Endrick Felipe Moreira de Sousa (talaffuzi: Endrick Felipe Moreyra de Souza) yoki oddiygina Endrick (talaffuzi: Endrik) — braziliyalik futbolchi, „Palmeyras“ klubi hujumchisi. Barcha davrlarning eng iqtidorli braziliyalik futbolchilaridan biri[1][2][3][4][5][6].

Endrick Felipe
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Endrick Felipe Moreyra de Souza
Tavallud sanasi 21-iyul 2006-yil ( 2006-07-21) (17 yosh)
Tavallud joyi Taguatinga, Federal okrugBraziliya bayrogʻi Braziliya
Boʻyi 173 sm
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Braziliya bayrogʻi Palmeiras
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2016 — hozirgacha Braziliya bayrogʻi Palmeiras
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022 — hozirgacha Braziliya bayrogʻi Palmeiras (1 (0))
Milliy terma jamoa
2022 — hozirgacha Braziliya bayrogʻi Braziliya (16 yoshgacha) (4 (5))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dastlabki yillar tahrir

Endrick 4 yoshida futbol oʻynay boshlagan. Otasi o‘g‘lining gollarini YouTubeʼga joylashtirgan va Braziliya akademiyasidan taklif olishiga umid qilgan. Endrick oilasiga yordam berish uchun futbolchi boʻlishni juda xohlardi, chunki otasi ishsiz edi[7].

Klubdagi karyerasi tahrir

Endrick 11 yoshida Palmeyras akademiyasiga qoʻshildi. Klubning yoshlar jamoasida 5 yil davomida u 169 ta oʻyin oʻtkazib, 165 ta gol urgan. 2022-yilda u San-Paulu yoshlar kubogida ishtirok etgan. Turnir davomida Endrick 7 uchrashuvda 7 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[8][9]. Turnirdan keyin Endrick Yevropa futboli gigantlari eʼtiboriga tushadi[10][11][12].

2022-yilning 21-iyulida Endrick 16 yoshga to‘lganida rasman Palmeyras bilan 2025-yilgacha shartnoma imzoladi[13][14]. 2022-yil 30-iyulda Endrick Libertadores kubogi[15][16] uchun roʻyxatdan oʻtgan. 6-avgust kuni Endrick yengil jarohatidan forigʻ boʻlib, klub tomonidan futbolchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng „Palmeyras“ning asosiy jamoasida mashgʻulotlarni boshladi[17].

Oʻyin uslubi tahrir

Yaxshi zarbaga ega chapaqay hujumchi Endrickni braziliyalik afsonaviy hujumchilar Ronaldo va Romario[18][19] bilan solishtirishadi. Uning oʻyin uslubini tasvirlab berishini soʻrashganda, u shunday degan: "Men har doim kurashaman. Men qatʼiyatliman va maydonda oʻyinning soʻnggi daqiqalarigacha harakat qilaman. Men hech qachon taslim boʻlmayman, himoyachilarga bosim oʻtkazaman, maydondagi istalgan oʻyinchilarning har biridanda koʻproq yuguraman[20]. Uning kumiri Krishtianu Ronaldu hisoblanadi[21].

Manbalar tahrir

  1. „Endrick: 15 year-old Brazilian wonderkid scores Puskas Award contender for Palmeiras“ (en). Givemesport.com (2022-yil 20-yanvar).
  2. „Fifa cita ídolos do Palmeiras e destaca o gol de bicicleta de Endrick na Copinha“ (pt). Goal.com (2022-yil 21-yanvar).
  3. „Nas bocas do mundo: Saiba quem é Endrick, o jogador do Palmeiras que já é cobiçado pelo Barça“ (pt). Record.pt (2022-yil 21-yanvar).
  4. „Endrick“. Football Talents Scout (2022-yil 10-yanvar).
  5. „Endrick, do Palmeiras, é eleito o craque da Copinha em enquete do ge“ (pt). GloboEsporte.com (2022-yil 25-yanvar).
  6. „«Папа, я хочу быть как Роналду». Суперталант из Бразилии забил 171 гол в 175 играх“. Чемпионат (2022-yil 29-yanvar). [sayt ishlamaydi]
  7. „Endrick emerging as Brazil's next star striker at 15“ (en). www.bbc.co.uk.
  8. „Franceses se juntam a Real Madrid e ingleses para observar joia do Palmeiras; veja por que assédio não preocupa clube paulista“ (es). ESPN (2022-yil 18-yanvar).
  9. Ambrósio, Tauan. „Endrick: Brazil's new €45m wonderkid has European giants fighting over him“ (en). Goal.com (2022-yil 28-yanvar).
  10. „Man City dealt Erling Haaland 'blow' as Gary Lineker hails 'special' Brazilian teenage sensation“ (en). Manchester Evening News (2022-yil 21-yanvar).
  11. „FC Barcelona Want To Sign 15-Year-Old Brazilian Wonderkid“ (en). Forbes (2022-yil 13-yanvar).
  12. „Barça to step up scouting of Endrick as Palmeiras eye semifinal“ (es). Sport.es (2022-yil 19-yanvar).
  13. „Endrick turns 16 and signs his first professional contract with Palmeiras“ (en). onefootball.com (2022-yil 21-iyul).
  14. „Primeiro contrato profissional de Endrick no Palmeiras é publicado no BID“ (pt). Gazeta Esportiva (2022-yil 28-iyul).
  15. „Palmeiras : Endrick inscrit pour les quarts de finale de la Copa Libertadores“. Footmercato (2022-yil 21-iyul).
  16. „Endrick espera ajudar o Palmeiras a conquistar título mundial: 'Dá para buscar o bi'“ (pt). Lance.
  17. „Endrick completa transição e participa de treino do Palmeiras“ (pt). Globo esporte.
  18. „Lavieri: 'Endrick está mais para Ronaldo ou Romário do que para Vini Jr'“ (pt). Universo Online (2022-yil 10-yanvar).
  19. „Chelsea join Manchester United, Barcelona and Real Madrid in race to sign 'next Ronaldo'“ (en). football.london (2022-yil 22-yanvar).
  20. „Is this the next Brazilian Wonderkid?“ (en). Youtube. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  21. „Pai de Endrick revela inspiração do filho em Cristiano Ronaldo: ‘Quer ser igual’“ (pt). NossoPalestra.com.br (2022-yil 20-yanvar).