Emil Kenjisariyev
Emil Rinatovich Kenzhesariyev (qirgʻizcha: Эми́ль Рина́тович Кенжисари́ев, 1987-yil 26-mart, Bishkek) – qirgʻizistonlik / qozogʻistonlik futbolchi, oxirgi marta Qozogʻiston Premyer-ligasining „Aktobe“ klubida himoyachi sifatida oʻynagan. 2010-yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogida oltita gol urib, eng yaxshi toʻpurarga aylangan. Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasining sobiq aʼzosi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 26-mart 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Bishkek, Qirgʻiziston SSR, Sovet Ittifoqi | ||
Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003–2005 | en:Abdish-Ata Kant | 46 | (21) |
2005 | FC Cesna | 10 | (6) |
2006–2007 | Astana | 58 | (8) |
2008–2011 | Aktobe | 113 | (18) |
2011–2012 | Bunyodkor | 6 | (0) |
2012–2013 | Aktobe | 25 | (3) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2004 | Qirgʻiziston | 3 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2014-yil 18-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 18-noyabr uchun) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirEmil 2003-yilda Bishkek Olimpiya jamoasi tarkibida Qirgʻiziston chempionatida debyut qilgan. „Abdish-Ata“ (Kant) klubiga oʻtib, 2004-yilda mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2005-yil yanvar oyida „Norin Dordoy-Dinamo“ tarkibida 2005-yilgi Hamdoʻstlik chempionlari kubogida ishtirok etgan. 2005-yilning 22-mayidan 4-iyuniga qadar Xoshimin shahrida (Vyetnam) futzal boʻyicha boʻlib oʻtgan VII Osiyo chempionatida Emil va Qirgʻiziston terma jamoasi yarim finalga qadar yetib borgan. 2005-yilda Bishkekdagi oʻrta maktabni tugatib, oʻsha yilning yozida Olmaotaga koʻchib oʻtgan. Qozogʻistondagi dastlabki mavsumini birinchi ligasining „Sesna“ jamoasida o'ynagan[1].
2006—2007-yillarda Qozogʻiston oliy divizionining „Astana“ klubida oʻynagan va jamoa bilan 2006-yilda Qozogʻiston chempioni boʻlgan (barcha 30 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan).
2008-yildan 2013-yilgacha „Aktobe“ jamoasida oʻynagan. Aqtoʻbe jamoasi bilan uch marta Qozogʻiston chempioni boʻlgan (2008—2009 va 2013). 2008-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston kubogi va ikkita Superkubogi (2008 va 2010) sohibi boʻlgan.
2009-yilda u Qirgʻiziston fuqaroligini Qozogʻiston fuqaroligiga oʻzgartirgan[2]. 2012-yil yanvar oyida u Rossiya Premyer-ligasining „Rostov“ klubi bilan mavsum oldi mashgʻulotlarda qatnashgan[3], ammo yakunda jamoaga mos kelmagan. 2012-yil amsvum avvalida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. Ammo bor yoʻgʻi 6 ta oʻyin oʻtkazib, yozda yana Aqtoʻbega qaytgan.
Terma jamoadagi faoliyati
tahrir2005-yilda Qirgʻiziston yoshlar terma jamoasi tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga bitta gol urgan[5].
Qirgʻiziston terma jamoasi safida 3 ta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan[6]. Intervyuda Emil Qozogʻiston terma jamoasida oʻynashni xohlashini tan olgan. Ammo Emil boshqa terma jamoada oʻynagani uchun oʻynay olmagan[7].
Futbolchiga hujum
tahrirUEFA Yevropa Ligasining saralash bosqichida gʻalaba qozongach, qisqa muddatli taʼtil olgan. Emil taʼtilni Olmaota va Qirgʻizistonda oʻtkazish niyatida edi. 2013-yilning 10-avgustidan 11-avgustiga oʻtar kechasi Kenjisariyev Olmaota shahridagi Jambil va Abilayxon koʻchalari kesishmasida hushsiz holatda topilgan[8]. 2013-yilning 11-avgustida Qozogʻistonning Olmaota shahrida Kenjesariyevga hujum qilingan va koma holatida kasalxonaga yotqizilgan[9]. Qozogʻiston matbuotida uning boshidan jarohat olgani uchun operatsiya qilingani, komada qolgani[10], ammo ahvoli yaxshilanib borayotgani aytilgan[11]. Oxir-oqibat, u sentyabr oyi oxirida kasalxonadan chiqqan[12]. Qozogʻiston chempionatining 23-turidan oʻrin olgan barcha oʻyinlarda Emilning tezroq sogʻayib ketishini tilagan bannerlar osilgan.
Murabbiylik faoliyati
tahrir2017-yil oktabr oyida Kenjisariyev Qirgʻiziston Respublikasi futbol federatsiyasining Futbol markazida murabbiylik kursini tamomlab, bolalar va oʻsmirlar jamoalarida murabbiy sifatida ishlash huquqini beruvchi „D“ murabbiylik litsenziyasi sohibi boʻlgan[13].
Yutuqlar
tahrirJamoaviy
tahrir- Qozogʻiston chempioni (4): 2006, 2008, 2009, 2013
- Qozogʻiston kubogi gʻolibi : 2008
- Qozogʻiston Superkubogi gʻolibi (2): 2008, 2010
Individual
tahrir- Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi (1): 2004
- Qozogʻiston Premer-ligasining 33 ta eng yaxshi futbolchisi roʻyxatida (1): 2011
- MDH kubogi eng yaxshi toʻpurari: 2010 (6 gol)
Manbalar
tahrir- ↑ „КЕНЖИСАРИЕВ МОЖЕТ ИГРАТЬ ЛИШЬ ЗА ОДНУ СБОРНУЮ — СБОРНУЮ КЫРГЫЗСТАНА“. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
- ↑ „Эмиль Кенжисариев: «Врагу не пожелаешь того, что произошло в Киргизии»“. 2010-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-dekabr.
- ↑ Uroven Kenjisarieva ne ustroil Balaxnina[sayt ishlamaydi]
- ↑ Kenjisariev stal futbolistom „Bunedkora“ (Wayback Machine saytida 2012-02-02 sanasida arxivlangan)
- ↑ Viktor Xoxlyuk: „Nashi futbolnie legendi. Goleadori bivshego SSSR v futbolnix bitvax zarubejya“. – Москва. – 2018. – str. 99. ISBN 978-5-604-10716-4
- ↑ Emil Kenjisariev: „Ya uje neodnokratno govoril, chto xotel bi vistupat v sbornoy Kazaxstana“
- ↑ Emil Kenjisariev: „Vot tak i poluchaetsya, chto ya igrok bez sbornoy“
- ↑ „В Алматы жестоко избили защитника «Актобе»“. 2014-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.
- ↑ „"Aktobe defender Emil Kenzhesariev is in a coma"“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
- ↑ „"Актобе" вакили Кенжисариев комада“. 2023-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
- ↑ „"Emil Kenzhisariev had a second operation"“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
- ↑ „Kenzhesariev discharged from hospital“
- ↑ „Экс-игрок «Актобе» Кенжисариев получил тренерскую лицензию категории «D»“. 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
Havolalar
tahrir- Emil Kenjisariyev National-Football-Teams.com saytida