Emanuel Aguilera
Víctor Emanuel Aguilera (talaffuzi: Viktor Emanuel Agilera) 1989-yil 11-iyunda tavallud topgan. Argentinalik futbolchi „America“ klubi himoyachisi hisoblanadi.
Emanuel Aguilera | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Ism sharifi |
Víctor Emanuel Aguilera |
Tugʻilgan | |
Fuqaroligi | |
Boʻyi |
187 cm |
Vazni |
83 kg |
Pozitsiyasi | |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | |
Raqam |
19 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirVíctor Emanuel Aguilera faoliyatini „Deportivo Gualmalien“ klubida boshlagan. Shundan soʻng, 2010-yilda Víctor Emanuel Aguilera „Godoy Cruz“ jamoasiga oʻtdi, ammo bazadan joy qoʻlga kirita olmadi va shu sababli, 2012-yilning yozida ijara asosida „Defensa y Justicia“ klubiga oʻtdi. 11-avgust kuni „Nueva Chicago“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[4]. 2013-yil 12-avgustda „Atletiko Braun“ga qarshi bahsda Víctor Emanuel Aguilera „Defensa y Justicia“ jamoasi uchun birinchi golini urdi[5]. Ijara muddati tugagandan soʻng, u qisqa vaqt ichida „Godoy Cruz“ klubida toʻp surdi.
Shu bilan bir qatorda, 2014-yilning yozida Víctor Emanuel Aguilera „Independiente“ klubiga koʻchib oʻtdi. 11-noyabr kuni Sarandining „Arsenal“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[6]. 7-iyun kuni „Rosario Central“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Víctor Emanuel Aguilera „Independiente“ uchun birinchi golini urdi[7].
Shuningdek, 2016-yilning yozida Víctor Emanuel Aguilera Meksikaning „Tijuana“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 16-iyul kuni „Monarcas Morelia“ klubiga qarshi oʻyinda u Meksika Primer ligasida debyut qildi[8]. Maʼlumotlarga koʻra, toʻlov 2 million AQSh dollari atrofida boʻlgan. 2017-yil 13-dekabrda Aguilera „Tijuana“ klubining sobiq menejeri Migel Errera bilan birga, „América“ klubiga qoʻshildi. 2018-yil boshida Víctor Emanuel Aguilera „America Capital“ jamoasiga qoʻshildi. 8-yanvar kuni „Querétaro“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[9].
Statistika
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
C. S. D. Guaymallén Argentina | 2007-08 | — | — | ||||||
2008-09 | — | — | |||||||
2009-10 | — | — | |||||||
Jami | 70 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 70 | 4 | |
C. D. Godoy Cruz Argentina | 2010-11 | 3 | 0 | — | 0 | 0 | 3 | 0 | |
2011-12 | 3 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | |
2014 | 4 | 0 | — | 0 | 0 | 4 | 0 | ||
Jami | 10 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 12 | 0 | |
C. S. D. Defensa y Justicia Argentina | 2012-13 | 17 | 0 | 1 | 0 | — | 18 | 0 | |
2013-14 | 40 | 5 | 0 | 0 | — | 40 | 5 | ||
Jami | 57 | 5 | 1 | 0 | 0 | 0 | 58 | 5 | |
C. A. Independiente Argentina | 2014 | 5 | 0 | — | — | 5 | 0 | ||
2015 | 14 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 15 | 1 | |
2016 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | 4 | 0 | ||
Jami | 22 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 24 | 1 | |
C. Tijuana Meksika | 2016-17 | 26 | 0 | 2 | 0 | — | 28 | 0 | |
2017 | 13 | 0 | 2 | 0 | — | 15 | 0 | ||
Jami | 39 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 43 | 0 | |
C. América Meksika | 2018 | 17 | 0 | — | 3 | 0 | 20 | 0 | |
2018-19 | 37 | 7 | 10 | 5 | — | 47 | 12 | ||
2019-20 | 33 | 2 | 1 | 0 | 3 | 1 | 37 | 3 | |
2020-21 | 28 | 7 | — | 1 | 0 | 29 | 7 | ||
2021 | 13 | 2 | — | 2 | 1 | 15 | 3 | ||
Jami | 128 | 18 | 11 | 5 | 9 | 2 | 148 | 25 | |
Atlas F. C. Meksika | 2022 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | ||
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Umumiy karerasida | 326 | 28 | 19 | 5 | 10 | 2 | 355 | 35 |
Manbalar
tahrir- ↑ Emanuel Aguilera // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ Emanuel Aguilera // FBref.com (mn.)
- ↑ Soccerway (mn.)
- ↑ „Дефенса и Хустисия VS. Нуэва Чикаго 4:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 11-avgust). 2013-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Атлетико Браун VS. Дефенса и Хустисия 1:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 13-avgust). 2013-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Арсенал Саранди VS. Индепендьенте 1:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 11-noyabr). 2014-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Росарио Сентраль VS. Индепендьенте 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 7-iyun). 2015-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Тихуана VS. Монаркас Морелия 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 16-iyul). 2016-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Керетаро VS. Америка Мехико 0:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 8-yanvar). 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-may.