Elmurat Zulypkarovich Tasmuradov[1](1991-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — kelib chiqishi qozoq boʻlgan oʻzbek yunon-rum kurashchisi. Besh karra Osiyo chempioni, uch karra jahon chempioni va 2016-yili Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori.

Elmurat Zulypkarovich Tasmuradov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi qozoqcha: Елмұрат Зұлыпқарұлы Тасмұратов
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 12-dekabr 1991-yil (1991-12-12) (32 yosh)
Boʻstonliq tumani,Toshkent viloyati Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 2004 — 2021
Boʻyi 166 sm
Vazni 63 kg
Sport
Qaysi sport kurash
Klubi Dinamo Tashkent
Murabbiy(lar)i Olimjon Qurbanov, Qudratov Rustam
Medallar
Mehnat shuhrati ordeni
Sport mukofotlari
Olimpia oʻyinlari
Bronza Rio-de-Janeyro 2016 59 kg gacha
Jahon chempionati
Bronza Budapesht 2013 60 kg gacha
Bronza Toshkent 2014 59 kg gacha
Kumush Budapesht 2018 63 kg gacha
Osiyo chempionati
Kumush Kumi 2012 55 kg gacha
Oltin Deli 2013 60 kg gacha
Oltin Astana 2014 59 kg gacha
Oltin Doxa 2015 59 kg gacha
Oltin Bishkek 2018 63 kg gacha
Kumush Sian 2019 63 kg gacha
Oltin Nyu-Deli 20120 63 kg gacha

Tarjimai hol tahrir

Elmurat Tasmuradov 1991-yilda 12-dekabrda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani, Qiziltu qishlogʻida tugʻilgan. Boʻlajak sportchini 2004-yil ota-onasi tarixiy vatani Qozogʻistonga yuborishadi va u yerda Bekzat Sattarxonov nomidagi maktab-internatida 4 yil ta’lim oladi. Shundan keyin Qozogʻiston terma jamoasining nomzodlaridan biriga aylandi. Ammo u 2008-yili Daulet Turlixonov nomidagi turnir bahsida magʻlub boʻlgach, bu imkoniyatni qoʻldan boy beradi. Elmurat Tasmuradov 2012-yilda Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi va Londondagi Olimpiada oʻyinlarida esa 16-oʻrinni egalladi. U 2013-yilda Osiyo chempioni boʻlib, jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritadi, kurashchi 2014-yilda ushbu natijani qayd etib, Yarim finalgacha borib, finalga chiqa olmadi. Biroq 3-oʻrin uchun kurashda qoʻli baland keldi va 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻldi.

2018-yilda Elmurat yunon-rim kurashi boʻyicha toʻrtinchi bor Osiyo chempioni unvonini qoʻlga kiritdi[2]. 2019-yilda u Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. 2020-yilning fevral oyida kurashchi Nyu-Dehlida Osiyo chempioni boʻldi. 2021-yil Tasmuradov dekabr oyida u sport faoliyatini nihoyalanganligini e’lon qildi[3].

Manbalar tahrir

  1. В некоторых источниках его фамилия передаётся по-русски как Ташмурадов
  2. „Борьба: Эльмурат Тасмурадов — четырехкратный чемпион Азии“. Газета.uz (2018-yil 3-mart). Qaraldi: 2018-yil 3-mart.
  3. Эльмурат Тасмурадов завершил спортивную карьеру в рамках ЧУ