Elyor Rasulovich Nosirov (1953.22.9, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1974). 1974— 87 yillar Hamza teatrida, 1987-yildan Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida aktyor. Shufterle (Shiller, "Qaroqchilar") sahnadagi ilk obrazi. Nodir (E. Vohidov, "Oltin devor"), Ilhom (U. Umarbekov, "Shoshma quyosh"), Rahmatilla (Uygʻun, "Ibn Sino"), Iskandar (Navoiy, "Iskandar"), Otello (U. Shekspir, "Otello"), Qoriishkamba (S. Ayniy, "Buxoro"), Mehmonxoʻjayev (R. Bobojon, "Togʻa-jiyanlar") va boshqa rollarni ijro etgan. N. televizion va videofilmlar, telepostanovkalarda ham rollar ijro etgan ("Qirolning dil xushi", "Vafodor", "Bahs", "Bir fojia izidan", "U Romeo emas", "Soʻnggi oʻq", "Xolisxon", "Koʻngil koʻchalari", "Neyron operatsiyasi", "Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi" va boshqalar). N. dublyaj sanʼatining yetakchi aktyorlaridan.[1][2]

Manbalar tahrir