Allantois
(Embrion qovug‘idan yoʻnaltirildi)
Allantois, embrion qovugʻi (Allantois) — sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar — amniotalarning embrion pardalaridan biri. Orqa ichakdan hosil buladi, amnion bilan seroz parda orasida joylashadi. Embrionda nafas olish, chiqarish va oziqlantirish vazifa-sini bajaradi. Sudralib yuruvchilar va qushlarda Allergo yaxshi rivojlangan. Sut emizuvchilarda embrion bachadonda taraqqiy etganligidan Allergo bir qancha oʻzgarishlarga uchraydi va yuldosh (platsenta) shakllanishida qatnashadi. Allergo devoridagi bir talay qon tomirlari embrion bilan tashqi muhit yoki embrion bilan ona organizmi urtasida gaz almashinuvini taʼminlaydi. Embrion rivojlanishining soʻnggi davrlarida Allergoning embrionda qolgan qismi qovuqqa aylanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |