Emre Ali Akbaba (talaffuzi: Emre Akbaba) (1992-yil 4-oktyabrda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchiTurkiyaning Superligadagi „Galatasaroy“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1].

Emre Akbaba
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Emre Ali Akbaba
Tavallud sanasi 4-oktyabr 1993-yil (1993-10-04) (30 yosh)
Tavallud joyi Montfermeil, Fransiya
Boʻyi 1.80m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Galatasaray
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2013 Antalyaspor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013 Kahramanmaraş BB 15 (1)
2013—2016 Antalyaspor 8 (0)
2013—2015Alanyaspor (Ijara) 56 (25)
2016Alanyaspor (Ijara) 14 (7)
2016—2018 Alanyaspor 66 (20)
2018 Galatasaray 56 (10)
2021—2022Alanyaspor (Ijara) 31 (10)
Milliy terma jamoa
2015 Turkiya A2 4 (0)
2017 Turkiya 6 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-iyun 2022-yil (utc) uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

 
Akbaba 2021-yilda Alanyaspor bilan

Galatasaroy tahrir

2018\2019-yilgi mavsum tahrir

2018-yilning 18-avgust kuni Galatasaroy tomonidan berilgan bayonotda Emre Akbaba va uning klubi Alanyaspor bilan futbolchining transferi borasida kelishuvga erishilgan. Shunga koʻra, futbolchining sobiq klubiga 4 000 000 yevro transfer narxi toʻlangan. Futbolchining oʻzi bilan 2018\19-yilgi futbol mavsumidan boshlab 3 mavsum uchun kelishuvga erishilgan. Shunga koʻra, har bir futbol mavsumi uchun futbolchiga 1,750,000 yevro miqdorida aniq transfer toʻlovi toʻlanishi belgilangan[2].

2019\2020-yilgi mavsum tahrir

2019-yil 11-may kuni Superliganing 32-haftasida „Galatasaroy“ „Chaykur Rizespor“ mehmoni boʻlgan, oʻyinning ikkinchi yarmida Akbaba jarohat olgan.

61-daqiqada Rayan Donk oʻrniga maydonga tushgan Akbaba 67-daqiqada Brayan Samudioning qoʻplligidan keyin yiqilgan. Futbolchining oʻng oyogʻi singanligi sababli maydonni tark etgan[3].

2020\2021-yilgi mavsum tahrir

2020-yil 15-yanvarda Galatasaroy texnik direktori Fotih Terim 8 oydan keyin maydonga qaytgan Akbabani Chaykur Rizespor oʻyinida sardor sifatida maydonga olib chiqgan. Turk milliy futbolchisi oʻyinning 39-daqiqasida urgan goli bilan hisobni 1:1 koʻrinishiga olib kelgan[4].

2021\2022-yilgi mavsum tahrir

Shartnomasi 2021-yil 4-iyulda yakuniga yetgan Akbaba va Galatasaroy oʻrtasida yangi 2 yillik shartnoma imzolangan[5].

Alanyaspor (ijara) tahrir

2021-yilning 4-iyulida Galatasaroy Akbabaning 2021\22-yilgi mavsum oxirigacha „Alanyaspor“ bilan vaqtincha transferi boʻyicha kelishuvga erishilgani eʼlon qilingan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

Emre Montfermeyl shahrida turk millatiga mansub fransuz oilasida tugʻilgan. Emre Turkiya milliy futbol B jamoasi tarkibida Italiya U21 terma jamoasi ustidan 2:2 (3:5) hisobida gʻalaba qozongan[7].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
1920 Maraşspor 2012—2013 TFF

Uchinchi Liga

15 1 0 0 15 1
Jami 15 1 0 0 0 0 0 0 15 1
Alanyaspor 2013—2014 TFF IkkinchiLiga 37 15 2 0 39 15
2014—2015 TFF

Birinchi Liga

24 11 2 1 26 12
2015—2016 TFF

Birinchi Liga

17 8 0 0 17 8
2016—2017 Süper Lig 33 6 1 0 34 6
2017—2018 Süper Lig 32 14 2 0 34 14
2018—2019 Süper Lig 1 0 0 0 1 0
Jami 144 54 7 1 0 0 0 0 151 55
Antalyaspor 2015—2016 Süper Lig 8 0 7 2 15 2
Jami 8 0 7 2 0 0 0 0 15 2
Galatasaray 2018—2019 Süper Lig 16 2 3 1 2 0 0 0 21 3
2019—2020 Süper Lig 17 4 2 2 0 0 0 0 19 6
2020—2021 Süper Lig 23 4 3 0 0 0 0 0 26 4
Jami 56 10 8 3 2 0 0 0 66 13
Karyerada jami 223 65 22 6 2 0 0 0 247 71

Xalqaro tahrir

Turkiya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2017 1 1
2018 5 2
2019 0 0
2020 0 0
2021 0 0
Jami 6 3

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 13.11.2017 Yangi Antaliya stadioni, Antaliya, Turkiya   Albaniya 2 — 3 2-3 Oʻrtoqlik
2. 10.09.2019 Doʻstlar Arena, Solna, Shvetsiya   Shvetsiya 2 — 2 3-2 2018—2019 UEFA Millatlar ligasi B
3. 3 — 2

Yutuqlar tahrir

Galatasaroy
  • Superliga : 2018—2019
  • Turkiya Kubogi : 2018—2019
  • Super Kubok : 2019

Shaxsiy hayoti tahrir

Akbaba 2016-yil noyabr oyida Yasemin Injen bilan oila qurgan[8].

Manbalar tahrir

  1. „E. AKBABA“. Soccerway. Qaraldi: 1-oktabr 2016-yil.
  2. „Emre Akbaba Galatasaray'da“. Galatasaray S.K. (18-avgust 2018-yil).
  3. „Emre Akbaba'nın ayağı kırıldı...“. www.ntvspor.net (2019-yil 11-may).
  4. „Fatih Terim jest yaptı, Emre Akbaba golünü attı!“. www.hurriyet.com.tr (2020-yil 15-yanvar).
  5. „Emre Akbaba ile yeni sözleşme imzalandı“. Galatasaray S.K. (4-iyul 2021-yil).
  6. „Emre Akbaba'nın Aytemiz Alanyaspor'a geçici transferi hakkında“. Galatasaray S.K.. Qaraldi: 6-sentabr 2021-yil.
  7. „İTALYA TÜRKİYE - Maç Detayları TFF“.
  8. „Emre Akbaba Fransa'da evlendi“. www.alanyapostasi.com.tr (17-noyabr 2016-yil). 2022-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.