Emma (roman)
Emma – ingliz yozuvchisi Jane Austen tomonidan yozilgan roman. Roman syujeti Highbury qishlogʻida va uning atrofidagi Hartfield, Randalls va Donwell Abbeyda sodir boʻlib, kichik bir guruh oilalar oʻrtasidagi munosabatlarni aks ettirgan[2]. Garchi sarlavha sahifasida 1816-yil koʻrsatilgan boʻlsa-da, roman birinchi marta 1815-yil dekabrda nashr etilgan. Boshqa romanlarida boʻlgani kabi, bu romanida ham Austen Angliyada yashovchi oliy tabaqali ayollarning tashvish va qiyinchiliklarini oʻrgangan. Emma – odob-axloq komediyasi janridagi asar.
Dastlabki nashrining bosh sahifasi (1816-yil) | |
Muallif(lar) | Jane Austen |
---|---|
Mamlakat | Buyuk Britaniya |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | Novel of manners |
Nashr etilgan sanasi | 1816 (bosh sahifasida 1816-yil deb yozilganiga qaramay, kitob 1815-yil 23-dekabrda nashrdan chiqarilgan)[1] |
Nashriyot | John Murray |
Sahifalar soni | 1,036 |
Avvalgisi | Mansfield Park |
Keyingisi | Northanger Abbey |
Romanni boshlashdan oldin, Austen shunday deb yozgan edi: Men shunday bir qahramon yaratmoqchiman-ki, u oʻzimdan boshqa hech kimga yoqmaydi[3]. Yozuvchi qahramonni „Emma Woodhouse, chiroyli, aqlli va boy. U shinam uyida gʻam-tashvishsiz, baxtiyor yigirma bir yil yashagan“ deya tasvirlagan[4]. Emma oʻjar, qaysar va quvnoq qiz; u oʻzining sovchilik qobiliyatini haddan tashqari yuqori baholaydi; u boshqalarning hayotiga aralashishni odatiy hol sifatida qabul qiladi, hech qanday xavf-xatar koʻrmaydi; va uning tasavvuri va idroki koʻpincha uni yoʻldan ozdiradi.
Emma, Austenning Chawtonga koʻchib oʻtganidan keyin yozilgan, uning hayoti davomida nashr etilgan soʻnggi romani edi. Persuasion esa Austen yozgan soʻnggi toʻliq romani boʻlib, vafotidan keyin nashr etilgan[5].
Roman asosida bir qator filmlar, teledasturlar va sahna asarlar yaratilgan.
Asar syujeti
tahrirEmma Woodhousening doʻsti va sobiq murabbiyasi Miss Taylor janob Weston bilan turmush quradi. Emma ularni tanishtirganidan soʻng, oʻzini ularning turmush qurishiga sababchi hisoblab, sovchilik qilish unga yoqishini anglab yetadi. Hartfieldga qaytib kelgach, Emma doʻsti janob Knightleyning maslahatiga quloq solmay, oʻzining yangi qiziqishini davom ettiradi, bu paytda esa janob Knightleyning akasi Emmaning katta opasi Isabella bilan turmush quradi. Emma oʻzining yangi doʻsti Harriet Smithni mahalliy ruhoniy janob Elton bilan tanishtirishga qattiq harakat qiladi. Emma Harrietni yosh fermer Robert Martinning turmush qurish taklifini rad etishga koʻndiradi, garchi Harriet uni yoqtirsa ham. Mahalliy ruhoniy janob Elton Emma uni sevib qolganiga ishonadi va unga turmush qurishni taklif qiladi. Emma uni Harrietga nisbatan tuyg'ulari bor deb o'ylashini aytganda, janob Elton qattiq gʻazablanadi, chunki u Harrietni ijtimoiy jihatdan past koʻrardi. Emma uni rad etgandan soʻng, janob Elton Bathga boradi va janob Knightley kutganidek, viqorli, yangi badavlat rafiqasi bilan qaytib keladi. Bu ishdan Harrietning yuragi eziladi. Emma esa uni Robert Martinning taklifini rad etishga koʻndirgani uchun uyaladi.
Janob Westonning oʻgʻli Frank Churchill ikki haftalik tashrif bilan xolasining oldiga keladi. Frank boy xolasi tomonidan farzandlikka olingan boʻlib, oldinlari oldiga kelishga koʻp ham imkoni boʻlmasdi. Janob Knightley Emmaga Frank aqlli va jozibali boʻlsa-da, yengil-yelpi xarakterga ega ekanligini aytadi. Moliyaviy ahvoli tufayli murabbiyalik lavozimini boshlashdan oldin, Jane Fairfax ham bir necha oyga xolasi Miss Bates va buvisi Mrs. Batesni koʻrgani tashrif buyuradi. U Emma bilan tengdosh boʻlib, u otasining doʻsti polkovnik Campbelldan taʼlim olgandi. Emma Janedan borgan sari uzoqlashib bordi, chunki u Janega xasad qilardi, hamma, hatto-ki, Weston xonim va Janob Knightley ham Janeni yaxshi koʻrib, uni maqtashardi. Elton xonim Janeni oʻz himoyasiga oldi va uni murabbiya lavozimiga joylashtirish uchun harakat qiladi.
Emma Jane va polkovnik Campbellning yangi kuyovi janob Dikson bir-birlarini yoqtirishadi degan gumon bilan kutilganidan vaqtdan oldin keladi. U buni oʻtgan yili Weymouthda Jane va Campbelllar bilan tanishgan Frankka aytadi; u Emmaning gapiga qoʻshiladi. Jane uchun nomaʼlum inson tomonidan pianino kelganda, bu shubhalar yanada kuchayadi. Emma oʻzini Frankni sevib qolganini lekin bu hislar uzoq davom etmasligini his qiladi. Eltonlar Harrietga nisbatan yomon munosabatda boʻlishadi. Bu holat, hatto-ki, janob Eltonning balda Harrietni hammaning oldida mensimasligigacha yetib boradi. Odatda raqsga tushishdan oʻzini tiyib yuradigan janob Knightley oliyjanoblik bilan Harrietga raqsga tushishni taklif qiladi. Ballning ertasi kuni, mahalliy loʻlilar bilan toʻqnashuvdan hushidan ketgan Harrietni Frank Hartfieldga olib keladi. Emma Harrietning Frankga boʻlgan minnatdorchiligini uni sevib qolgan deb notoʻgʻri tushunadi. Bu orada, Weston xonim janob Knightleyni Janeda koʻngli bor deb oʻylaydi, lekin Emma bu fikrni rad etadi. Janob Knightley Jane va Frank oʻrtasida aloqa borligini sezganini aytganda, Emma bu fikrga qoʻshilmaydi, chunki Frank Janening oʻrniga unga xushomad qilayotganda oʻxshardi. Frank Donwelldagi yigʻinga kech keladi, Jane esa erta ketadi. Ertasi kuni mahalliy manzarali joy boʻlgan Box Hillda Frank va Emma bir-biriga hazil-huzul qilayotganlarida, Emma oʻylamasdan Beytes xonimga nisbatan haqoratli gap aytib yuboradi.
Janob Knightley Emmaning Beytes xonimga qilgan qoʻpollogini uchun dashnom beradi. Ertasi kuni Emma oʻzining yomon xulq-atvori uchun uzr soʻrash maqsadida Beytes xonimning oldiga boradi va uning bu ishi Janob Knightleyni hayron qoldirmasdan qolmaydi. Tashrif davomida Emma Janeni Elton xonimning doʻstlaridan birining uyida muallimlik qilayotganidan xabar topadi. Jane kasal boʻlib qoladi, lekin uni koʻrgani kelgan Emmani koʻrishni ham, va hatto sovgʻasini qabul qilishni ham rad etadi. Bu orada Frank xolasini koʻrgani boradi, lekin,afsuski, u kelganidan koʻp vaqt oʻtmay xolasi vafot etadi. Frank va Jane Westonlarga kuzda yashirin tarzda unashtirilishganini maʻlum qiladi, ammo Frankning ammasi bu nikohni maʻqullamasligini bilardi. Bu sirni uzoq vaqt saqlab yurish vijdonli Jane uchun ogʻirlik qildi va bu holat juftlikning janjallashishiga olib keldi, natijada Jane unashtiruvni bekor qiladi. Frankning begʻam amakisi esa bu nikohga darhol rozilik beradi. Unashtiruv eʻlon qilingach, Emma oʻzining qanchalik qattiq yanglishganini anglab, gʻazablanadi.
Asosiy qahramonlar
tahrirAsarning bosh qahramoni Emma Woodhouse goʻzal, yuksak maʼnaviyatli, aqlli va biroz erkatoy boʻlgan yosh ayol. Hikoya boshlanishida u yigirma yoshda tasvirlanadi. Onasi u yosh boʻlgan vaqtlari vafot etgan. Katta opasi turmushga chiqqanidan beri, u uyning bekasi (Hartfield) boʻlib qolgan. Garchi aqlli boʻlsa-da, u biror narsani chuqur mashq qilish yoki oʻrganish uchun sabr-toqatga ega emas. U koʻp jihatdan yetuk boʻlsa-da, Emma, asosan, tajribasi yoʻqligi va har doim haq ekanligiga ishonchi tufayli jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyadi. Garchi u hech qachon turmushga chiqmaslikka vaʼda bergan boʻlsa-da, u boshqalar uchun moslik yaratishdan zavqlanadi. Emma Frank Churchill bilan qisqa vaqt koʻngilxushlik qilgan; ammo, u roman oxirida janob Knightleyni sevishini tushungan.
Janob Knightleyi – Emmaning qoʻshnisi va yaqin doʻsti, 37 yosh. U qizning yagona tanqidchisidir. Janob Knightley Donwell Abbey mulkining egasi boʻlib, uning keng maydonlari va fermalari bor. U janob John Knightley yaʼni Emmaning opasi Isabellaning turmush oʻrtogʻini akasi. U juda ehtiyotkor va mulohazali inson.
Frank Churchill – Janob Westonning birinchi turmushidan boʻlgan oʻgʻli, u juda xushchaqchaq yigit boʻlib, 23 yoshda. Onasining oʻlimidan soʻng, u boy xolasi va amakisi Churchilllar tomonidan Yorkshirdagi Enscombe oilaviy mulkida tarbiyalangan.
Jane Feyrfaks – yetim bola boʻlib, uning oilasi xolasi Miss Bates va buvisi Missis Beytsdan iborat. U goʻzal, yorugʻ va nafis, odobli ayol. U Emma bilan bir xil yoshda. U juda bilimli va qoʻshiq aytish va pianino chalishda qobiliyatli; u Emma havas qiladigan yagona odam. Janening otasining armiyadagi doʻsti polkovnik Kempbell Jane uchun mas’uliyatni his qildi va u toʻqqiz yoshidan beri uyi va oilasi bilan birga boʻlganida, unga mukammal taʼlim berdi. Biroq, uning boyligi kam va u gubernator boʻlish niyatida – yoqimsiz istiqbol. Yashirin kelishuv uning tamoyillariga zid keladi va uni juda bezovta qiladi.
Harriet Smith – hikoya boshlanganda atigi oʻn yetti yoshda boʻlgan Emmaning yosh doʻsti. U goʻzal va nafis qizdir. Harriet janob Martin bilan turmush qurgan.
Emma Andisha va Gʻurur romani nashr etilgandan soʻng yozilgan va 1815-yilning kuzida Londondagi nashriyotchi John Murray II ga topshirilgan. U buning uchun Ostenga 450 funt sterling va Mansfield Park, Sense and Sensibilitymualliflik huquqlarini taklif qilgan, amo Jane bu taklifni rad etgan. Buning oʻrniga u mualliflik huquqini saqlab qolgan va Murrayga 10% komissiya toʻlagan holda oʻz hisobidan romanni ikki ming nusxada nashr ettirgan[6].
Boylik
tahrirEmma badavlat ayol boʻlib, uning boyligi 30000 funt sterlingni oʻz ichiga oladi. Bu boylik u oʻzi xohalaganidek mustaqil yashashi uchun yetarli. Uning oʻzi taʼkidlaganidek, bu unga turmushga chiqishga hech qanday moliyaviy bosim yoʻqligini anglatadi. Bu Austenning boshqa romanlari qahramonlaridan keskin farq qiladi, chunki boshqa romanlarida qahramonlarning barchasi yolgʻiz ayol boʻlish uchun yetarli mablagʻi yoʻq qilib tasvirlangan. Bu shuni anglatadi-ki, Emma oʻsha davr erkaklariga teng boʻladigan darajada boylikka ega.
Manbalar
tahrir- ↑ „Books Published This Day [NB: advertisement states Emma is published "tomorrow"“]. The Morning Chronicle (1815-yil 22-dekabr), s. 1.
- ↑ Austen-Leigh, William and Richard Arthur. Jane Austen: Her Life and Letters. New York: Russell and Russell, 1965 — 237-bet.
- ↑ Austen-Leigh, James Edward. A Memoir of Jane Austen. London: Richard Bentley & Sons, 1882 — 157-bet.
- ↑ Austen, Jane. Emma, 4th Norton Critical Justice: , New York: W.W. Norton & Co., 2012. ISBN 978-0-393-92764-1.
- ↑ Burrows, John Frederick Burrows. Jane Austen's Emma. Australia: Sydney University Press, 1968 — 7-bet.
- ↑ Baker, William. Critical Companion to Jane Austen: A Literary Reference to Her Life and Work. New York: Facts on File: an imprint of Infobase Publishing, 2008 — 37-bet. ISBN 978-0-8160-6416-8.