Émile Durkheim
(Emile Durkheimdan yoʻnaltirildi)
DYURKXEYM (Durkheim) Emil (1858.15.4, Epinal - 1917.15.11, Parij) — fransuz sotsiologi, fransuz sotsiologik maktabi asoschisi. Individualpsixologik va biologik yoʻnalishlarga qarshi chiqqan, jamiyatga individlar majmui boʻlmagan reallik deb qaragan. Ayni vaqtda jamiyatda "kollektiv ong"ning hal qiluvchi rolini alohida koʻrsatgan. Mehnat taqsimotini ijtimoiy birdamlikning asosi deb hisoblab, ijtimoiy nizolarni jamiyat illati deb talqin qilgan. Asosiy asarlari: "Ijtimoiy mehnat taqsimoti haqida" (1893), "Oʻz-oʻzini oʻldirish" (1897), "Diniy hayotning oddiy shakllari" (1912).[2]
Émile Durkheim | |
---|---|
Tavalludi | 15-aprel 1858[1] |
Vafoti | 15-noyabr 1917[1] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Yana q.
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil