Elmira Magomatovna Oʻrazbayeva (1935 — yil 10-may, Toshkent) — sovet estrada xonandasi (metso-soprano).

Elmira Oʻrazbayeva
Umumiy maʼlumot
Fuqaroligi  SSSR
 USA
Kasbi Qoʻshiqchi
Janr Estrada, filmlarga soundtrek
Faoliyat yillari 1958 — hozirgi vaqtgacha

BiografiyasiTahrirlash

Elmira Oʻrazbayeva 1935-yil 10-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati qozoq. 1961-yilda Moskva davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan, u talabalik davrida bir nechta chet tillarini mukammal oʻzlashtirgan, ammo oʻz mutaxassisligi boʻyicha faoliyatini davom ettirmagan. Dastlab, Botir Zokirov tomonidan A. Dvoskin orkestri negizida yaratilgan Oʻzbekiston SSR Davlat estrada orkestrida, soʻng Oleg Lundstrem orkestrida chiqish qilgan. 1961-yili Elmira Oʻrazbayeva Mixail Nojkin bilan birgalikda SSSR Markaziy televideniesida „Goluboy ogonyok“ teledasturiga debyut boshlovchi sifatida taklif etiladi, bu teledastur oʻz navbatida koʻplab muhlislarning eʼtiborini qozongan. Elmira koʻpqirrali isteʼdod egasi boʻlib, sheʼrlar ham yozib turgan va ularni toʻplam sifatida Toshkentda nashr ettirgan.

Mashhur bastakor Aleksandr Flyarkovskiy uning ikki sheʼriga kuy bastalagan: „Shli na front devchonki“/"Qizlar frontga ketishdi" va „Ya ishu cheloveka“ / „Men inson izlayapman“. U 60-yillar oxirida Oʻzbekistonga qaytib, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida ishladi. 90-yillarning boshlarida, oilasi bilan AQShning Los-Anjelesida yashaydigan farzandlari oldiga koʻchib oʻtgan.

RepertuarlariTahrirlash

  • „Xayrli kech aziz doʻstim“ („Dobriy vecher, miliy drug moy“);
  • „Faqat meni oʻylang“ („Dumay tolko obo mne“)(musiqi muallifi Keiyti Avano, sheʼr muallifi M. Yamagami, ruscha matn A. Nesterov);
  • „Telefon nimani anglatadi“ („Kak mnogo znachit telefon“);
  • „Namangan olmalari“ /"Namanganskie yabloki";
  • „Kamtar bola“ („Skromniy parenyok“)

Shuningdek, u bir nechta filmlar uchun (sahna ortida) qoʻshiqlarni ijro etdi, jumladan: "Doʻppidagi farishta " filmidagi „Sen hali ham meniki boʻlarding“ (Musiqasi Aleksandr Zatsepin — Leonid Derbenev soʻzi) va „Xoʻsh, boʻlsin“ „Sevadi yoki sevmaydi“ filmidan (musiqa Aleksandr Zatsepin, soʻzi Garold Registon).

Tanlangan diskografiyaTahrirlash

„Elmira Oʻrazbayeva kuylaydi“ (1970)

OilasiTahrirlash

Oilali, bir qizi bor. Akasi — kinorejissor Eldor Oʻrazboev.

HavolalarTahrirlash