Botir Zokirov (1936-yil 26-aprel, Moskva – 1985-yil 23-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom. Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1965), "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sohibi (2000)[1].

Botir Zokirov
Tavalludi
Botir Karim oʻgʻli Zokirov

26-aprel 1936-yil
Vafoti 23-yanvar 1985-yil(1985-01-23)
(48 yoshda)
Toshkent, SSSR Oʻzbekiston
Kasbi Xonanda, tarjimon, rassom, aktyor
Mukofotlari

Taʼlimi

tahrir

Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti (19521957), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining rejissyorlik fakulteti (19581962)da taʼlim olgan[2][3].

Ijodiy faoliyati

tahrir

„Yoshlik“ ansambli (1957), Oʻzbek davlat estrada orkestri (19581970) yak-kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (19721978). 1978-yildan „Oʻzbekkonsert“ning yakkaxon xonandasi. Botir Zokirov oʻta taʼsirchan tembrli, shirador ovozga ega. Ijro etgan qoʻshiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga koʻtara olgan. Repertuaridagi qator qoʻshiqlar kompozitorlar tomonidan Botir Zokirov hamkorligida, uning ovoziga moʻljallab yaratilgan. Ijodida oʻzbek kompozitorlarining romans va qoʻshiqlari muhim oʻrin tutadi: Mutal Burhonov – „Maftun boʻldim“, „Namedonam, chi nom dorad“; I. Akbarov – „Yor kel“, „Raʼno“, „Gazli“, „Seni eslayman“; Sayfi Jalil – „Majnun monologi“, „Kechalar yulduz sanab“; Enmark SolihovUmid“ va boshqa Shuningdek, estrada uslubida kayta ishlangan hind („Nechun xayolga choʻmding?“, „Dil orzusi“, „Meychale“), eron („Maro bebus“, „Ayriliq qoʻshigʻi“), misr („Arabcha tango“, „Uyqum oʻgʻrisi“), suriya („Oʻtmishimga yigʻlayman“), livan („Goʻzal qiz“), meksikan („Alvido muhabbat“), italyan („Yashasin muhabbat“) qoʻshikdarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini oʻz tilida) ijro etgan. B. Z.ning rassom sifatida yaratgan „Avtoportret“, „Saraton“, „Gumbazlar“, „Bolalik koʻchasi“, „Chor minor“ kabi asarlari maʼlum. Bir qancha hikoya, ocherk va sheʼrlar, shuningdek, „Soʻgʻd elining qoploni“ operasi (Ik. Akbarov)ning librettosini yozgan. „Kichik shahzoda“ (A. de Sent-Ekzyuperi), „Soya“ (Ye. Shvars) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Xotirasi

tahrir

Toshkent koʻchalaridan biriga Botir Zokirov nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi sanʼat bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar sanʼat markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994-yil nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi „Oʻzbeknavo“ qoshida). Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 1995-yil „Botir Zokirov jamgʻarmasi“ tashkil etidi. 1989-yildan uning nomida zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovi oʻtkaziladi. Toshkentda Botir Zokirov byusti oʻrnatilgan.

Filmografiyasi

tahrir

Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis („Gullar ochilganda“), Rabindranat Tagor („Olovli yoʻllar“), Abdullo („Dahoning yoshligi“) kabi obrazlar yaratgan. „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bagʻishlangan „Menga qoʻshiq chizib ber“ va „Aytilmay qolgan qushiq“ hujjatli filmlarni, oʻgʻli Bahodir Zokirov „Oʻsha, oʻtgan kunlar“ filmini suratga olgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir