Elizabeth Gale Putnam (talaffuzi: Elizabet Geyl Putnam; 1984-yil 28-noyabrda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Sean Wirtz bilan birga 2006-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatining bronza medali sovrindori va Kanada milliy chemponatining ikki karra (2003—04) bronza medali sohibi boʻlgan.

Elizabeth Putnam

Elizabeth Putnam / Sean Wirtz juftligi 2004-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Elizabeth Gale Putnam
Davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Tavalludi 28-noyabr 1984-yil (1984-11-28) (39 yosh)
Toronto, Ontario
Oldingi sheriklari Sean Wirtz
Mark Batka
Jamoasi Kerrisdale FSC
Uchishni boshlagan 1989
Yakunlagan 2007
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 56.04
Erkin dastur 107.22

Shaxsiy hayoti tahrir

Elizabeth Gale Putnam 1984-yil 28-noyabrda Kanadaning Ontario shtati, Toronto shahrida tug‘ilgan. Uning otasi 2006-yil oktyabr oyida vafot etgan.

Faoliyati tahrir

Putnam konkida uchishni 1989-yilda boshlagan

Wirtz bilan tahrir

Elizabeth Putnam 2002-yil iyul oyida Toronto Cricket va Curling Club klubida oʻtkazilgan juftlikda konkida uchish sinovlaridan soʻng Sean Wirtz bilan juftlik hosil qilgan. Bu juftlik 2003-yilgi Kanada chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan va 2003-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Toʻrt qitʼada chempionatida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan[1].

Putnam / Wirtz juftligi 2003 −2004-yilgi mavsumda Gran-pri musobaqalarida debyut qilgan va musobaqaning ikkita bosqichida qatnashish uchun qoʻllanma olgan. 2003 Skate America bosqichida oltinchi va 2003 Skate Canada International bosiqchida beshinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, juftlik muntazam xalqaro musobaqada yaxshi natijalarga erishgan, jumladan 2003 Bofrost Cup on Ice turnirida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ikkinchi mavsumda uqatnashgan juftlik, Kanada chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan va Toʻrt qitʼa chempionatida 9-oʻrindan joy olgan[2].

Putnam / Wirtz juftligi 2004—2005-yilgi Gran-pri seriyasida—2004 Skate America bosqichida beshinchi va 2004-yilgi Rossiya kubogi bosqichida sakkizinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 2005-yilgi Kanada chempionati va 2005-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatida ishtirok etib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan[3].

Dasturlari tahrir

(Wirts bilan)

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2006—2007

2005—2006

2004—2005

2003—2004

2002—2003

  • Violin Fantasie on Puccini’s Turandot
  • Nessun Dorma

    Turandot

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri

Wirtz bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 2002—03 2003—04 2004—05 2005—06 2006—07
Toʻrt qitʼa 9 9 4 3
GP Bompard 4
GP Rossiya 5
GP Skate America 6 5 4
GP Skate Canada 5 4
Bofrost Cup 3
Milliy
Kanada chempionati 3 3 4 5 6
WD = musobaqani tark etgan

Manbalar tahrir

  1. „Putnam and Wirtz announce end of partnership“. Skate Canada (2007-yil 28-avgust). 2010-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  2. Smith, Beverley. „Putnam and Wirtz end partnership“. The Globe and Mail (2007-yil 29-avgust).
  3. Elfman, Lois. „Putnam navigates seas of a new partnership“. IceNetwork.com (2012-yil 26-iyul). 2017-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.