Endofora bu matn ichida bir-biriga ishora qiluvchi matn boʻlaklari orqali hosil boʻluvchi tilshunoslikka bogʻliq hodisa[1]. Bu atama "ichkarida" maʼnosini bildiruvchi „endo-“ va „koʻtarmoq“ maʼnosini bildiruvchi „-for“ soʻzlaridan tuzilgan[2].

Masalan, "I saw Sally yesterday. She was lying on the beach" (Men kecha Sallini koʻrdim. U sohilda yotgan edi) jumlalarida "she" (u) endoforik iboradir, chunki u matnning dastlabki qismida tilga olingan shaxsga, yaʼni "Sally"ga ishora qilmoqda.

Endoforik munosabatlar koʻpincha ishora qiluvchi ibora sifatida tilga olinadi[3]. Qarama-qarshi ravishda, gap faqat "She was lying on the beach, „ (U sohilda yotgan edi) koʻrinishida keltirilsa, u ekzoforik ifodalash koʻrinishi hisoblanadi. “She" (u) olmoshi matnda mavjud boʻlmagan shaxsni anglatadi, shuning uchun "she" (u) kimga tegishli ekanligini mustaqil ravishda aniqlab boʻlmaydi, chunki matn ichida yetarli maʼlumot yoʻq. Bu koʻrinishdagi gaplarda olmosh kimga ishora qilganini bilish uchun soʻzlovchi va tinglovchiga oldindan maʼlum boʻlgan shaxs ifodalanishi zarur. Qisqa qilib aytganda, ekzoforik ishorani matnda aniqlash uchun tinglovchida avvaldan qoʻshimcha maʼlumot boʻlishi kerak, aks holda uni kimga qarata ishora qilganligini aniqlab boʻlmaydi[4].

Endoforaning uch koʻrinishi mavjud: katafora, anafora va oʻz-oʻziga havola . K. Byuller deyksis iboralarini 3 turga ajratadi. Ulardan biri kontekst deyksisi yaʼni matnda oldingi oʻrinlarda qoʻllangan soʻzlarga ishora. Anafora nutqiy tuzilma birliklarining bogʻlanishini taʼminlaydi, u korefentlik haqida haqida maʼlumot beruvchi lisoniy hodisadir Matn qismlari aloqasi uch koʻrinishda boʻlib, matn boʻlagining oʻzidan oldingi qismdagi element bilan bogʻliqligi anafora deyiladi. Matndagi yashirin bevosita ifoda topmagan yoki matn qismlari munosabatini inobatga olib izlanadigan koreferentlik „assossiativ anafora“ hodisasidir. Masalan: Oybek javonning ustki qavatida. U charm muqovali. Ushbu gapda metonimiya maʼno koʻchish turidan foydalanilgan holda endoforaning bir turi boʻlgan anafora hodisasi yuzaga kelgan. Yuqoridagi gapdan shu anglashiladiki, Oybek atoqli oti nomi ostida uning muallifligidagi asar tushunilmoqda va u javonning ustida ekanligi aytilmoqda. Bundan tashqari anaforaning bir necha turlari mavjud:

  • Pronominal
  • VP ellipsis
  • Propozitsiyaga oid
  • Sifat
  • Modal
  • Vaqtinchalik
  • Oddiy darajadagi

Bulardan eng keng tarqalgani pronominal anafora turi boʻlib, u shaxsga yoki narsaga ishora qiladi[5]. Masalan: John left. He said he is ill. (Jon ketdi. U kasalligini aytdi). Ammo bu turdagi anafora turini oddiy koʻrsatish olmoshi bilan adashtirmaslik zarur. Chunki bu turdagi gaplarda antisident bitta boʻladi va u bir kishiga ishora qiladi.


Katafora hodisasi esa oʻzbek tilida havola bo'lakli ergash gaplar orqali nomoyon boʻladi.

  • Ega ergash gapli qoʻshma gap

Shunisi (ega) muhimki, doʻstlarimiz gʻalaba qildi.

  • Kesim ergash gapli qoʻshma gap

Shartim shuki (kesim), uyga vaqtida kelasan.

  • Toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gap

Ahmadjon faqat shuni (toʻldiruvchi) biladiki, nemislar bu tepalikni haddan tashqari oʻqqa tutdilar.

  • Aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gap

Shunday (aniqlovchi) soʻzlar borki, ular juda yoqimli eshitiladi. Yuqoridagi misollarda shu koʻrsatish olmoshi kataforik ishora hisoblanib, u oʻzidan keyin kelgan matn boʻlagiga ishora qilmoqda va bu olmosh sintaktik tahlilda qaysi gap boʻlagi vazifasida kelsa ergash gapning nomi ham unga monand holda nomlanadi.

Yana qarang

tahrir
  • Deyksis – Soʻzlarning maʼnosini tushunish uchun kontekst talab etiladi.
  • Umumiy antisedent – umumiy olmosh kishilar yoki narsalar guruhini ifodalaydi. Bunday holatda ularning jinsi ham nomaʼlum boʻladi.
  • Homofora – Hech qanday ishoraviy belgilarsiz ham oddiy taʼrif orqali tushuniluvchi referent.
  • Metafora – Maʼno koʻchish turi boʻlib, taqqoslash yordamida narsa yoki shaxsni taʼriflash.
  • Metonimiya – Maʼno koʻchish turi boʻlib, bunda assotsiativ murojaat shaklidan foydalaniladi.
  • Sinekdoxa – Maʼno koʻchish turi.

Manbalar

tahrir
  1. Gillon, Brendan. Grammatical Structure and its Interpretation: An Introduction to natural Language Semantics. MIT Press — Chapter 4-bet. Qaraldi: 1-iyun 2024-yil. 
  2. „Endophoric reference“. Study Smarter. Qaraldi: 1-iyun 2024-yil.
  3. Sharon, Baker „Endophora (anaphora and cataphora)“. Scribd. Qaraldi: 1-iyun 2024-yil.
  4. Safarov, Shahriyor. Pragmalingvistika, Toshkent, 2008. 
  5. „Anafora“. stanford.edu. Qaraldi: 1-iyun 2024-yil.