Emil Zolya
EMIL ZOLYA— 19- asr oʻrtalari, 20- asr boshlarida yashab ijod qilgan (1840-1902).
Hayoti
tahrirMashhur fransuz adibi Emil Zolya Parijda tug‘iladi. Otasi italiyalik, onasi fransuz qizi edi.
Ijodi
tahrir„Qashshoqlar hikoyasi“ (1864) nomli novellalar to‘plami ilk ijod namunasi boʻlishiga qaramasdan, tezda tildan-tilga ko‘chadi. „Tereza Rakin“ (1867), „Madlen Fera“ (1868) romanlarida naturalizm hidi sezilib tursa-da, o‘sha davr jamiyati uchun bu odatiy bir hol edi. Adibning „Rugon-Makkarlar“ (1871-1893) epopeyasi yigirma yillik mashaqqatli va samarali mehnat hosilasidir. „Uch shahar“ (1894-1898) trilogiyasida ijtimoiy-siyosiy mavzu keng o‘rin egallagan boʻlib, butun bir davr o‘z ifodasini topgan. „Hamal“, „G‘arb“ romanlari Emil Zolya nomini jahonga mashhur qildi. Emil Zolyaning birinchi hikoyalar to‘plami „Ninon ertaklari“ (1864) deb nomlanib, sakkizta hikoyani o‘z ichiga olgan va minglab oʻquvchilarning sevimli asariga aylangan. Emil Zolyani tanitgan „Oʻliklar chaqiradi“ (1866) romanidir. Bu asar Emil Zolyaning ikkinchi romanidir. Undan ilgari „Klodning tavbasi“ nomli romani eʼlon qilingan edi. Adib ilk ijodiy izlanishlari bilanoq o‘zining qobiliyati namoyish etdi. Yozuvchining yigirmata romanni o‘z ichiga olgan „Rugon-Makkarlar“ epopeyasi faqat fransuz emas, G‘arb adabiyotining ulkan xazinasiga aylandi. Bu epopeyada Makkarlar oilasining to‘rt avlodi tarixi tasvirlanadi. Yozuvchi bu oilaning genetik asoslaridan tortib, jamiyatdagi o‘rnigacha, har bir aʼzoning o‘ziga xos fazilatlari, yashash tarzi, yurish-turishi, turmush kechirishi, xalq, burjuaziya, aristokratiya, din bilan aloqalari batafsil hikoya qiladi. Epopeyaning „Foyda“, „Pul“, „G‘arb“, „Hamal“, „Yer“, „Ijod“, „Inson-hayvon“, „Doktor Noskal“ romanlari yuksak saviyada yozilgan. Epopeyaning har bir romani alohida nashr etilgan. „Hamal“ (1885) romani o‘zining g‘oyaviy yuksakligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Romanda XIX asming 80-yillarida yuz bergan juda ko‘plab norozilik namoyishlarining sabablari va uning oqibatlariga alohida urg‘u beriladi. Zolya o‘z romanini yozishdan avval „Yozuvchi huquqi“ maqolasini eʼlon qiladi. Unda yozilishicha, yozuvchi namoyish o‘tkazgan Anzen shaxtasiga borib, ishchilar hayoti bilan tanishadi, namoyishchilar bilan suhbat qiladi. „Hamal“ romanining yozilishida bu katta manba boMib xizmat qiladi. Emil Zolyaning „Uch shahar“, „Lurd“ (1894), „Rim“ (1896), „Parij“ (1898) asarlarida dunyodagi eng mashhur shaharlar tarixi, ijtimoiy-siyosiy hayoti yoritiladi. Umrining so‘ngi yillarida „Hosildorlik“ (1899), „Mehnat“ (1901), „Haqiqat“ (1903) asoslarini yozadi. Bu asarlar Emil Zolya ijodining eng yuqori cho‘qqisi hisoblanib, adibning yuksak so‘z sanʼatkori ekanligini namoyish etadi.
Manba
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Jahon adabiyoti“ Fayzulla Boynazarov.