Ellen Peeterovna Niit (qizlik familiyasi Hiob, 13-iyul 1928-yil, Tallin — 30-may 2016-yil, Tallin) — estoniyalik yozuvchi va tarjimon. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan yozuvchi (1977).

Ellen Niit
Tavalludi 13-iyun 1928-yil
Vafoti 30-may 2016-yil(2016-05-30)
(87 yoshda)
Tallin, Estoniya
Ijod qilgan tillari 1954—2016
Fuqaroligi Estoniya bayrogʻi Estoniya
Taʼlimi Tartu universiteti

Biografiyasi

tahrir
 
Sándor Petőfi muzeyidagi yozuvchining byusti.

Ellen Niit 1928-yil 13-iyulda Tallinda ishchi oilasida tugʻilgan[1]. 1952-yilda Tartu universitetining eston tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan, Estoniya bolalar adabiyoti fakultetida aspiranturada tahsil olgan (19521956). 1956-yildan 1961-yilgacha Tallindagi Yozuvchilar uyushmasida sheʼriyat boʻyicha maslahatchi, 1961-yildan 1963-yilgacha Estoniya televideniyesida muharrir boʻlgan. Juhan Smuuli nomidagi Estoniya SSR adabiyot mukofoti (1971, 1978) va madaniyat boʻyicha Estoniya milliy mukofoti (2009) laureati. Filologiya fanlari nomzodi (1985)[2]. Sándor Petőfining 120 dan ortiq sheʼrlarini tarjima qilgan[3].

Ellen Niit 1954-yildan bolalar adabiyotida ijod qila boshlgan. Shu yili birinchi sheʼriy hikoyasi „Kuidas leiti nääripuu“, 1957-yilda „Rongisõit“ kitobi chiqadi[1]. 1979-yilda „Krõlliraamat“ sheʼriy toʻplami nashr etiladi. Bolalarga oid birinchi nasriy asari 1963-yilda chiqqan „Pille-Riini lood“ kitobidir. 1970-yilda „Triinu ja Taavi jutud“ kitobi, 1977-yildan uning davomi boʻlgan „Triinu ja Taavi uued ja vanad lood“ kitobi nashr etiladi. 1990-yilda oʻz ijodiy faoliyatini sheʼriyatda davom ettirradi[1]. 1993-yilda „Kuidas Krõll tahtis põrandat pesta“, keyingi yili „Krõlli värviraamat“ va „Krõll ja igasugused hääled“, 1999-yilda „Krõlli pannkoogitegu“ kitoblari nashr etilgan.

Oilasi

tahrir

Birinchi turmushi (1949—1958) adabiyotshunos Heldur Niit bilan boʻlgan, ularning oʻgʻli Toomas Niit (1953—2020). 1958-yildan yozuvchi Jaan Kross bilan turmush qurgan (1920—2007)[1]. Bu oilaning Maarja Undusk (1959-yilda tugʻilgan) ismli qizi va ikki oʻgʻli Eerik-Niiles Kross (1967-yilda tugʻilgan) va Märten Kross (1970-yilda tugʻilgan) boʻlgan. Tartu shahrida Kastani koʻchasi, 86-uyda[4], va Tallin shahri Harju koʻchasi, 1-uyda yashagan[5]. Tallindagi Rahumäe qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir