Endemiklar, endemlar (yun. — mahalliy) — tarqalishi nisbatan kichik geografik hudud bilan cheklangan hayvonlar va oʻsimliklar oilalari, urugʻlari, turlari yoki boshqa taksonlari. Endemiklar — biron flora yoki faunaning oʻziga xos tarkibiy qismi. Endemizmning rivojlanishi geografik chegaralanish, iqlim va edafik (tuproq) sharoitlari, biologik omillar (parazitlik, konkurensiya va boshqalar) bilan bogʻliq. Tur endemizmi juda cheklangan boʻlishi mumkin. Endemiklar koʻproq okean, orollar, togʻli hududlar va koʻllarda uchraydk. Mas, Avliyo Yelena o. florasining 85% chasi, Kavkaz florasining 20% ga yaqini, Baykal koʻli faunasi va florasining 75% ga yaqin turi endemiklardan iborat. Shakllanish muddatiga binoan, endemiklar paleoendemiklar va neoendemiklarga ajratiladi[1].

Latimeriya (Latimeria chalumnae) — Madagaskar va Komor orollarining endemik turi
Chorus cicada, Yangi Zellandiyaning endemik turi

Paleoendemiklar — yoʻqolib borayotgan relikt turlardan iborat. Ularga Gʻarbiy va Markaziy Xitoyda oʻsadigan metasekvoyya va ginkgo; Kaliforniya sekvoyyasi, Avstraliya va Tasmaniyadagi oʻrdakburun; Hind okeani Komor o. yaqinida tarqalgan latimeriya kiradi[2].

Neoendemiklar — yaqinda chegaralangan hududlarda paydo boʻlgan, progressiv yosh turlar yoki formalar. Ularga Qrim florasi va faunasi, Britaniya orollari faunasidagi bir qancha turlar kiradi (Kosmopolitlar bilan solishtiring)[3].


Endemik turlarning klassifikatsiyasi

tahrir
 
Turkiston shotarachasi - Farg'ona vodiysining endemik turi

Agar turlar faqat birta dara yoki birta togda uchraydigan bo'lsa bunday turlar stenoendemik tur deb xisoblanadi.

Manbalar

tahrir
  1. Биологический энциклопедический словарь / Гл. ред. М. С. Гиляров; Редкол.: А. А. Бабаев, Г. Г. Винберг, Г. А. Заварзин и др. — 2-е изд., исправл. — М.: Сов. Энциклопедия, 1986.
  2. „Красная книга Сочи“ (deadlink). 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-dekabr.
  3. Эндемизм // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.

Adabiyotlar

tahrir
  • Арциховский В. М.,. Эндемизм // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.
  • Эндемизм, Эндемики // Элоквенция — Яя. — М. : Советская энциклопедия, 1957. — С. 56—57. — (Большая советская энциклопедия : [в 51 т.] / гл. ред. Б. А. Введенский ; 1949—1958, т. 49).
  • Биологический энциклопедический словарь / Гл. ред. М. С. Гиляров. — М.: Изд-во Советская Энциклопедия, 1986.

Havolalar

tahrir