Gipogen konlar
Gipogen konlar, magmatogen konlar, endogen konlar— Yer poʻstining chuqur qismlarida magmatik qorishmalar yoki issiq suvli eritmalardan yuqori temperatura va bosim sharoitida hosil boʻlgan foydali qazilma konlari. Gipogen konlar 5 asosiy genetik guruh: magmatik, pegmatitli, karbonatitli, skarnli va gidrotermal konlarga ajraladi.
Magmatik konlar foydali elementlar (xrom, titan, platina, mis, nikel va boshqalar)ga boy qorishmalarning sovishidan hosil boʻladi. Pegmatitli konlar soviyotgan magmadan ajralib chiqqan qoldiq mahsulotlar. Karbonatli konlar kalsiy, magniy va temir karbonatlarining toʻplanishidan hosil boʻladi. Bular bilan temir, mis, niobiy rudalari, apatit va flagopit konlari bogʻliq. Skarnli konlar magmatik togʻ jinslarining qizigan tutash zonalariga issiq bugʻlarning taʼsir etishidan tarkib topadi (temir, mis, volfram, qoʻrgʻoshin, pyx, bor va boshqalar). Gidrotermal konlar Yerning chuqur joylarida harakatlanadigan qaynoq suvli eritmalardan choʻkkan rudalardan (rangli, nodir, radioaktiv va boshqa rudalari) iborat.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |