Raʼno (qoʻshiq)
„Raʼno“ – mashhur qoʻshiqchi Botir Zokirov tomonidan kuylangan qoʻshiq. Qoʻshiq 1964-yili suratga olingan „Qoʻshiq suratini chiz“ nomli musiqaviy filmda ilk bor yangragan. Botir Zokirov ushbu qoʻshiq kuylanayotgan jarayonda surat chizgan. Qoʻshiq klipi bir filmdan olingan kadr boʻlsa-da, „Kliplarning otasi“ sifatida eʼtirof etiladi. Klip borasida Botir Zokirovning ukasi Farrux Zokirov oʻz intervyusi orqali quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan[1].
„Raʼno“ “ | |
---|---|
Botir Zokirov qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 1964-yil |
Davomiyligi | 2:27 |
Matn muallif(lar)i | Turob Toʻla tomonidan yozilgan Ikrom Akbarov musiqasi. |
Botir akam umrlarining oxirigacha „men qoʻshiqchimanmi yoki rassommanmi“ degan dilemma bilan yashaganlar. Juda yaxshi rassom boʻlishlari mumkin edi. Baribir taqdirida qoʻshiqchilik bor ekan. Oʻsha musiqaviy filmga „Narisuy mne pesnyu“ deb nom berilishi bejiz emasda.
1966-yil Raʼno qoʻshigʻi Parijdagi mashhur Olimpiya zalida ham ijro etilgan[2].
Barnolar ichra barno – Ra‘no,
Gulmisan, gulyormisan,
Gulmisan, gulyormisan?
Oshiqqa dildormisan?
Hamma gullardan a‘lo – Ra‘no,
Hamma gullardan a‘lo – Ra‘no, Ra‘no.
Ne, ne yigitlar shaydo – Ra‘no,
Bir kulib kalovlatding,
Qalbimni olovlatding, Ra‘no.
Xumor ko‘zlari shahlo – Ra‘no,
Xumor ko‘zlari shahlo – Ra‘no, Ra‘no.
Hayoti to‘la ma‘no – Ra‘no,
Sinmasin yoshlik o‘ti,
Sinmasin yoshlik o‘ti,
Ko‘chamdan turgin o‘tib,
Baxtingdan baxtim paydo, Ra‘no,
Baxtingdan baxtim paydo, Ra‘no, Ra‘no.
Barnolar ichra barno – Ra‘no,
Gulmisan, gulyormisan?
Oshiqqa dildormisan, Ra‘no?
Hamma gullardan a‘lo – Ra‘no,
Hamma gullardan a‘lo – Ra‘no, Ra‘no.
Manbalar
tahrir- ↑ „BOTIR ZOKIROV IJODINING O’ZBEK MILLIY MADANIYATIDA TUTGAN O’RNI“. 2021.07.10da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ „Yoshligimiz qo’shiqlari. Botir Zokirov. Ra’no | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.