Ellen Geer
Ellen Ware Geer[manba kerak] – amerikalik aktrisa, professor va teatr rejissori.
Ellen Geer | |
---|---|
Tavalludi |
Ellen Ware Geer 29-avgust 1941 |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa, professor, rejissor |
Faoliyat yillari | 1968—hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Ed Flanders (turm. 1963; ajr. 1968) Peter Alsop (m. 1975)[1] |
Bolalari | 3 nafar |
Otasi | Will Geer |
Onasi | Herta Ware |
Shaxsiy hayoti
tahrirGeer New York shahrida aktyorlar Herta Ware va The Waltons filmida Zebulon „Zeb“ Walton bobo rolini oʻynagan Will Geerning qizi sifatida tugʻilgan[2]. Aktrisa hozirda bolalar musiqachisi Peter Alsop bilan hayot kechirmoqda. Uning birinchi turmushi Ed Flanders bilan boʻlgan. Geerning hozirgi eridan Megan va Willow ismli ikki nafar qiz farzandi bor. Flanderdan esa Ian Geer Flanders ismli bir nafar oʻgli bor[manba kerak].
Faoliyati
tahrir1963-yilda Geer Minneapolisdagi Tyrone Guthrie teatrining ochilish mavsumlarida Minnesota teatr kompaniyasiga qoʻshildi[3].U yerda boshqa rollar qatorida Guthrie va Bernard Shawning qoʻshma mahsuloti Saint Joan spektaklida bosh rolni oʻynadi. 1971-yilda Geer Kotch nomlida filmda bosh qahramonning vafot etgan xotini rolini oʻynadi va film davomida fleshbeklarda paydo boʻldi. Oʻsha yili u The Jimmy Stewart Showning doimiy ishtirokchisi boʻldi va mashhur Harold and Maude komediyasida yordamchi rolni ijro etdi[4].
1974-yilda ssenariysini oʻzi yozgan ikkita film Silence va Memory of Usda rol oʻynadi. Ushbu ikkala filmda ham otasi tasvirlangan. Geerning 1970-yillardagi faoliyatining qolgan qismi asosan ikkilamchi chiqishlar va televideniye uchun tayyorlangan filmlardan iborat edi. Bu vaqt ichida u Police Story, The Streets of San Francisco, Baretta, Barnaby Jones, Charlie's Angels, CHiPs kabi teleseriallar hamda Fantasy Islandning ikkita epizodida koʻrinish berdi[5].
Filmografiyasi
tahrirFilmlarda
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
1968 | Petulia | rohiba | |
1969 | The Reivers | Sally | |
1971 | Kotch | Vera Kotcher | |
1971 | Harold and Maude | Sunshine Doré | |
1974 | Silence | Barbara | |
1974 | The Memory of Us | Betty | |
1979 | Over the Edge | Sandra Willat | |
1980 | On the Nickel | Louise | |
1981 | Bloody Birthday | Madge | |
1983 | Heart Like a Wheel | Marianne Kalitta | |
1983 | Something Wicked This Way Comes | xonim Halloway | |
1985 | Creator | xonim Spencer | |
1986 | Hard Traveling | Norah Sloan | |
1987 | The Wild Pair | Fern Willis | |
1987 | Big Shots | Bar Waitress | |
1989 | Satan's Princess | Mary Kulik | |
1991 | Lonely Hearts | Martha | |
1992 | Patriot Games | Rose | |
1993 | Midnight Witness | Valerie | |
1994 | Clear and Present Danger | Rose | |
1996 | Phenomenon | Bonnie | |
1998 | The Odd Couple II | Frances Unger Melnick | |
2005 | Me and You and Everyone We Know | Ellen | |
2006 | The Visitation | xonim Macon | |
2006 | The Gold Bracelet | xonim Hanson | |
2007 | Man in the Chair | xonim Erskine | |
2012 | The Misadventures of the Dunderheads | Vernice | |
2014 | House at the End of the Drive | Eunice Sequoia | |
2018 | Unlovable | Nana |
Manbalar
tahrir- ↑ Donkin, Annemarie „Peter Alsop's Kid Koncerts and Reunion“. M'Online. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
- ↑ Breslauer, Jan.
- ↑ Morris, Steven Leigh.
- ↑ Phillips, Michael.
- ↑ "Sentinel TV Log: Evening: 10:00: Baretta."