Addict“. The New York Times Magazine (2015-yil 24-iyun). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  23. „Official Website for Best Selling Author Elizabeth Gilbert“. ElizabethGilbert.com.
  24. Patchett. „Eat, Pray, Love, Then Commit“. The Wall Street Journal (2010-yil 2-yanvar).
  25. Donahue. „Elizabeth Gilbert talks about life after 'Eat, Pray, Love'“. USA Today (2010-yil 5-yanvar).
  26. Goldstein, Joelle. „Eat, Pray, Love Author Finds Love Again After Girlfriend's Death with Late Partner's Close Friend“. Peoplemag. Meredith Corporation. Qaraldi: 2019-yil 26-mart.
  27. Tyman, Jacinta. „Eat, Pray, Love author on evolution of her 'most important' relationship“. The Sydney Morning Herald (2020-yil 8-fevral). Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.