Eltabar
Eltabar — Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvonlardan biri.
E. unvoni tegindan keyin turadigan 3 darajali rutba boʻlgan. Gʻarbiy Turk xoqoni Tun yabgʻu (618—630) Shi (Choch)ning shimolidagi Syantsyuan (Mingbuloq) mavzesiga oʻz qarorgohini qurgan va gʻarbiy oʻlkalarning mahalliy hukmdorlariga silifa (E.) unvonini bergan.
Shim. Hindiston va Afgʻonistonda hukm surgan turkiy sulolalar tomonidan zarb qilingan baqtriy, pahlaviy va brahmiy yozuvli (qorishiq) tangalarda ham E. unvoni uchraydi. Panjakentdagi Mugʻ togʻidan topilgan 8-asrning ilk choragiga taalluqli sugʻdiy hujjatlar — Devashtich arxivi hujjatlarida ham E. unvoni qayd etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |