Bosh menuni och

Emilio Segrè (1905.1.2, Tivoli1989) — italyan tadqiqotchi fizigi. AQSH va Italiya Milliy akademiyalari aʼzosi. Rim universitetni tugatgan (1928), 1935 yildan shu universitetda, 1938 yildan Kaliforniya universitetida (1946 yildan professor) ishlagan. 1943—46 yillarda AQSHdagi LosAlamos Milliy laboratoriyasida. Ilmiy ishlari atom spektroskopiyasi, yadro fizikasi va yadro kimyosiga oid. 1934—36 yillarda E. Fermi guruhida protonlarning sekinlashishi hodisasini oʻrgangan. Xodimlari bilan birga texnetsiy (1937), astat (1940) va plutoniy239 (1940—41)ni ochgan. O. Chemberlen va boshqa bilan hamkorlikda antiprotonni kashf etgan (1955). Nobel mukofoti laureati (1959; O. Chemberlen bilan hamkorlikda).[1][2]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari