Andrew Prokos
Andrew Prokos (1971-yilda tugʻilgan) — amerikalik arxitektura va tasviriy sanʼat fotografi .
Yoshligi
tahrirProkos Ikkinchi jahon urushidan keyin ular oilasi bilan birgalikda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib kelishgan. [1] U yoshlik paytida Prokosning oilasi Floridaga koʻchib oʻtishgan va Florida universitetiga siyosatshunoslik fakultetinioʻqishga kirgan.[2] U birinchi marta 20 yoshida Nyu-York shahriga koʻchib oʻtganidan keyin suratga olishni boshlagan [3]
Faoliyati
tahrir1990-yillarning oʻrtalariga kelib Prokos Italiya va Gretsiyada, shuningdek, deyarli butun Yevropa boʻylab sayohat qilgan. Prokos 2002-yil davomida arxitektorlar, mulk ishlab chiqaruvchilar, interyer dizaynerlari, reklama agentliklari va korporativ mijozlardan buyurtmalar qabul qilib, faqat fotografiya sohasi bilan shugʻullangan.[4][5] Uning fotosuratlari ArchDaily,[6] Casa Vogue,[7] Communication Arts, DesignBoom Magazine,[8]. Dezeen Magazine,[9] Manhattan Magazine, Metropolis, New York City Oylik, PDN Edu, Lloyds Bank, Morgan Stanley, E&J Gallo, Abbott Labs, Ritz-Carlton Hotel Company va Evraz kabi koʻplab kompaniyalarning reklama kampaniyalari, jurnallar, gazetalar va veb-saytlarda nashr etilgan. Prokos Amerika ommaviy axborot vositalari fotograflari jamiyatining Nyu-York boʻlimi aʼzosi hisoblanadi. [10]
2012 va 2013-yillarda Prokos Braziliyaga sayohat qilishi davomida bir nechta mukofotga sazovor boʻlgan fotosuratlar seriyasini, shu jumladan Niemeyerning „Brazilia“ asarini yaratgan. Seriya 2013-yil noyabr oyida Braziliya poytaxtining bosh gazetasi Correio Brazilienseda toʻliq sahifali maqolada chop etilgan[11] Niemeyerning Brasilia fotosuratlari butun dunyo boʻylab eʼtirofga sazovor boʻlgan va Qoʻshma Shtatlar,[12][13] Braziliya,[14][15] Meksika, Chili,[16] Gretsiya, Ispaniya,[17] Buyuk Britaniya,[18] Niderlandiya,[19] Isroil,[20] Yangi Zelandiya,[21] Yaponiya, Xitoy,[22] va Malayziya[23] kabi oʻn ikki mamlakatda deyarli yettita tilda nashr etilgan.
2014-yil iyul oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari elchixonasi, Afina va Kathimerini gazetasi tomonidan tayyorlangan "Gʻarbga ketgan yunonlar" nomli hujjatli filmning asosiy 23 ta taniqli yunon-amerikalik qahramonlaridan biri Prokos boʻlgan. Ushbu video Prokosning Nyu-Yorkdagi Banco do Brasil koʻrgazmasi asosida suratga olingan.[24]
2019-yilda Prokos Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan madaniy delegatsiyada ishtirok etgan. Bu delegatsiyaning tarkibiga Nyu-York shahridagi Guggenxaym muzeyi va Los-Anjelesdagi A+D muzeyining taniqli fotorassomlari va kuratorlari kirgan edi.
2020-yilda Prokos yangi eksperimental va abstrakt sanʼat fotografiyasi ustida ish boshlaydi. Prokosning juda yuqori aniqlikdagi oʻrta formatli kamera bilan olingan fotosuratlari 2022-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida Endryu Prokos: Yangi Abstraksiya nomli yirik shaxsiy koʻrgazmasiga qoʻyilgan. [25]
Mukofotlari
tahrirProkos "Katta shaharning abstraktiv suratlari " nomli tasviriy sanʼat seriyasi uchun American Photography 37 (2021)da va " Inverted " seriyasi uchun Nyu-Yorkdagi 2021-yilgi Xalqaro Fotografiya mukofotlari marosimida kumush medalga sazovor bo‘lgan.[26] Xuddi shu seriyalar 2020 va 2021-yillarda esa Prix de la Photographie, Parijda (Px3) tanlovlarda faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.[27][28]
Uning dunyoning turli joylarida kun va tunning almashish vaqtini turli ekspozitsiyalarda foydalanib yaratilgan „Night & Day“ toʻplami American Photography 31 [29] uchun munosib deb tanlangan va 2015-yilda ikki marta birinchi oʻrinni olgan. Shuningdek Prokos Prix de la Photographie Peopleʼs Choice mukofotlari bilan ham taqdirlangan.[30][31]
„Night & Day“ toʻplami 2014-yil Neytral zichlikdagi fotosuratlar mukofotlarida kumush medal bilan [32] va 2014-yilgi Xalqaro fotosuratlar mukofotlarida esa (Lyusi) ikkita Faxriy mukofot bilan taqdirlangan.
Prokosning Braziliya poytaxtining tungi tasviri aks etgan fotosuratlari joy olgan "Niemeyer Braziliyasi " nomli toʻpami 2014-yilda hakamlar hayʼati tomonidan Lotin Amerikasidagi Fotografia 3 to‘plami uchun tanlab olingan va 2013-yilda Xalqaro fotograflar tanlovida (Lucie Awards) kumush medali bilan taqdirlangan.[33] Prokosning shahar manzaralari va landshaftlarini panoramali suratga olgan tasvirlari Epson International Pano tanlovlarida koʻplab medallar bilan taqdirlangan.[34]
Manbalar
tahrir- ↑ Adam, Diane. „Through the lens with Andrew Prokos“. Greek Star (2013-yil dekabr). 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
- ↑ „About the Photographer: Andrew Prokos“. Year of Brazil at Queens College. Queens College, City University of New York. 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
- ↑ Gordon, Jessica (September 1, 2006). "It's A Living: Andrew Prokos". Photo District News (Fall 06). http://www.pdnonline.com/pdnedu/Its-A-Living-Andre-342.shtml.
- ↑ Karatzas. „The Camera - Andrew Prokos“. ArcSpace. ArcSpace. Qaraldi: 2014-yil 25-aprel.
- ↑ Grahame. „Architectural Photographer Friday: Andrew Prokos“. Photography & Architecture. Photography & Architecture. 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-aprel.
- ↑ Jordana. „Night Photographs of Oscar Niemeyer's Brasilia Win at the 2013 International Photography Awards“. ArchDaily. ArchDaily. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
- ↑ KINDLE. „Fotos de Brasília levam prêmio“. Casa Vogue Brasil. Conde Nast. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
- ↑ „andrew prokos deconstructs frank gehry's EMP museum“. DesignBoom Magazine. DesignBoom Magazine. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
- ↑ „Niemeyer's Brasília photographed by Andrew Prokos“. Dezeen Magazine. Dezeen Magazine. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
- ↑ „ASMP Member Profile: Andrew Prokos“. American Society of Media Photographers. American Society of Media Photographers. 2011-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-aprel.
- ↑ Maciel, Nahima. „Fotógrafo é premiado com série sobre arquitetura da capital modernista“. Correio Braziliense (2013-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 25-aprel.
- ↑ Jordana. „Night Photographs of Oscar Niemeyer's Brasilia Win at the 2013 International Photography Awards“. ArchDaily. ArchDaily. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ „Photographer Andrew Prokos is Honored for His Night Photography in Brazil“. The Greek Star Newspaper. The Greek Star Newspaper. 2014-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ Ribas. „'Brasília de Niemeyer': cliques noturnos da obra do mestre brasileiro“. Jornal O Globo. O Globo. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ Helm. „Fotografias noturnas das obras de Oscar Niemeyer em Brasília são premiadas no International Photography Awards de 2013“. ArchDaily Brasil. ArchDaily Brasil. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ Gutiérrez. „Fotografías nocturnas de la Brasilia de Oscar Niemeyer ganan en los Premios Internacionales de Fotografía 2013“. Plataforma Arquitectura. Plataforma Arquitectura. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ „NIEMEYER'S BRASILIA BY ANDREW PROKOS“. Dodho Magazine. Dodho. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ „Niemeyer's Brasília photographed by Andrew Prokos“. Dezeen Magazine. Dezeen. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ „andrew prokos captures surreal photos of niemeyer's brasilia“. DesignBoom Magazine. DesignBoom. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ Milstein. „המבנים שמאירים את שמיי ברזיל“. MAKO Living. MAKO News. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ Burton. „Niemeyer's Brasilia by Andrew Prokos“. Design Folio Magazine. Design Folio. 2014-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ „andrew prokos captures surreal photos of niemeyer's brasilia“. SpaceKoo Magazine. SpaceKoo. 2014-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ „Niemeyer's Brasilia by Andrew Prokos“. Lensa Fine Art Photography Magazine. Lensa. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ Vorvolakos. „Greeks Gone West - Interview with Photographer Andrew Prokos“. kathimerini.gr. Kathimerini. 2018-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
- ↑ „Member Spotlight: Andrew Prokos Selected for Solo Exhibit at Xposure International Photography Festival in United Arab Emirates“. American Society of Media Photographers. American Society of Media Photographers. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
- ↑ „Andrew Prokos - Inverted“. International Photography Awards.
- ↑ „Andrew Prokos - Metropolis Abstracted“. Prix de la Photographie, Paris.
- ↑ „Andrew Prokos - Inverted“. Prix de la Photographie, Paris.
- ↑ „Night & Day“. American Photography 31. AI/AP. Qaraldi: 2016-yil 8-fevral.
- ↑ „PX3 - 2015 Winners“. Prix de la Photographie, Paris. Prix de la Photographie, Paris. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
- ↑ „PX3 - 2015 Winners“. Prix de la Photographie, Paris. Prix de la Photographie, Paris. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
- ↑ „Night & Day“. Neutral Density Photography Awards. ND Magazine. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- ↑ Martinos. „AN INTERVIEW WITH ARCHITECTURAL & FINE ART PHOTOGRAPHER ANDREW PROKOS“. ArchiSearch. ArchiSearch. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
- ↑ „Stunning Panoramic Photos of New York City, Toronto, and Bryce Canyon by Photographer Andrew Prokos Win at the 2013 Epson International Pano Awards“. StealMag. StealMag. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.