Elmurod Salamovich Tulakov (1954-yil, Xatirchi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Elmurod Tulakov
Tavalludi 1954-yil
Xatirchi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Taʼlimi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Elmurod Tulakov 1954-yilda Xatirchi tumanida tugʻilgan. 1977-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining „Sanoat va fuqaro qurilishi“ fakultetini tugatgan. 1987-yilda Moskva muhandislik-qurilish institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 2005-yilda Moskva davlat qurilish universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1977-yildan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qoshidagi loyihalash va tajriba ustaxonasida muhandis, katta muhandis, bosh mutaxassis, loyihalash boʻlimi boshligʻi, bosh muhandis va ustaxona boshligʻi lavozimida ishlagan. Hozirda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti „Bino va inshootlarni doyihalash“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

6 ta oʻquv qoʻllanma, 6 ta monografiya, 176 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar, jumladan, „Binolarning energiya samaradorlik injeneringi“, M.Mahmudov bilan hammualliflikda „Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi. Qurilish fizikasi“, „Stroitelstvo na prosadochnix lessovix gruntax“, „Fundamenti vodonapornix bashen v uvlajnyaemix lessovix gruntax Sredney Azii“, „ Oʻta choʻkuvchan namlangan gruntlarda qurilayotgan suv minoralarining doirasimon poydevorlarini deformatsiyasini hisoblash“, „Bino va inshootlar-ning yer osti qismini gidroizolyatsiya qilish“, „Oʻta choʻkuvchan gruntlarda namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan kam qavatli turar-joy binolarining yer ostki qismini loyhalashni takomillashtirish“, „Raschet deformatsii kolsevix fundamentov vodonapornix bashen v uvlajnyaemix lessovix gruntax Sredney Azii“ nomli darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiyalar muallifidir[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE