Kategori:Türkçe Vikipedi ve Vikiveride resmi olmayan maddeler Emre Kiviljim (1990-yil 2-sentyabrda Malatayada tugʻilgan), turk aktyori .

Emre Kiviljim
Tavalludi 2-sentyabr, 1990
Malataya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 2014-

Hayoti va faoliyati tahrir

1990-yil 2-sentyabrda Malatyada tugʻilgan Emre Kiviljim oʻn yoshiga qadar oʻz shahri Malatyada yashab, keyin hayotini Istanbulda davom ettirdi[1]. Emre Kiviljimning asl kasbi - kimyo muhandisi, mehnatni muhofaza qilish mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan. Lekin aktyorlikka qiziqa boshlaganidan keyin muhandislik faoliyatini toʻxtatgan. Sadri Alishikmadaniyat markazida stipendiant sifatida bir muddat aktyorlik yo’nalishida tahsil oldi va 7-kanal ekranlarida namoyish etilgan “Zeytinyağlı Yiyemem Aman” nomli telefilm bilan ilk bor kamera qarshisiga chiqdi.

Emre Kiviljim " Elif " deb nomlangan serialda suratga tushgan va bu serialda Selim obrazini jonlantirgan. Serial xorijda, ayniqsa, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlarida tomoshabinlarning katta eʼtiboriga sabab boʻldi va bir nechta rekordlarni yangiladi[2]. Ushbu serial ortidan xalqaro mashhurlikka erishgan Kiviljim Indoneziyadagi LC Waikiki brendining yuziga aylandi[3]. Bu serialdan soʻng u 2018-yilda FOX TV telekanalida namoyish etilgan “Adı Zehra” serialida suratga tushdi.

2019-yilda rejissyor Xoqon Haksun boshchiligida suratga olingan “ Kim baxtliroq” filmida “Kamol” obrazini jonlantirgan.

2020-yilda Bozdag Film tomonidan suratga olingan " Turklar kelyapti: Adolat qilichi " filmida „Akinji Sungʻur“ obrazini gavdalantirdi[4].

2021-yilda u Bozdag Film tomonidan Metin Günay rejissyorligida suratga olingan tarixiy fantatika janridagi “ Mendirman Jaloliddin ” teleserialida Jaloliddin Xorazmshoh obrazini jonlantirgan[5]. Ushbu serial Turkiya va Oʻzbekistonning oʻzaro hamkorligida suratga olingan.

Filmografiyasi tahrir

Film tahrir

Yil Sarlavha Rol
2014 yil Zeytinyağlı Yiyemem Aman Mustafo
2017 yil Qotillik va sevgi Selim
2019 Kim baxtliroq Kamol
2019 Turklar kelyapti: Adolat qilichi Sungʻur

Seriallar tahrir

Yil Sarlavha Rol
2014–2017 Elif Selim Emiroglu
2018 Adı: Zehra Genco Yaman
2021 yil Mendirman Jaloliddin Jaloliddin Xorazmshoh
2022 Orzular va hayot

Reality TV tahrir

Yil Sarlavha
2020 P!NC
2020 Eser Yenenler shousi

Manbalar tahrir

  1. „EMRE KIVILCIM | Art-İstanbul“ (tr-TR). 15 şubat 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.
  2. „Endonezya'da Elif izdihamı“ (Türkçe). hthayat.haberturk.com. 5 eylül 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.
  3. „LC Waikiki Opens First Stores in Indonesia and Kenya“ (İngilizce). www.prnewswire.com. 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.
  4. „Türkler Geliyor: Adaletin Kılıcı oyuncuları kimdir, konusu nedir? Türkler Geliyor Adaletin Kılıcı filmi oyuncuları“ (Türkçe). www.hurriyet.com.tr. 21 kasım 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.
  5. „Özbek-Türk ortak yapımı 'Mendirman Celaleddin' Özbek izleyicilerle buluştu“. www.aa.com.tr. 14 şubat 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.